Mavzu: Tijorat banklarida joriy hisob raqamlarni ochish tartibi va huquqiy asoslari


  1.2. Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari faoliyatini


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1323601
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tijorat banklarida joriy hisob raqamlarni ochish tartibi va huquqiy asoslari.

 


11 
1.2. Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari faoliyatini 
tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari. 
 
Tijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng 
bo`lishiga olib keladi. Tijorat banklari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi. 
1. Vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga 
aylantirish. 
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; 
3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish. 
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to`lovlarni amalga oshirish. 
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish. 
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini 
ko`rsatish.
3
Banklar bo`sh pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga aylantirish
funktsiyasini bajara turib, mavjud bo`sh pul daromadlari va jamg’armalarni
yig’adi. Jamg’aruvchi (bo`sh pul mablag’i egasi) o`z mab-lag’larini bankka
ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag’lardan foydalangani uchun
ma`lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo`sh pul mablag’lari hisobidan
ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo`jaligi tarmoqlarini
kreditlash uchun ishlatiladi. 
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o`rinni korxona, tashkilot-larni,
aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayo-nini tashkil qilishda
bank moliyaviy vositachi rolini o`ynaydi. U bo`sh turgan mablag’larni jalb
qiladi va o`z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank
krediti hisobidan xalq xo`ja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq
xo`jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni 
kengaytirishga asos bo`ladi. Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi tijorat 
bank-larini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari
3
3. 
Elektron axborotlarni muxofaza qilish tqg’risidagi Nizom.20144 


12 
depozitkredit emissiya qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va 
ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi. 
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi. Tijorat
bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o`tkaziladi va 
bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning ma`lum qismini naqd pul 
shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul
massasining miqdori oshadi. SHuning uchun ham, Markaziy bank tijorat
banklarining faoliyati ustidan nazorat olib boradi. 
Tijorat banklarining muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib
borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o`rtasida vositachi 
bo`lib xizmat qiladi. Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va
joylash-tirish bilan ham shug’ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga 
har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, 
kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldorbo`lganligi
tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayonhisoblanadi. SHu
vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaromunosabatlar o`rnatiladi,
bank ustav kapitali uchun zarur bo`lganmablag’lar tayyorlanadi, rahbar
shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va 
hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari 
“Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. Shu 
qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” 
deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi. Banklar respublika
hududida o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya 
asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O`zbekiston
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”, “O`zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va 
aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to`g’risida”gi Qonunlar va boshqa


13 
qonunlari hamda bankka me`yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida 
amalga oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan
“Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g’risida”gi
630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda O`zbekiston
Respublikasi hududida banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish
tartibi hamda shartlari belgilab qo`yilgan bo`lib, tijorat banklari ochiq yoki
yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. 
Ssuda kapitalisti o`z bo`sh kapitalini karzga bersa, bankirlar asosan
chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda kapitalistining daromadi 
ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi – bank foydasi xisoblanadi. Banklar
korxona, tashkilot, davlat muassasalari, axoli bo`sh pullarini jalb qilish orkali
katta xajmdagi kapitalni o`z kullarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi
kapital xarakatini boshkarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular
faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit
muassasalariga aylanishiga olib keladi. SHunday qilib, bank faoliyati xalq xo`jaligi 
mavjud bo`lgan bo`sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni
uy ichiga oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega bo`ladi. Bu 
daromad bank jalb kilgan resurslarga yo`llaydigan foiz bilan joylashtirgan
resurslari bo`yicha oladigan foiz urtasidagi farqdan iborat bo`ladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling