Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati Reja: Kirish


Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi


Download 242.5 Kb.
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi242.5 Kb.
#1491190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tijorat banklarining foiz siyosati

Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi.

Bozor mexanizmi rivojlanish sharoitida g‘arb mamlakatlarining tajribasini hisobga olish muhimdir. G‘arbiy mamlakatlar bir vaqtning o‘zida bir qator foiz stavkalarini - fiksirlanagan va suzib yuruvchi foiz stavkalarini qo‘llashadi. Bu odatda bozor kon’yukturasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
G‘arb amaliyotidagi tijorat banklari aktiv va passivlarni foiz stavkalarini tezlik bilan tartibga solish va yangi darajasiga o‘tishdan kelib chiqib 4 ta katgoriyaga bo‘lishadi:

  1. Bozor sharoiti o‘zgargan sharoitda aktiv va passivlar bo‘yicha qo‘llaniladigan tezkor va to‘liq foiz stavkalarini ko‘rib chiqish, ya’ni ko‘rib chiqiladigan aktiv va passivlar;

  2. 3 oy mobaynida to‘liq tartibga solish;

  3. Stavkalar 3 oydan oshgan muddatda ko‘rib chiqiladigan aktiv va passivlar;

  4. To‘liq fiksirlangan foiz stavkali aktiv va passivlar.

Birinchi 2 guruh aktiv va passivlar foiz stavkaning o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘lib ularning o‘zaro munosabati bank foiz riskini baholash shuningdek foiz marjasini o‘zgarishini prognozlash mumkin bo‘ladi. Birinchi 2 ta guruh (1 va 2) aktiv va passivlarning balanslashmaganlik holati g‘arbiy bank adabiyotlarida GEP nomini olgan. Agarfoiz stavkasiga ta’sirchan aktivlar unga mos passivlardan oshsa GEP ijobiy, kam bo‘lsa salbiy GEP bo‘lib hisoblanadi.
Foiz stavkalari o‘zgan vaqtda bank uchun ijobiy GEP ma’qul bo‘lib bunda aktiv va passiv operatsiyalar bo‘yicha stavkalar o‘rtasidagi uzilisho‘sadi, ya’ni bank foiz marjasi o‘sadi.Aksincha foizning bozor darajasi pasayganda,salbiy GEP ushlab turiladi va fiksirlangan foiz stavkali aktivlar foizlar bo‘yicha to‘lovlani tezkor ko‘rib chiqish bilan xarakterlanadigan passivlar hisobiga qo‘llab quvvatlanadi.
Foiz stavkasining makroiqtisodiy darajada harakat qilishdagi asosi bo‘lib bozor jarayonlarining rivojlanishi va kreditga to‘lov miqdorining erkin o‘zgarishi sharoitida xo‘jalikda o‘rtacha foyda normasi hisoblanadi. Foyda normasidan u yoki bu tomonga o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni umumiy va maxsus omillarga bo‘lamiz. Umumiy omillarga qarz mablag‘alariga talab va taklifning o‘zgarishi, Markaziy bank siyosati, pul qadrsizlanishi darajasi.
Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasini aniqlovchi xususiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • Ssuda hajmi va uni qaytarish muddati;

  • Ta’minot va uning xarakteri;

  • Ssuda kapitalining hajmi;

  • Qarz oluvchining kreditga layoqatligi va boshqalar.

Ssuda foizlaridan foydalanish mexanizmi bir tomondan foiz mohiyatini tovar ishlab chiqarish sifatida boshqa tomondan foiz siyosatini oshirish maqsadida aniqlaydi.
Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini ta’minlash va uni optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Ssuda foizining differensiyasi aktiv operatsiyalar bo‘yicha qo‘yilmalar likvidligiga bog‘liq holda bo‘lishi lozim. Milliy iqtisodiyotda bank foizining rolini oshirish, uning bevosita ta’sir doirasini kengaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirishga yordam beradi.
Depozitlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni to‘lash vaqti davri, to‘lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank o‘rtasida kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari baxosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks ettiriladi. Kredit bo‘yicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha bo‘lgan depozit varag‘idan grafik bo‘yicha undirib olinadi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling