Mavzu: Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi
Download 144.71 Kb.
|
Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 ) s a n gv i n i k
Gippokrat (Buqrot) (miloddan awalgi 460—377-yillar) asarlari bugungi kungacha yetib kelgan. U odam anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur o‘rgandi, bosh miyaning tuzilishi bilan qiziqdi. Gippokrat odamlar xulq-atvorini kasalliklar kechishiga bogMab o‘rgandi va temperament haqida ta’limot yaratdi. Gippokrat odam temperamentini to‘rt tipga ajratdi: 1) sangvinik — harakatchan, xushchaqchaq, irodali odam, ularning organizmida qon ustunlik qiladi; 2) xolerik —tezjahli chiqib ketadigan, hissiyotga beriluvchan odam, ularda jigar o‘ti ustunlik qiladi; 3) flegmatik — bosiq, kam harakatchan va sust odam, ularning organizmida flegma (shilliq, xilt) ustun turadi; 4) melanxolik —o‘z kuchiga ishonmaydi-gan, doimo tushkun, tang ahvolda yuradigan, qiyinchiliklardan qo‘rqa-digan odam. Ularning qonida melanoza (savdo, qora o‘t) ustunlik qiladi.
Gippokratning fikricha, sangviniklar kasallikkakam chalinadilar, xoleriklar va melanxoliklar kasallikka moyil kishilardir. Gippokrat kasalliklarning kechishi va bemorning tuzalishi uning temperamentiga bog‘liq degan. Bu ta’limot keyinchalik barcha olimlarda qiziqish uyg‘otdi. Hozirgi kun da yetakchi psixologlar va vrachlar be morlarni davolashda bemorning tempe-ramentiga alohida e’tibor berishadi. Gippokrat davridan boshlab bu qasamyodni barcha tabiblar qa bul qilganlar. Hozirgi kunda ham bu qasamyod o‘z kuchini yo'qotgani yo‘q va barcha mamlakatlarda bo‘lajak vrachlar uni qabul qilishadi. Bu qasamyod vrachni o‘z kasbini sevishga va ulug‘lashga, bemorlar va hamkasblarini hurmat qilishga, o‘z ilmini faqat odamlar salomat-ligi yo'lida sarflashga, yomon maqsadlarda qoMlamaslikka chorlaydi. Ma’lumki, vrach qanchalik urinmasin, davosi qiyin kechadigan kasalliklar bor. Bunday paytlarda vrach ruhan va jismonan char-chaydi, bemori tuzalmaganidan aziyat chekadi. Ba’zan bemor va uning yaqinlari tomonidan dashnomlar eshitadi. Bu haqda Gippokrat shunday degan: «Tibbiyot asosan tinchlantiradi, ba’zan davolaydi, juda kam hollarda esa darddan butunlay xalos etadi». Demak, hamma bemorlarni ham ko‘ngildagidek davolash qiyin. Gippokratning bu so‘zlaridapessimizm ufurib turgan bo‘lsa-da, zamirida achchiq haqiqat yotibdi. Bu so‘zlarning aytilganiga bir necha asrlar bo‘ldi, o‘tgan davr ichida eng kuchli diagnostika va davolash usullari ishlab chiqildi, lekin shunday bo‘lsa-da, bugungi kunda tibbiyot ba’zi kasalliklarni davolashda ojizlik qiladi. Gippokrat bir qator asab va ruhiy kasalliklar haqida risolalar yozib qoldirgan. U isterik kasalliklarni chuqur bilimdonlik bilan o'rgandi vabemorlarni davolash yo‘llarini ishlab chiqdi.Gippokrat bemorlarni davolashda sog‘lom turmush tarziga va to‘g‘ri ovqatlanishga qattiq rioya qilish kerakligini aytgan, kasalliklarning sababini aniqlab, ularni bartaraf qilishga intilgan. Gippokratning tibbiyotgaoid ba’zi ko‘rsatmalarini keltirib o‘ta-miz: 1) jismoniy mehnat mushaklar va a’zolar uchun oziqdir; 2) fikrlash —kishi ruhini tetiklashtiradi; 3) bemorga yordam berishni eplay olmasang, unga ziyon keltirma; 4) me’yordan ko‘p ovqat-lanish kishi salomatligiga ziyon keltiradi; 5) bemorning ruhi tush-magan va ishtahasi saqlangan boiishi tuzalish uchun yaxshi alo-matdir; 6) odam tanasida kasallik bilan kurashuvchi kuch bor, tabibning vazifasi esa o‘sha kuchni faollashtirishdan iborat; 7) bemorga beriladigan dorilar hadeb o‘zgartirilmasligi kerak, faqat zaruratga qarab davolash muolajasi o‘zgartirilsin; 8) tabiatda doimo ikki qarama-qarshi kuch bir-biriga qarshi turadi, qarama-qarshilikni qarama-qarshilik bilan davolash kerak; 9) tabib yuksak darajada axloqli, jonkuyar, ozoda va xush ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak; 10) tabib o‘z bilim va mahoratini doimo oshirib borishi va bemorlar hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak. 0 ‘z davrining mashhur tabibi va faylasufi bo'lgan Gippokrat sharafli umr kechirdi va 83 yoshida vafot etdi. Platon (Aflotun) (miloddan awalgi 430—348-yillar) ruh abadiydir, u tana-ga bog‘liq emas va xudo tomonidan yaratilgan degan. Uning fikricha ruh, tanadan ilgari paydo bo'lgan, odam va hayvon ruhi bir-biridan farq qiladi, odam ruhi oliyva past tabaqaga boMi-nadi. Oliy ruh abadiydir, u tafakkur kuchiga ega, bir tanadan ikkinchisiga o‘tadi va tanaga bog‘liq emas, deb ta’kidlaydi Aflotun. Past tabaqali ruh abadiy emas. Hayvonlar uchun esa faqat past tabaqali ruh xos, degan. Aristotel (Arastu) (miloddan av- valgi 384—322-yillar) miya, ruh va tana munosabatlariga oid bir qancha fikrlar bildirgan. Platonning shogirdi. Aristotel jonning uch xilini ajratgan: o‘simlik, hayvon va onglijon. 0 ‘simlik joni deganda, u oziqlanish va ko‘pa-yishni ko‘zda tutgan bo‘lsa, hayvon joni deganda his qilish, og‘riq sezish, himoyalanishni tushungan. Aristotel ongli jon faqat odamlar uchun xos va odamdajonning uch turi ham mavjud, degan. Uning fikricha, odam jonning uch turiga ega boMganligi bilan ham 1 o‘simlik va hayvonlardan farq qiladi. Aristotel «his-tuyg‘ular», «xotira», «sez gi» kabi tushunchalardan foydalangan. Rimlik mutafakkir Galen (milod dan awalgi 129—201-yillar) ruhning Download 144.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling