Mavzu: Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi


Download 144.71 Kb.
bet5/5
Sana19.10.2023
Hajmi144.71 Kb.
#1710386
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tibbiyot muassasalarida psixologik xizmat tashkillashtirish tarixi,muammolari va kelajagi.

F. Gall (1758—1828) odam miyasining tuzilishinijuda mukammal o‘rgandi va miyaning frenologik xaritasini yaratdi. U birinchilardan bo‘lib bosh miya katta yarim sharlarining kulrang va oq moddasini bir-biriga bog‘liq bo‘lgan alohida tuzilmalar deb bildi. U bosh miya po‘stlog‘ida 40 ga yaqin ruhiy funksiyalarni joylashtirdi va ularni miyaning pushtalari (bo'rtiklari) bilan bog‘ladi. U harakat, ko‘ruv, eshituv va sezgi markazlari bilan birgalikda miyada xotira, tafakkur, sevgi, kamtarlik, donolik, ayyorlik markaz­ larini ham joylashtirdi. Uning fikricha, yuqori qobiliyatli odamlarning miyasidagi bo‘rtiklar kuchli rivojlangan bo'ladi va kimning tafakkuri past bo‘lsa, uning miyasi silliq bo‘ladi.
XIX asrning o‘rtalarida psixologiyaning rivojlanishida katta o‘z-garishlar yuzagakeldi. Bu davrda gipnoz (yunoncha—«uyqu» de-gani) haqida ta’limot yaratildi va uning asoschisi Mesmer hisoblanadi. Gipnoz tushunchasini 1843-yili angliyalikjarroh Jeyms Bred taklif qilgan. Mesmer gipnozda kuzatiladigan hodisalarni «magnetizm» bilan bog‘laydi.
Fransiyalikolim J.M.Charkott (1888) gipnoz asosidafiziologik jarayonlar yotadi, deb tushuntiradi.O‘sha paytlari gipnoz usuli bi­ lan bemorlarni davolash keng tarqaldi. Gipnoz bilan mashhur nev-rologlar va psixiatrlar shug‘ullanishgan. Ulardan J.Sharko, Benedikt, Forel, Levenfeld, Mopassan, S.S. Korsakov, Mebiuslarning nomi
mutaxassislarga yaxshi tanish.
Shular orasida mashhur psixoanalitik deb nom chiqargan yosh shifokor olim Zigmund Freyd ham bor edi. Z. Freyd aslida nevro­ patolog bo‘lgan. U 1856 yil 6 mayda Chexoslovakiyaning Prshibor (u paytdagi Freyburg) degan kichik bir shahrida dunyoga keladi. 1860 yili Freydlar oilasi Venaga ko‘chib o'tishadi va Z. Freyd umrining oxirigacha Avstriyada yashab ijod qiladi. Fizika, biologiya, tarix va falsafaga o‘ch bo‘lgan Z.Freyd doimo tabiatda bo‘ladigan hodisalarning o‘zini o'rganibgina qolmasdan, ularning sabablarini izlagan. Z. Freyd umrining oxirigacha determinist bo‘lib qoldi, ya’ni ruhiy-asabiy buzilishlarning sababini, asl mohiyatini izladi. Z.Freyd awaliga mashhur olim Ernst Bryukkning qo‘l ostida fiziologiya sirlarini o'rgandi. U ilmiy ish bilan shug‘ullanib, orqa miya fiziolo-giyasini o‘rgana boshlaydi. Lekin Freyd ko‘p bolali oilada tavallud topganligi uchun mod-diy tomondan juda qiynalib qoladi va ilmiy
isimi tashlab, amaliy nevrologiya sohasida yi ar ishlab, har kuni 8—10 soatlab bemorlarni qabul qiladi. Tibbiy amaliyotda olgan tajribalarini ilmiy tomondan o‘rganib, tez orada mashhur nevropatolog vrach bo'lib nom chiqaradi. 0 ‘sha paytlari kasallarni davolashda keng qo'llanilgan fizioterapevtik usullarni Z. Freyd ham ko‘p qo'llay boshlaydi. Lekin keyinchalik fizioterapevtik usul Z. Freydni qoniqtirmay qo'yadi. U gipnoz bilan qiziqib, uni Iosif BreyervaJ. Sharkolardan o‘rganib, kasallarni davolashda keng tadbiq qiladi. Bolalar serebral falaji, afaziyalar bilan qiziqib, bir nechta maqolalar ham chop qildiradi.
1861-yili motor nutq markazini kashfqilgan P.Brok nutq buzilishini «afemiya» deb atagandi. Z. Freyd motor afaziya haqida so‘z yurita turib, transkortikal motor afaziyada bemorning gapira olmaslik saba-bi, Brok markazi funksional faoliyatining pasayishidir, degan edi.
Z. Freyd fanda yangi yo‘nalish, ya’ni psixoanalizni yaratadi. U ruhiy-asabiy buzilishlarning har bir belgisini tahlil qildi, isterik simptomlarning sabablarini va sirlarini o‘rgandi, ularni ruhiy ta’sir qilish yo‘li bilan davolay boshladi. Ongsizlik haqida ta’limotni yaratdi. Seksual hayotning ruhiy faoliyat bilan uzviy bog‘liqligini o‘rgandi. Z. Freyd fiziologlar (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov) hamda nevropatolog va psixolog olimlarning (Ernest Krechmer, Emil Krepelin, Eygen Bleyler) ishlaridan ham xabardor edi.
Z. Freyd fan olamida mard olimlardan biri edi. Agar uning dunyoqarashiga zid va isbotlangan yangi dalillar paydo bo‘Isa, Z. Freyd ularni o‘ziga xos mardlik bilan qabul qilardi. Masalan, isteriyalarni faqat seksual buzilishlar nuqtai nazaridan tushuntirib bergan Z. Freyd birinchi jahon urushida juda ko‘p askarlar orasida isterik simptomlarni kuzatgan, urushdan qaytgandan keyin esa bu askarlarda isteriya belgilari butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Bu holatni kuzatgan Freyd panseksualizm g‘oyasidan biroz chekindi. Shuni ta’kidlash lozimki, mashhur fiziolog I.P. Pavlovning eksperimental nevrozlar konsepsiyasini yaratish g'oyasiga Z. Freydning shu sohaga taalluqli maqolasi ham sababchi bo'lgan.
Z. Freyd isterik nevrozlarning kelib chiqishida I.P. Pavlovning tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlari haqidagi ta’limotini yuqori baholagan. Sobiq sho‘ro tuzumi davrida bu ikkala buyuk olimning ishlari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilib, mashhur psixoanalitik Z. Freyd asossiz qoralab kelindi. Ammo uning inson psixologiyasini o‘r-ganishda qilgan olamshumul ishlari butun dunyoda tan olingan edi. Z. Freyd katta bir maktab yaratdi va buning natijasida fanda freydizm yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Bu haqda kitobning «ongsizlik» qismida batafsil ma’lumot beramiz. Uning dastlabki safdoshlari va shogirdlari A. Adler va K.G. Yunglar nevrozlarning kelib chiqishiga oid o‘z nazariyalarini ilgari surishdi. A. Adler fanda individual psixo­ logiya g‘oyasini ko‘tarib chiqqan bo‘lsa, K.G. Yung o‘z e’tiborini analitik psixologiyaga qaratdi.
XX asming birinchi yarmida mashhur psixiatr E. Krechmer (uni tibbiyot psixologiyasining otasi deb ham atashadi) «Tibbiyot psixologiyasi» asarini yozadi. U tibbiyot psixologiyasini alohida fan sifatida ajratdi va bu fanni barcha tibbiy, falsafiy va biologik fanlar yutug'iga asoslanib o'rganish zarurligini uqtirdi. E. Krechmer odam ruhiyatining shakllanishida va buzilishida tug‘ma konstitutsional omillarga katta e’tibor berdi.
Shunday qilib, tibbiyot psixologiyasi barcha tabiiy va aniq fanlar ta’siri ostida rivojlandi va alohida fan sifatida butun dunyoda tan olindi. Albatta, ushbu kichik bir bobda tibbiyot psixologiyasining tarixini batafsil yoritish mushkul. Uning tarixi haqidagi qo'shimcha ma’lumotlarni internet sahifalaridan va maxsus kitoblardan olish mumkin.
Download 144.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling