Mavzu: Tijorat banklarida mijozlarning joriy hisob raqamlarini ochish va yuritish tartibi Bajardi: Tekshirdi: Samaqand – 2023 reja
Bank tashkil etish jarayoni va bosqichlari
Download 52.85 Kb.
|
Tijorat banklarida mijozlarning joriy hisob raqamlarini ochish va yuritish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bankni davlat ro`yxatidan o`tkazish bosqichi.
- 2-BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH VA JORIY HISOB KITOBLARNI YURUTISH. 2.1. Tijorat banklarida joriy hisob kitoblarni yuritish tartibi
1.3. Bank tashkil etish jarayoni va bosqichlari
1.Tayyorgarlik bosqichi. Bu davrda bank muassislari o`rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo`shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta`sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta`sischilar o`rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta`sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, O`zbekiston Respublikasi «Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aktsiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro`yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo`ladilar4. 2. Bankni davlat ro`yxatidan o`tkazish bosqichi. Bu bosqich uch davrni o`z ichiga oladi: Bank ochish haqidagi ariza bilan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak: -yangi tashkil etilayotgan bankni ta`sis etish bo`yicha xujjat; -muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta`sis shartnomasi. Ta`sis etuvchilar jismoniy shaxs bo`lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi; -muassis aktsiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi; -bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o`z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta`sis yig’ilishining bayonnomasi. Qayd etib o`tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma`qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. 2-BOB. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASH VA JORIY HISOB KITOBLARNI YURUTISH. 2.1. Tijorat banklarida joriy hisob kitoblarni yuritish tartibi Hozirgi kunda mamlakatimizda banklararo hisob-kitoblarni tashkil etish uchun ikkita alternativ tizim mavjud: MFO tizimi (tarmoqlararo oborotlar) va vakillik bank munosabatlari orqali. 1988 yilda bank tizimini qayta tashkil etishdan oldin, bank muassasalari o'rtasida hisob-kitoblar bitta bank - SSSR Davlat bankining tarmoqlararo aylanma tizimi (MFO) orqali amalga oshirilgan. Mablag'larni o'tkazish mijozlarning hisob-kitob hujjatlari asosida SSSR Davlat bankining bir muassasasidan boshqasiga o'tkazildi. O'tkazma operatsiyalarining to'g'riligi xuddi shu klasterning Davlat banki muassasalari o'rtasida hisob-kitoblarni boshqaruvchi klaster hisoblash markazlari tomonidan tekshirildi va SSSR Davlat bankining turli klasterlardagi muassasalari o'rtasidagi hisob-kitoblar SSSR Davlat bankining Bosh hisoblash markazi tomonidan nazorat qilindi. SSSR Vneshtorgbank SSSR Davlat banki tizimining bir qismi bo'lganligi sababli, SSSR Vneshtorgbank va uning muassasalari hisob-kitoblari SSSR Davlat bankining MFO tizimi orqali amalga oshirildi. Xalq xo'jaligidagi hisob-kitoblarni boshqarish yagona markazdan - SSSR Davlat bankidan amalga oshirildi, SSSR Davlat bankining barcha institutlari qat'iy rioya qilgan yagona metodologiya mavjud edi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funktsiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi: - bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish - banklar xisobotlarini tekshirish ,joylarda tekshirishlar utkazish, - bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish. Bank faoliyatini olib borishga litsenziya ( ruxsat) berish orkali markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniklaydi. Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish, ichki audit xolatiga baxo berish xuquqiga ega. Bunda avvolom bor tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va kimmatbaxo qog’ozlar holati, banklarning likvidliligi va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish utkazishdan asosiy maksad: -bankning moliyaviy xolatiga obektiv baxo berish, -bankni boshkarish sifatiga va uning raxbari faoliyatiga baxo berish,5 -bankning moliyaviy axvolini va uning bagkaradigan operatsiyalarining samaradorligini ta`minlash bo`yicha choralar ishlab chiqish, -bank faoliyatining mavjud konunlar va normativ xujjatlarga muvofik olib borilishini ta`minlash va boshkalardan iborat. Markaziy bank yana tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma bo`yicha bajarilishini nazorat qilib boradi Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. Shu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi. Download 52.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling