Mavzu: Tijorat banklarida joriy hisob raqamlarni ochish tartibi va huquqiy asoslari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1323601
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tijorat banklarida joriy hisob raqamlarni ochish tartibi va huquqiy asoslari.

 
 


14 
1.3. Bank tashkil etish jarayoni va bosqichlari 
 
1.Tayyorgarlik bosqichi. 
Bu davrda bank muassislari o`rtasida bank tashkil etishga kelishiladi,
tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo`shilgan
ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta`sis hujjatlari majmui tayyorlanadi,
bankning nomi aniqlanadi, ta`sischilar o`rtasidagi kelishuvlar dastlabki
shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta`sis shartnomasi tuziladi
(FKning 43-moddasi, O`zbekiston Respublikasi «Xo`jalik jamiyatlari va
shirkatlari haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aktsiyadorlik tijorat banklarining 
muassislari bank davlat ro`yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan 
majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo`ladilar
4

2. Bankni davlat ro`yxatidan o`tkazish bosqichi. 
Bu bosqich uch davrni o`z ichiga oladi: Bank ochish haqidagi ariza bilan
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga
quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak: 
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta`sis etish bo`yicha xujjat; 
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda
notarial tartibda tasdiqlangan ta`sis shartnomasi. Ta`sis etuvchilar jismoniy
shaxs bo`lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi; 
-muassis aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar 
tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi
-bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni
tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash
haqidagi qarorlarni o`z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan 
tasdiqlangan ta`sis yig’ilishining bayonnomasi. Qayd etib o`tilgan hujjatlarning
loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti
ma`qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling