Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati Reja: Kirish


Banklarning aktiv va passivlari bo‘yicha foiz siyosatining xorij tajribasi va undan O‘zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlari


Download 242.5 Kb.
bet6/13
Sana16.06.2023
Hajmi242.5 Kb.
#1491190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tijorat banklarining foiz siyosati

Banklarning aktiv va passivlari bo‘yicha foiz siyosatining xorij tajribasi va undan O‘zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish imkoniyatlari

Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida foiz siyosatini shakllantirish bankning jalb qilingan resurslari qiymati, kredit riski darajasi, kredit amaliyoti xarajatlari, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, kreditga bo‘lgan talab va taklif, raqobat kabi omillar tahliliga asoslanadi. Xorijiy mamlakatlarda foiz siyosatining shakllanishi borasidagi orttirilgan tajriba va amaliyotni o‘rganish natijasida mamlakatimiz tijorat banklarida foiz siyosati shakllanishini takomillashtirishda foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilamiz.
Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida foiz siyosatini belgilash turli bosqichlarda va chuqur tahlillar asosida olib boriladi. CHunki foiz siyosatini bunday chuqur tahlil qilishdan asosiy maqsad bank kredit operatsiyalarining samaradorligiga erishish va bankning strategik maqsadlarini amalga oshirish hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlar bank amaliyotida foiz siyosatini belgilashda bir qancha modellar qo‘llaniladi. Bu modellar bank faoliyatining xususiyatlari, kreditlash usullari, mijozlarni toifalarga ajratish va boshqa jihatlari asosida amalga oshiriladi. Biz tadqiqot ishimizda asosan AQSH tijorat banklari amaliyotida foiz siyosatini belgilashda foydalaniladigan metodlar va modellarga to‘xtalib o‘tamiz. Kredit tizimi rivojlangan mamlakatlarda foiz siyosatini belgilashda quyidagi modellardan keng foydalaniladi:

  • «Qiymat plyus» modeli;

  • «Baho etakchiligi» modeli; – «Qiymat – foyda» modeli.

«Qiymat plyus» modeli. Tijorat banklarida foiz siyosati shakllanishining oddiy modeli «Qiymat plyus» bo‘lib, bunda bank tomonidan jalb qilinadigan mablag‘lar va kredit amaliyoti bo‘yicha bankning operatsion xarajatlari hisobga olingan holda foiz siyosati shakllantiriladi. Mazkur model bo‘yicha foiz siyosatining shakllanishida quyidagi komponentlar hisobga olinadi va ularning yig‘indisi sifatida umumiy qiymat aniqlanadi:

  • bank uchun qarz oluvchini kreditlash maqsadida jalb qilingan mablag‘lar qiymati;

  • bank operatsion xarajatlari, shu jumladan kredit boshqarmasi xodimlarining oylik ish haqlari, kreditni rasmiylashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi va kreditni so‘ndirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar;

  • bajarilmasligi mumkin bo‘lgan majburiyatlar riski darajasiga to‘lov (bankning risk ustamasi);

  • kredit bo‘yicha bank marjasi yoki bankning oladigan minimal daromadi.

Buni quyidagi formula orqali ifodalaymiz:

Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling