Bemor — bu hamshira parvarishiga muhtoj bo'lgan va shu parvarishni olayotgan inson.
Hamshiralik ishi — o'zgaruvchan sharoitda mavjud va keyinchalik tug'ilishi mumkin bo'lgan salomatlik muammolarini hal qilishga qaratilgan tibbiy parvarishning bir qismi, maxsus kasbiy faoliyat, fan va san'atdir.
Salomatlik — atrof-muhit bilan shaxs hayotining bog'liqligi, shu muhitga insonning moslashuvi natijasi
Inson — yagona, o'z-o'zini idora qila oladigan biologik tizim bo'lib, fiziologik, ruhiy va jismoniy ehtiyojlari qondirilishi natijasida o'sib-unishi, atrof-muhit bilan bog'lanib borishi ta'minlanadi.
"Deon" — grekcha so'z bo'lib, "burch" degan ma'noni anglatadi.
Yatrogeniya - shifokor yoki tibbiyot hamshirasining bemorga salbiy ta'sir qilgan so'zlari va xatti-harakatlari natijasida bemorda paydo bo'lgan kechinmalardan yuzaga kelgan kasallik holati yoki uning kuchayishi tushuniladi.
Sorrogeniyalar - Turli xil yatrogen xastaliklar kelib chiqishida o'rta tibbiyot xodimlari sababchi bo'lgan hollar ham ko'p kuzatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |