Mavzu: tibbiyot xodimlari faoliyatida etika-deontologiya masalalari


Sorrogeniya, yatrogeniya tushunchalari va ularning bemorga ta'siri


Download 77.5 Kb.
bet3/5
Sana18.10.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1708738
1   2   3   4   5
Bog'liq
TIBBIYOT XODIMLARI FAOLIYATIDA ETIKA-DEONTOLOGIYA MASALALARI

4.Sorrogeniya, yatrogeniya tushunchalari va ularning bemorga ta'siri.
Bemorga shu narsani tushuntirish lozimki, tibbiyot hamshirasi dori-darmonlarni faqat shifokorning topshirig'i bilangina bera oladi. Ba'zan psixogen omillar somatogen omillar bilan qo'shilib ketib, bir-birini kuchaytiradigan hollar ham bo'ladi.
Yatrogeniya deganda, shifokor yoki tibbiyot hamshirasining bemorga salbiy ta'sir qilgan so'zlari va xatti-harakatlari natijasida bemorda paydo bo'lgan kechinmalardan yuzaga kelgan kasallik holati yoki uning kuchayishi tushuniladi. Yatrogeniya o'ziga xos xususiyatlari bo'lgan, ya'ni notinch, vahimali, tez asabiylashadigan, jizzaki, qo'rqoq, asabi zaif bemorlarda uchraydi. Turli xil yatrogen xasta­liklar kelib chiqishida o'rta tibbiyot xodimlari sababchi bo'l­gan hollar ham ko'p kuzatilgan. Ular sorrogeniyalar (lotincha Sorror— hamshira), deb ataladi.
Terapiya bo'limida davolanayotgan bemorlarning har biri uchun alohida ijobiy psixologik ta'sir vositasi, ya'ni so'zlar majmuasi topilishi kerak. Bemor o'z kasalligi to'g'risida kam o'ylaydigan, u davoning samarali yakunlanishiga ishonadigan bo'lishi kerak. Buning uchun bo'limda xizmat qilayotgan shifokor va hamshiralar psixologik bilimlarni chuqur egallagan bo'lishlari kerak. Aks holda, yaxshi natijalarga erishish qiyin bo'ladi.
5.O'rta tibbiyot xodimlarining asosiy burchlari.
Hamslira ekologiya muammolarini hal qilishda qatnashadi. Zamonaviy hamshira o'tgan davr buyuk hamshiralari tajribasiga, hamshiralik harakati asoschilari Florens Naytingeyl, Dasha Sevastopolskaya kabilar tajribasiga murojaat qilgan holda ish tutadi. Hamshiralar kelajakka intilgan sari hamshiralik ishini fan va san'at sifatida rivojlantirib boraveradi.
Xalqaro bitimga ko'ra, hamshiralik ishi falsafasi 4 ta asosiy tushunchaga tayanadi:

  1. bemor;

  2. hamshiralik ishi;

  3. atrof-muhit va jamiyat;

  4. salomatlik.

Bu tushunchalar quyidagicha izohlanadi:

Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling