Mavzu: Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi
Download 144.71 Kb.
|
Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- « A v es t o»
Mavzu: Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi. Odamzot paydo boMibdiki, turli kasalliklarga qarshi kurashib kelgan. Bemor odamni darddan xalos qilish uchun turli usullar o‘ylab topishgan. Qadimda bemorlarni davolashda giyohlarni ko‘p qoMlashganini tarixiy manbalardan yaxshi bilamiz, lekin ruhiy ta’sir o'tkazish yoMi bilan davolash qachon qoMlanila boshlanganligi bizga noma’lum. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgacha nomi ma’lum boMgan deyarli barcha tabiblar bemorlarni davolashda ruhiy usullarni ko‘p qoMlashgan. Ularning aksariyati birinchi tabib —organizmning o'zi va aynan organizm har qanday kasallikka qarshi kurashishi kerak, bizning vazifamiz unga yordam berishdir, deyishgan. Qadimgi davr adabiyotiga nazar tashlaydigan boMsak, tibbiyot, falsafa va psixologiya fanlarining chambarchas bogManib ketganligining guvohi boMamiz. Miloddan ilgari yashab o‘tgan deyarli barcha faylasuflar tibbiyot va psixologiyaga oid o‘z fikrlarini yozib qol-dirishgan, chunki ular ruhiy kuchlarning manbaini inson miyasi bilan bogMashgan. Qadimgi Xorazm hududida miloddan ilgari VI asrda bitilgan zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» da tibbiyot va psixolo giyaga oid muhim ma’lumotlar keltirilgan. «Avesto» uch kitobdan iborat bo‘lib, uning birinchi kitobi «Vendidat»da tibbiyotga oid ma’lumotlar berilgan. Unda jismoniy va ruhiy poklanish haqidagi qonunlar majmuasi keltirilgan. «Avesto» kitobida biz ko‘rish, eshitish, hid bilish va ta’m bilish markazlari miyadajoylashgan, degan fikrlar-ni uchratamiz. Kitobda hayot markazi suyak iligidajoylashgan deyil-gan. Shuningdek, kitobda odam anatomiyasi va fiziologiyasiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Inson salomatligini saqlash yo‘llari yoritilgan. «Avesto» kitobida nafaqat ruhiy tushkunlik, balki jismoniy zo‘ri-qish ham kasallikka olib kelishi aytilgan. Kasalliklarni davolashda jarrohlik va ruhiy tinchlantirish davolashning asosiy usullaridan biri, deb ko'rsatilgan. «Avesto»da gigiyena, profilaktika, toza yurish, yomon narsalarga yaqinlashmaslik, toza havoda sayr qilish, sifatli ovqatlar tanovul qilish va toza ichimlik suvi ichish haqida ham ko‘p ma’lumotlar keltirilgan. Kitobda yoshlarjismoniy va ruhiy baquwat bo‘lishi uchun to‘yib ovqatlanishi, yetarli darajada ovqatlanmaydigan xalq kamquwat boMishi ko'rsatilgan. Miya va ruh orasidagi munosabatlarga oid qarashlari bilan mash-hur boMgan tibbiyot fanining otasi Download 144.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling