Mavzu: Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi
Download 144.71 Kb.
|
Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi.
Uyg'onish davri deb atala di. Bu davrda biologiya va fiziologiya so hasida buyuk olimlar yetishib chiqdi (A. Vezaliy (1514—1564), V. Xarvey (1578—
1657) va boshqalar). A.Vezaliy (1543) bosh miyani ochib o'rganib, o‘zining dastlabki xulosalarini chop qildiradi va ruhiy jara yonlar miya suyuqliklari bo'ylab oqadi, deb fikr yuritadi. Miya haqidagi qarashlarning o'zga- rishiga va umuman olganda, psixologiya va fiziologiya fanining rivojlanishiga fransuz \mutafakkiri R. Dekartning (1596—1650) kashfiyotlari katta turtki bo‘ldi. U orga nizm bilan muhit orasidagi reflektor mu-nosabatlarni o‘rgandi va ruhiy faoli-yatning fiziologik asoslarini isbotlashga intildi. U yurak qon-tomir faoliyati me-xanika qonunlariga bo'ysungan holda boshqarilib turadi, degan fikrni o'rtaga tashladi. Hayvonlar xulq-atvori, odam ning harakat faoliyati reflektor tarzda boshqarilishini dastlab Dekart tajribalar orqali isbotlab berdi. U mushaklarning harakati tashqi ruhiy ta’sirlarsiz, asab tolalari orqali boshqarilib turishini isbot lab berdi. Shunday qilib, u organizmda kechadigan fiziologik jarayonlar ruhga bog‘liq emasliginiva reflektortarzda boshqarilishini isbotlagan. Dekart sezgi va hissiyotning qanday yuzaga kelishini tushuntirib bergan. U «ongli ruhni» tanadan chiqarib tashlab bo‘lmaydi va u faqat odamga taalluqlidir, degan. Shunday qilib, Dekart sezgi a’zolarining ta’sirlanishi va mu shaklarning javob reaksiyasi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, reflektor yoy haqidagi ta’limotga asos soldi desak yanglishmagan boMamiz. Chexiyalik atoqli olim, fizioiog I. Proxozka (1749—1820) Dekart ta’limotiga asoslangan holda fanga «refleks» (aks ettirish) degan tushunchani kiritdi. I. Proxozka reflektor yoyning tuzilishini ta’riflab bergan. U oliy nerv faoliyati va ruhiy faoliyat reflektor tarzda boshqarilishini yanada chuqur o‘rgandi. Afsuski, o‘sha paytdagi ilm-fanning rivojlanish darajasi reflekslar haqidagi ta’limotni tadqiqotlar asosida to‘la isbotlab berishga qodir emas edi. Bosh miya faoliyatini reflektor mexanizmlarga asoslangan holda tushuntirib berish imko-niyatlari yo‘q edi. Shuning uchun ruhiy faoliyat asab tizimining fiziologik faoliyatidan ajratilgan holda o'rganildi. Buning natijasida odam oiganizmida tana va ruh bir-biriga bog‘liqbo‘lmagan narsalardir, deb hisoblandi. Avstriyalik vrach va anatom Download 144.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling