Tijorat banklari faoliyatini strategig rivojlantirish mustaqil ish
Download 170.27 Kb.
|
17 variant
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BANK ISHI FAKULTETI “YO’LDOSHBOYEV SARDOR TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI STRATEGIG RIVOJLANTIRISH MUSTAQIL ISH 17- variant
Reja :
2 . Bank faoliyatida uning istiqbollari rejalari 3 . Bank asosiy strategiyasi va missiyasi Banklarda marketing tushunchasi, mazmuni va mohiyati Markеting ayni paytda biznеs falsafasi hamda faol jarayondir. U harakatdagi jarayon sifatida bozor iqtisodiyoti aniq faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni hal qiladi. ―Markеting‖ – so‘zi kеng tarqalgan bo‘lsada, asosan quyidagi uch jihatda namoyon bo‘ladi: rеklama, sotishni rag‘batlantirish va haridorga ta'sir ko‘rsatishdir, ya'ni boshqacha qilib aytganda mavjud bozorlarni egallab olish uchun foydalaniladigan savdoning o‘ta muhim vositalari majmuasidir. Shu bilan bir qatorda, markеting birinchi navbatda va eng mеrkantilistik ma'noda asosan ommaviy istе'molchilar bozorida ko‘proq, yuqori tеxnologiyalar, moliyaviy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar kabi sеktorlarda esa kamroq qo‘llaniladi. Markеting - faqatgina katta korxonalarning imkoniyatiga to‘g‘ri kеladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modеllari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo‘lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qilishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Tanqidchilar bunday qimmatbaho usullarning ishonchliligi va amaliy ahamiyatini unchalik ochiq-oydin emas, dеb hisoblaydilar. Markеting istе'mol jamiyatining arxitеktoridir, ya'ni bu haridorlar istе'molchilarni tijoriy jihatdan ekspluatatsiya qiladigan bozor tizimidir. Tobora ko‘proq va yanada ko‘proq tovar sotish uchun yangi ehtiyojlarni muttasil tashkil qilib borish lozim. Bunda xuddi ishchilar ish bеruvchidan ajratib qo‘yilgan singari, haridorlar sotuvchidan ajratib qo‘yiladi. Bu o‘ta soddalashtirilgan qarashlar ortida markеting konsepsiyasining uch jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va g‘oyaviy jihat (fikrlash shakli). Markеtingni uning faol jihatidan tushunish, ya'ni markеtingga bir nеcha sotish usullari sifatida qarash (opеratsion markеting) tendensiyasi ko‘p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (stratеgik markеting) yetarlicha baho bеrilmaydi. Tijorat banklari faoliyatida marketingning ayrim omillari hisoblangan talab va taklifni o‘rganish hamda, reklama foydalanila boshlandi va faqatgina 80-yillardan boshlab tijorat banklari faoliyatida marketing ajralmas tarkibiy qismga aylandi. 15 Amaliyotda ―marketing‖ atamasi inglizcha ―market‖ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ―bozor‖, ya‘ni bozorda o‘z mahsulotlarini sotish va harid etishdagi o‘ziga hos munosabatlarni anglatadi.6 Rossiyalik taniqli iqtisodchi olim G.S.Panovaning fikricha marketing bu bank xizmatlari – mahsulotlarini yaratish, uni ilgari surish va sotish bo‘yicha bozor strategiyasidan iborat. Bank marketingi o‘z mohiyatiga asosan bank tomonidan mijozlarning ehtiyojlarini qondirish va xizmat ko‘rsatish davomida bankka daromad keltiruvchi texnik usullar majmuasidan foydalanishdan iborat.7 Mamlakatimizda bank marketingining mohiyati, xususiyatlari va uning ahamiyati o‘rganilgan va bank marketingi bo‘yicha ilk bor O‘zbekistonlik yosh iqtisodchi olim Z.B.Mustafaнev o‘zining ―Bank marketingi – moliya bozori shakllanishi va rivojlanish asosi‖ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida ilk bor mamlakatimizda bank marketingini shakllanishi, mohiyati va rivojlanishiga doir muammolarni yoritib bergan. Bank marketingi muammosini tadqiq etgan keyingi iqtisodchi olima D.N.Allayorova o‘zining ―Организация маркетинга в коммерческих банках‖ nomli risolasida (T.:IPTD ―Chulpan‖.2015) bank marketingining mohiyati, maqsad, bank xizmatlari, bozorni segmentlash, reklama, bank mijozlarini o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni ochib bergan. Ushbu olimlarning fikricha ―bank marketingi – bank xizmatlari iste‘molchilarining extiyoj va zaruriyatlarini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatini alohida turidan iborat‖.8 Marketing g‘oyasi eng avvalo AQShda 1902 yilda yuzaga chiqqan va bir necha milliy universitetlarda tovarlar muomalasini oqilona va samarador tashkil etish bo‘yicha maxsus ma‘ruzalarni o‘qish amaliyotga kiritildi. 50-yillardan boshlab esa, korxonlarni boshqarishda marketing mustaqil nazariya sifatida amaliyotga kiritildi. Lekin shuni alohida ta‘kidlash lozimki, hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlar AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda marketing bozoridagi harajatlar juda ko‘p mahsulot va xizmatlar bahosining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, mijozlarni o‘ziga jalb etish banklar tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining ko‘lami, sifati va bahosiga uning bank va mijoz uchun samaradorligiga, qo‘shimcha servis hamda reklamaga bog‘liqdir.Bugungi kunda bank faoliyatini erkinlashtirish sharoitida banklararo raqobatning kuchayishi va uning takomillashuvi zaruriyatga aylanib bormoqda. Bank faoliyatida raqobatning bir necha turi bo‘lib, har biri bankning innovatsion ehtiyojini rivojlantirishga va yangi bank xizmatlarini kiritishda o‘z xissasini qo‘shadi. Bank mahsulotlarining raqobatbardoshligi haqida gap ketganda biz uning innovatsion harakterini tushunamiz. Mahalliy moliya bozorlarida bugungi kunda bozorning har bir qatnashchisiga katta talablar qo‘yilmoqda, talablarda raqobatning barcha turlari qo‘llaniladi. Bular quyidagilardir: 1.Funksional. 2. Ko‘rinishli. 3. Predmetli. 4. Aralash. Funksional raqobatning paydo bo‘lish sababi shundaki, har qanday moliyaviy xizmatga bo‘lgan ehtiyojni ko‘p yo‘llar bilan qoniqtirish mumkin. Masalan, korxonaning moddiy talablarini qondirish uchun (biznes – reja bo‘yicha) kredit, investitsiya, ssuda va zayomlar olinadi. Ba‘zi xizmatlar muhim parametrlar bilan farq qiladi va ko‘rinishli raqobat paydo bo‘ladi. Mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining sifati asosida raqobatning predmetli ko‘rinishi yuzaga keladi. Masalan, axborotni ishonchli ximoyalash, bank o‘zining ishonchliligi, operatsiyalarning tezligi va xodimlarning tezkorligi va malakasi. Banklararo raqobat kurashi sharoitida raqobatbardoshlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bank faoliyatida raqobatning harakteri bozor harakteri bilan belgilanadi. Ushbu omil esa tijorat banklari marketingini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni bajarishlikni talab etadi: Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlar bozorini belgilash; Iste‘molchilar talabini to‘laroq qondirish maqsadida bank xizmatlari bozorida aniq yo‘nalishlarni aniqlash; Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorida yangi xizmatlar turlarini joriy etish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash; Bank xizmatlari bozorida yangi bank xizmat turlarini amaliyotga kiritish va u yuzasidan bank nazoratini olib borish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish.Biz buni quyidagi rasmda keltiramiz. Bank xizmatlari bozorini tadqiq etish quyidagilardan iboratdir: - quyidagilarni o‘z ichiga olgan bank xizmatlari bozorining umumiy tavsifnomasi: ushbu bozorni o‘zgarish tendentsiyalari va istiqbollari, ushbu bozorda faoliyat yuritayotgan xorijiy banklarning ishlash sharoiti, bank xizmatlari bozorining potentsial xajmi, ushbu bank faoliyat yuritayotgan bozorning geografik (hududiy) chegaralari va uni kengaytirish istiqbollari; - barcha raqobatlarni marketing, operatsion va moliyaviy strategiyalarini tahlil etib, ularni strategik imkoniyatlarini tadqiq etish: - mijozlarni shu jumladan, potensial mijozlar doirasini aniqlagan holda, ularni segmentlarga ajratish hamda bankni tanlash sabablarini o‘rganish - tashqi sohani tahlil qilish va raqobatbardoshlik bo‘yicha o‘z ustunliklarini aniqlash (bankning moddiy va nomoddiy aktivlari, raqobatchilari ustidan g‘alabaga erishishga yordam beradigan bank uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat sohalari). Bankda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan marketing tizimi quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: mahsulot (xizmat), sotish, bozor, narx, raqobatchilar. Kommunikatsion strategiyani ishlab chiqish tijorat banklari tomonidan olib boriladigan operatsiyalariga asoslanadi. Har qanday bozor singari bank xizmatlari bozorining bajaradigan funksiyalari mavjud va ular quyidagilardan iborat; - umumbozor vazifalar, ya‘ni barcha bozorlar bajaradigan vazifalar; - maxsus vazifalar, ya‘ni har bir bozorgina bajaradigan o‘ziga xos xususiyatga ega vazifalar. Bank marketingi mohiyati yuzasidan xorijlik va mahalliy olimlarning turli fikrlari mavjud. Bank marketingi o‘z mohiyatiga asosan bir tarafdan tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari bozorini o‘rganishdagi va unda bank xizmatlarini ilgari surish bo‘yicha aniq faoliyatini hamda ikkinchi tarafdan tijorat banklari tomonidan o‘z mijozlarining talablarini o‘rganish va ularni qondirish asosida daromad olish bilan bog‘liq faoliyatini anglatadi. Turli istе'molchilarning istaklari va qiziqishlari xilma-xil bo`ladi. Bu xilmaxillik haridorlarning odatlari va ehtiyojlarida asosiy tafovutlarning, taklif qilinayotgan 20 tovar va xizmatlardan, ular qidiradigan manfaatlarning bir xil emasligidan kеlib chiqadi. Industrial jamiyatlarda haridorlar ko`proq ―o`rtacha‖ haridorga mo`ljallangan tovarlar bilan qanoatlanishga moyil bo`ladilar. Ular o`zlarining maxsus muammolariga moslashtirilgan yechimlarni qidiradilar. Banklar istiqbolda kutilayotgan bunday o`zgarishlar tufayli ommaviy markеting stratеgiyasini tashlab, qat'iy yo`naltirilgan stratеgiyalar tomonga o`tishga majbur bo`ladilar. Istе'molchilarning maqsadli guruhlarini aniqlash aynan sеgmеntlash jarayonining o`zi bo`lib, u asosiy bozorni talablar va haridorlarning odatlari jihatidan bir jinsli bo`lgan qismlarga ajratadi. Sеgmеntlash jarayoni firma uchun stratеgik ahamiyatga egadir, chunki uning natijasida firmaning faoliyat ko`rsatish sohasi va tanlangan bozorlarda muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omillari aniqlanadi. Bozorni sеgmеntlarga ajratish - banklar ega bo`lish kеrak bo`lgan eng asosiy qobiliyatlardan biridir. Bozorni sеgmеntlarga ajratish stratеgiyasini amalga oshirishni firmaning missiyasini aniqlashdan boshlash lozim. Ushbu missiya uning istе'molchiga yo`naltirilgan istiqboldagi roli va asosiy funksiyasini tavsiflaydi. Bu yerda uchta asosiy savolga javob topish lozim. - Biz qanday biznеs bilan shug`ullanayapmiz? - Biz qanday biznеs bilan shug`ullanishimiz kеrak? - Biz qanday biznеs bilan shug`ullanmasligimiz lozim. Bu savollarga bozor sharoitlarida javob topish uchun biznеsning ta'rifini tеxnik atamalar yordamida emas, balki umumiy tushunchalar organizatsiyaqali, ya'ni istе'molchini qoniqtiradigan ―qarorlar‖ atamalarida ifodalsh lozim. Avval aytib o`tilganidеk, buning quyidagi tamoyillaridan kеlib chiqish lozim: 1. Haridor uchun tovar - bu shu tovar olib kеladigan foydadir. 2. Hеch kim tovarni o`z-o`zicha sotib olmaydi. Bu yerda xizmat ko`rsatish yoki muammoni hal qilish talab qilinadi. 3. Turli tеxnologiyalar ham bir xil yechimni taklif qilishi mumkin. 4. Tеxnologiyalar tеz o`zgarib bormoqda, asosiy ehtiyojlar esa avvalgidеk qolib kеlmoqda. 21 O‗zbekiston iqtisodiyotini rivojlantiruvchi yangi yo‗nalish – marketing xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez rivojlanuvchi tarmoqlari bo‗lib rivojlanib bormoqda. Bank marketing xizmatlarning xilma-xil turlari kengayib, jadallik bilan rivojlanib bormoqda, o‗zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning iste‘mol bozorida mutanosib ichki talabni qondirishda xizmatlar muhim rol o‗ynaydi. Shuni e‘tirof etish kerakki, xizmatlar tarkibida uning zamonaviy, ilg‗or turlari – telekommunikatsiya xizmatlari, uyali telefon aloqasi, moliya-bank xizmatlari, lizing tartibidagi kreditlar ajratish, sug‗urta, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy xizmat turlari jadal sur‘atda rivojlanmoqda. Banklarda marketing omillarini quyidagicha guruhlarga bo‗lishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz: Bank menejmentida marketing xizmat turlarining rivojlanishi bo‗yicha axborotlashtirish xizmati eng ommaviylashib bormoqda, uning faoliyati xilma-xil miniturdagi xizmatlarga ajratilib keng taraqqiy qildirilmoqda. Jumladan, kompyuter va internet xizmatlari shular jumlasidandir. Bu xizmat bevosita aloqa xizmatiga qo‗shilishi natijasida zamonaviy pullik xizmat – jo‗natish kanallari (Paynet, Unipay, Western-union va boshqalar) shakllandi. Respublikada xizmatlar bozorining tarakkiy etib borishi tadbirkorlik uchun inkubator bo‗lib xizmat qiladi Chunki, bunda kapital aylanishining tezligi bois, biznes tadbirkorligida qulay shartsharoitlar yaratiladi. Xizmatlar marketingiga xizmatlar turlanishi, iqtisodiyotda xizmatlar o‗rni va servis firmalarnning marketingdan foydalanishi nuqtai nazaridan qarab chiqish mumkin. Bozor segmentini tanlashda firma ayrim iste‘molchilar va iste‘molchi tashkilotlar bir-biriga o‗xshashini ham, farqlanishini ham tushunishi lozim. Bir xildagi xizmatlar (masalan, gilamlarni tozalash, yozuv mashinkalarini ta‘mirlash, tomorqaga qarash va havo sayohatlari) har bir segmentga taklif etilishi mumkin. Ular hammasi garchi xarid qilishga omillar turlicha bo‗lishi mumkin esada, xizmatlarni tanlash uchun qaror qabul qilish jarayonida foydalaniladi. Ulardan har biri yuqori narxlarga yoki yomon xizmat ko‗rsatishlarga qarshi ta‘sir o‗tkazib, ayrim ishlarni mustaqil ravishda bajarishi mumkin. Bu segmentlar o‗rtasidagi asosiy farqlar xizmatlarga talablar, talab qilinayotgan xizmat hajmi va ularning murakkabligi bilan bog‗liqdir. Xizmatlar sezilarliligi bo‗yicha tubdan farqlanadi. Umuman olganda bu belgi qanchalik sezilmas bo‗lsa, ularning marketingi shunchalik tovarlar marketingini eslatadi. Nomoddiy xizmatlar uchun faoliyat faqat u bajarilgandan so‗ng baholanishi mumkin: bunda xizmat ko‗rsatish darajasini doimiy saqlab turish qiyin. Ijara va tovarlardan foydalanish bilan bog‗liq xizmatlar aniq ob‘ekt mavjud bo‗lishini ko‗zda tutadi va ancha sezilarlilik xarakteriga ega, shuning uchun ularning marketingi tovarlar marketingiga o‗xshash bo‗lishi mumkin. Xizmatlar malaka saviyasi mutlaqo turlicha bo‗lgan kishilar tomonidan ko‗rsatilishi mumkin. Yuqori malaka talab etuvchi xizmatlar uchun mijozlar ularni tanlashda dadillik qobiliyatlarini ko‗proq namoyon etishadi. Mana shuning uchun ham mutaxassislar ko‗pincha iste‘molchilarning xolis turishlariga muvaffaq bo‗lishadi. Xorij mamlakatlarida, xususan rivojlangan davlatlarning bank menejmentida marketing omillarini samarali qo‘llashda qaltisliklarni kamaytirish uchun mijozlar kredit qobiliyatini ham, bankning o‗z moliyaviy barqarorligini ham muntazam tahlil qilib borishi kerak. Bunda marketing konsepsiyasini ishlab chiqish hamda amalda qo‘llash muhim vazifalardan biri sanaladi. 23 Bank tadbirkorligida marketing faoliyatining konsepsiyasi - bu iste‘molchiga qaratilgan maqsad falsafasi va bank strategiyasi. U, umuman, moliya-kredit tizimiga va, xususan, bankga ta‘sir qiluvchi barcha marketing ko‗rsatkichlarni tahlil qilishga asoslanadi. Marketing konsepsiyalari asosida bank faoliyatini optimallashtirish bo‗yicha takliflar tayyorlanadi, bankning ichki va tashqi faoliyati kompleks tarzda rejalashtiriladi. Xorij mamlakatlarida, xususan, Rossiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiyada bank tadbirkorligida quyidagi marketing konsepsiyalari qo‗llaniladi: Ishlab chiqarish konsepsiyasi yoki bank texnologiyalarini mukammallash-tirish konsepsiyasi. Unga ko‗ra mijozlar narxi yuqori bo‗lmagan xizmatlardan foydalanadilar. Shu munosabatda, mazkur konsepsiyaga amal qiladigan banklar ko‗proq yuqori samaradorlikka ega bo‗lgan an‘anaviy xizmatlarni taklif qiladi. Mazkur bank konsepsiyasi quyidagi sharoitlarda tanlanadi: bankning haqiqiy va potensial mijozlari asosiy qismining daromadi yuqori bo‗lmaganda; muayyan bank xizmatlariga talab tez o‗sib borayotganda; bankning mijozlar bazasi o‗sayotganda, bu uning shartli doimiy sarf-xarajatlarining qisqarishiga olib keladi, bozorda bankning alohida xizmatlari ulushini oshirish uchun mablag‗lar ajratish imkonini beradi. Marketingning ishlab chiqarish konsepsiyasiga amal qiladigan banklar rahbariyatining sa‘y-harakatlari, birinchi galda, mijozlarning bankni tanlashdagi motivatsiyasini va ularning bir bankdan boshqasiga o‗tib ketishiga undovchi omillarni o‗rganishga hamda bank texnologiyalarini takomillashtirish asosida mijozlar bazasini oshirish bo‗yicha takliflarni tayyorlashga qaratilgan bo‗lishi lozim. 2. Mahsulot konsepsiyasi yoki bank xizmatlarini takomillashtirish konsepsiyasi. Asosiy tamoyil — mijozlarga taklif qilinayotgan xizmatlar raqobatchilarning xuddi shunday xizmatlaridan sifati va xususiyatlari bo‗yicha yuqoriroq bo‗lsin. Bu iste‘molchilarga juda katta afzallik beradi. Bu holda banklar xizmatlar sifatini oshirishga ancha ko‗p kuch sarflaydi. Mahsulot konsepsiyasiga ko‗proq xizmatlarining noan‘anaviyligi, individualligi, ba‘zida ancha qimmatligi va o‗ziga xos noyobligi bilan 24 ajralib turuvchi banklar va moliya-kredit institutlari amal qiladilar. Bunday xizmatlarga lizing va auditorlik xizmatlarini misol qilish mumkin. Marketingning mahsulot konsepsiyasi quyidagilarga asoslanadi: − ko‗rsatiladigan bank xizmatlarining sifat tavsiflariga; − xizmatlar sifatiga ta‘sir qiluvchi siyosiy va iqtisodiy konyunk- turani hisobga olishga; − bank xizmatlarini ko‗rsatishda risklarning pasayishiga. 3. Savdo konsepsiyasi yoki tijorat harakatlarini intensifikatsiyalash konsepsiyasi. Marketing tadqiqotlari asosidagi faol axborot va bank xizmatlarini reklama qilishga asoslanadi va mijozlarni jalb qilishning zaruriy darajasini, xizmatlarni sotish hajmlarining orti- shini ta‘minlaydi. Ushbu konsepsiyaga xos uslub: banklar tomonidan mijozlarga kompleks xizmatlar, jumladan, banklarga xos bo‗lmagan noan‘anaviy xizmatlar ko‗rsatish orqali ularni kengroq jalb qilish maqsadida sug‗urta tashkilotlari, pensiya jamg‗armalari, lizing tashkilotlarini tashkil qilish. Uning maqsadlari o‗rta muddatli: bank xizmatlari iste‘molchilarining e‘tiborini qozonish, xususan, tajovuzkor reklama kampaniyasini olib borish va o‗zini faol sotish orqali. 4. An‘anaviy marketing konsepsiyasi. Unga muvofiq bank xizmatlarini iste‘mol qilish hajmlarining oshirilishini alohida aholi qatlamlarining mazkur xizmatlarga bo‗lgan ehtiyojlarini tahlil qilish va talabini motivatsiyalashni olib borish hamda bank xizmatlarini tarqatish bo‗yicha manzilli takliflarni ishlab chiqish orqali ta‘minlash mumkin. Marketing bu yerda xizmatga bo‗lgan talabni tahlil qilishdan boshlanadi, shundan so‗ng xizmatni ilgari surish bo‗yicha takliflar va dasturlar tuziladi. Konsepsiya quyidagi omillar bilan bog‗liq: − bank xizmatlariga talabning to‗liq qondirilishi; − banklarning bir qismi tashqi va ichki infratuzilmaga ega; − davlat va xalqaro moliya bozorlarining rivojlanishi; − pul resurslarining cheklanishi lozim . Tijorat banklari faoliyatida marketingning ayrim elementlari hisoblangan talab va taklifni o‘rganish hamda, reklama foydalanila boshlandi va faqatgina 80-yillardan boshlab tijorat banklari faoliyatida marketing ajralmas tarkibiy qismga aylandi. Banklarni boshqarishda marketing omillarini takomillashtirish yo‘llaridan biri bu - horijiy rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi tajribasini o‘rganish orqali milliy bank tizimiga tatbiq etish hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda tijorat banklari va ularning mijozlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ma‘lumotlarning quyidagi uch manbalaridan foydalaniladi: - tijorat banklarida marketing boshqarmasi kadrlari ixtiyoridan bankning barcha mijozlarning yoshi, jinsi, malakasi va boshqa tasnifdagi makroma‘lumotlar. Bunday makroma‘lumotlar marketing boshqarmasi tomonidan tijorat bankining mavjud aktivlar va passivlar portfelini tahlil etishda va shu tahlil asosida yangi bank xizmatlarini ishlab chiqishda foydalaniladi; - tijorat banklarida maslahatchilar tomonidan mijozning xulq - atvori, odatlari va boshqa xususiyatlari to‘g‘risidagi foydalanadigan mikroma‘lumotlar. Ushbu mikroma‘lumotlarning barchasi komp‘yutyerda jamlanadi va har bir mijoz bilan shaxsiy munosabat o‘rnatishda foydalaniladi; - yuqoridagi makroma‘lumotlar va mikroma‘lumotlar orasida yig‘iladigan ma‘lumotlar. Ushbu ma‘lumotlardan har bir mijozning alohida olingan xususiyatlari asosida segmentlashtirishni amalga oshirishda foydalaniladi. Albatta, yuqorida ta‘kidlab o‘tgan masalalardan boy va xaqqoniy ma‘lumotlar bazasini yaratish ham vaqt va ham katta mablag‘‘lar talab etadigan ish hisoblanadi. Ushbu omilni xisobga olgan holda biz rivojlangan mamlakatlarda bank xizmatlari bozorida mijozlarga, ayniqsa xususiy tadbirkorlarga yakka tartibda xizmat ko‘rsatishni marketingining tajribasini keltiramiz. Tayanch so’zlar Bank aksiyadori bank tasischisi bank missiyasi bank strategiyasi bank mahsuloti bank xizmatlari foyda strategiya rivojlanish bank likvidliligi Download 170.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling