Mavzu: Tijorat banklari turlari Reja: Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi


Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin


Download 20.42 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi20.42 Kb.
#1513155
1   2   3   4   5
Bog'liq
gbzdfdmbcyltewvwbsgez7mbpthlr1nw

Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin:
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan shaxsning boshqa qonuniy vakillari;
b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar;
v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi.
Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda belgilanadi.
SHartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik asosida kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi.
Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi.
Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish huquqiga egadirlar.
Depozitlarning turlari:
talab qilib olinguncha depozitlar;
jamg‘arma depozitlari;
muddatli depozitlar;
jamg‘arma (depozitli) sertifikati;
boshqa depozitlar.


Tijorat banklarining funksiyalari va operatsiyalari.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’ektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida etakchi o‘rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda.
Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-passiv operatsiyalar;
-aktiv operatsiyalar;
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
-BANKNING O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALGA OSHIRADIGAN OPERATSIYALARI VA BOSHQA TURDAGI OPERATSIYALARNI BAJARADILAR.




Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar ro’yxati:
1. www.arxiv.uz
2. www.aim.uz
3. www.ziyonet.uz
4. Bank tizimida axborot texnologiyalari majmua.
5. Axborot tizimlari ma’ruza matni
Download 20.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling