Mavzu: tif milliybank” paxtaobod filialida daromad va xarajatlar tahlili


jadval “Agrobank ATB” Buloqboshi filialida xarajatlari dinamikasi auditi


Download 125.92 Kb.
bet12/14
Sana19.06.2023
Hajmi125.92 Kb.
#1606654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MAVZU

jadval

Agrobank ATB” Buloqboshi filialida xarajatlari dinamikasi auditi
(mingso’mda)




Ko’rsatkichlar

2020yil



2021yil



2022yil



Farq(+;-)

2020 yildan

2021
yildan

Bankxarajatlari

688335,1

723631,1

778937,2

+35296,0

+55306,1

YUqoridagi 5-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “Agrobank ATB” Buloqboshi filialida xarajatlar 2022 yilda 2021 yildagidan +55306,1 ming so’mga va 2020 yilga nisbatan +35296,0 ming so’mga ortgan. Aytish lozimki, dinamik o’zgarishlarda xarajatlar daromadlarga nisbatan 2022 yilda 2021 yil hamda 2020 yillarga qaraganganda 1,5 barobar ortib borgan.


Xulosa qilib aytish mumkinki, banklarning daromadlari va xarajatlarini dinamikasini audit qilishda bu daromadlar va xarajatlarni tarkibi bo’yicha dinamik audit o’tkazish orqaliqator yillardagi o’zgarishlarni baholash mumkin bo’ladi. “Agrobank ATB” Buloqboshi filialida daromadlar va xarajatlarni dinamik audit qilib, qator yillar davomida daromadlar va xarajatlarni o’sganligini guvohi bo’ldik.Lekin daromadlarni xarajatlarga nisbatan o’sishini yuqori bo’lganligi oldingi savollarda ko’rib o’tdik.
Xulosa va takliflar
Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish, aksiyadorlar va omonatchilar, kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to`g`risida aniq, ishonchli ma`lumotlarga ega bo`lishlarida audit tekshiruvlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Audit olib borish tartibi qonunlar, hukumat qarorlari va idoraviy yo`l-yo`riqlar bilan tartibga solib boriladi. Mijozning moliyaviy holatini yaxshilash, investorlar, kreditorlarni jalb etishga yordam beradi, moliya, soliq va boshqa sohalarda maslahat beradi. Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat va sud idoralari uchun huquqiy hujjat hisoblanadi. Tijorat banklarining audit xulosalari matbuotda e`lon qilinishi lozim. O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi.
Bizningcha, bank xarajatlari auditini yanada mukammallashtirishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, tijorat banklari xarajatlari auditini muhim, hamda murakkab auditorlik sohalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan auditorlar tomonidan ilk e’tibor bank xarajatlarining oqilonaligiga va xaqqoniyligiga qaratilishi lozim.. Bunda avvalo auditorlar analitik hisob ma’lumotlarini yigish va shu orqali bank xarajatlari tahlili o’tkazilishi maqsadga muvofiq;
Ikkinchidan, tijorat banklari xarajatlari auditida auditorlar tijorat banki uchun eng asosiy xarajatlardan biri foizli xarajatlar bo’lib, buning auditini o’tkazish o’ta murakkab va sinchkovlikni talab qiladi. Bunda asosan urg’u mijozlar depozitlariga taklif qilinayotgan foizlarning bozor metodlari asosida shakllanganligiga va hisobvaraqlarda ularning aks ettirilishi to’g’risidagi hujjatlarni rasmiylashtirilishini obdon tekshirish maqsadga muvofiqdir;
Uchinchidan, omonatlarni jismoniy shaxslar hisobvaraqlariga kelib tushishi amaliyotini o’rganish;
To’rtinchidan, mijozning asosiy talab qilib olinguncha hisobraqamiga pul mablag’larining kelib tushushini, jumladan, inkassatsiya orqali naqd pul mablag’lari tushumini tekshirish;
Beshinchidan, asosiy vositalarning balans qiymati va unga hisoblanadigan amortizatsiya summalarini xarajat hisobraqamiga o’tkazilishini to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish;
Oltinchidan, tijorat banklari aktiv va passivlari auditida nokumulyativ va kumulyativ aktsiyalar hisobi hamda birlashgan ozchilik aktsiyalar egalarining qo’shilgan korxonalardagi ulushlari hisobini sinchkovlik bilan audit qilish lozim;
Ettinchidan, kreditlar bo’yicha tashkil qilinishi lozim bo’lgan rezervlar hisobini tijorat bank xarajatiga to’g’ri olib borilsa, tijorat banki aktsionerlari manfaatlari uchun foydaliroq bo’ladi.
Xulosa kilib aytganda, O’zbekiston banklar tizimida xarajatlar auditining ish faoliyatini tashkil etish va takomillashtirishda xalka­ro standartlardan foydalanilganda maqsadga muvofiq bo’ladi, degan fikrdamiz.
Banklarda daromadlar va xarajatlarni audit qilishda, daromadlar hamda
xarajatlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi hamda audit qilish uslubidan
foydalangan holda auditni tashkil qilinib, banklarning daromadlari va xarajatlarini
audit qilishda qo’llaniladigan usullar yig’indisidan tashkil topadi, audit qilish
maqsadidan kelib chiqib bu usullardan auditda foydalaniladi.
Banklarda olingan daromadlarni tarkibi va tuzilmasini audit qilish yo’li bilan
olingan daromadlar tarkibida foizli daromadlarni va foizsiz daromadlar hajmini
hamda jami daromadlar tarkibida tutgan salmog’ini to’liq baholash imkoniyatiga
ega bo’lish mumkin.
Banklarda qilingan xarajatlarni tarkibi va tuzilmasini audit qilganda,
qilingan xarajatlar tarkibida foizli daromadlarni, foizsiz daromadlarni hamda
bankning operatsion xarajatlari hajmini hamda ularning jami xarajatlar tarkibida
tutgan salmog’ini to’liq baholash imkoniyatiga ega bo’lish mumkin.
Banklarning daromadlari va xarajatlarini dinamikasini audit qilishda bu
daromadlar va xarajatlarni tarkibi bo’yicha dinamik audit o’tkazish orqali qator
yillardagi o’zgarishlarni baholash mumkin bo’ladi. “Agrobank ATB” Buloqboshi
filialida daromadlar va xarajatlarni dinamik audit qilib, qator yillar davomida
daromadlar va xarajatlarni o’sganligini guvohi bo’ldik. Lekin daromadlarni
xarajatlarga nisbatan o’sishini yuqori bo’lganligi oldingi savollarda ko’rib o’tdik.
Bank daromadlari, xarajatlarini omilli audit qilish orqali hisobot yilida
qilingan daromadlar hamda xarajatlarni o’zgarishi qaysi omillar qanday ta’sir
ko’rsatganligi baholanib, ijobiy, salbiy omillarni aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Bitiruv malakaviy ishining yakunida quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1. Banklarda daromadlar va xarajatlarni audit qilish orqali daromadlarni
oshirish hamda xarajatlarni kamaytirish uchun mavjud ichki imkoniyatlarni
aniqlanadi. Bu ichki imkoniyatlarni amaliyotga joriy qilish yo’li bilan
banklarning daromadlarini oshirish va xarajatlarni kamaytrishga erishish
mumkin. SHu sababli, banklarda mavjud bo’lgan audit bo’limida nafaqat
mijozlarning moliyaviy hisobotlarini balki, bankning daromadlari va
xarajatlarini har uch oyliklarda audit qilish lozim. Bu bilan hisobot yilida
daromadlarni oshirib, xarajatlarni kamaytirishga erishish mumkin bo’ladi.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mijozlar imkon qadar arzon baholardagi va
sifatli xizmatlarga bo’lgan talab ortishi bank mijozini ko’paytirishda qo’l
keladi. Banklarda ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun belgilangan foizni
ma’lum miqdorda kamaytirish berilayotgan kreditlar uchun foizlarni
kamaytirish hisobiga mijozlarni ko’paytirishga erishish mumkin. Bank
mijozlarining ko’payishi hisobiga ko’rsatiladigan xizmatlar bo’yicha
daromadlarni ortishini ta’minlaydi.
3. Banklarda daromadlar va xarajatlar auditining natijalarini, bank
daromadlarini ortishida hissasi yuqori bo’lgan bo’limlarning nomini, ushbu
bo’limlarning xodimlarini ismi va familiyasini ko’rsatib, bo’limlar oldiga
devoriy gazeta sifatida ilib qo’yilsa, xodimlarning ish faoliyatidagi rag’bat
yanada ortib, bank daromadlarining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Download 125.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling