Mavzu: Tibbiy kimyoga kirish. Kimyo va atrof muhit. Biogen elementlar. Tibbiy kimyoga kirish. Kimyo va atrof muhit. Biogen elementlar


Download 127.77 Kb.
bet11/12
Sana06.02.2023
Hajmi127.77 Kb.
#1169128
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tibbiy kimyo 1 maruza

Radiatsiyadan himoyalanish.

  • Radiolog-texnologlar, kimyogarlar, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydigan vrachlar va hamshiralar kerakli darajada radiatsiyadan himoyalanishlari zarur. Alfa zarrachalar eng katta massa va zaryadga ega bo’lganligi uchun ulardan to’g’ri tanlangan ekran yordamida himoyalanish kerak. Nur zarrachalari havo molekulalari bilan to’qnashguncha, bir necha santimetr havodan uchib borib, elektronlarni o’ziga qamrab olib, geliy atomiga aylanadi. Alfa zarrachalardan hatto qog’oz varag’i, ustimizdagi kiyim, terimiz ham himoya qiladi. Laboratoriya, tashqi kiyim, qo’lqoplar ham ma’lum darajada radiatsiyadan himoyalaydi.

Beta zarrachalarning zaryadi ham, massasi ham kichik bo’lishiga qaramay, ular ancha tez harakatlanadi va uzoq masofaga ta’sir ko’rsatadi. Ular havoda bir necha metrga uchub o’tib, qog’ozdan, kiyimdan o’tib tanaga 4-5 mm ga singib oladi. Beta zarracha ta’siridan teri yuzasi yonishi va kuyishi mumkin, lekin ularning faolligi ichki a’zolarga yetib borish uchun yetarli emas. Og’ir ustki kiyim, laboratoriya xalati, qo’lqoplar ma’lum darajada beta nurlardan saqlaydi.

  • Beta zarrachalarning zaryadi ham, massasi ham kichik bo’lishiga qaramay, ular ancha tez harakatlanadi va uzoq masofaga ta’sir ko’rsatadi. Ular havoda bir necha metrga uchub o’tib, qog’ozdan, kiyimdan o’tib tanaga 4-5 mm ga singib oladi. Beta zarracha ta’siridan teri yuzasi yonishi va kuyishi mumkin, lekin ularning faolligi ichki a’zolarga yetib borish uchun yetarli emas. Og’ir ustki kiyim, laboratoriya xalati, qo’lqoplar ma’lum darajada beta nurlardan saqlaydi.

Gamma nurlar havodan katta masofalarga uchib o’tadi, ko’pchilik materiallardan, shu jumladan teri va boshqa to’qimalardan o’tib, ichki a’zolarni shikastlaydi. Gamma nurlar juda havfli hisoblanadi. Ulardan himoyalanish uchun zichligi juda yuqori metallardan yoki polimer kompozitlardan yasalgan ekranlar ishlatiladi. Radioaktiv izotoplar bilan ishlagan tibbiyot hodimlari himoyalovchi kiyim, qo’lqop kiyib, qalqon ortida turib ishlashlari kerak. Radioaktiv materiall tashib o’tish uchun qo’rg’oshindan yasalgan konteynerlar ishlatiladi.

  • Gamma nurlar havodan katta masofalarga uchib o’tadi, ko’pchilik materiallardan, shu jumladan teri va boshqa to’qimalardan o’tib, ichki a’zolarni shikastlaydi. Gamma nurlar juda havfli hisoblanadi. Ulardan himoyalanish uchun zichligi juda yuqori metallardan yoki polimer kompozitlardan yasalgan ekranlar ishlatiladi. Radioaktiv izotoplar bilan ishlagan tibbiyot hodimlari himoyalovchi kiyim, qo’lqop kiyib, qalqon ortida turib ishlashlari kerak. Radioaktiv materiall tashib o’tish uchun qo’rg’oshindan yasalgan konteynerlar ishlatiladi.

Download 127.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling