Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati Reja: Kirish
Kreditlash uchun Bankning Kredit jalb qilingan operatsion risk foiz
Download 242.5 Kb.
|
Tijorat banklarining foiz siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Baho Yetakchiligi» modeli.
Kreditlash uchun Bankning Kredit jalb qilingan operatsion risk foiz
bahosi mablag‘lar xarajatlari ustamasi marjasi qiymati Ko‘rsatilgan komponentlardan har biri kredit summasiga nisbatan yillik foiz shaklida aks ettirilishi mumkin. «Qiymat plyus» modeli oddiyligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Lekin «Qiymat plyus» modelining kamchiliklari sifatida bank o‘z xarajatlarini aniqlash jarayonining texnik jihatdan murakkabligi va boshqa kreditorlar tomonidan taklif qilinadigan foiz stavkalar, ya’ni raqobat omilining hisobga olinmasligi hisoblanadi. Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiga yuqorida keltirib o‘tilgan komponentlarning mos foizlarini qo‘shish orqali keltirib chiqariladi. Masalan, bank o‘z mijozidan 10 mln. so‘mlik kredit buyurtmasini oldi va bazaviy stavka 14 foizni tashkil qildi. Kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish bo‘yicha operatsion xarajatlar tahlil natijasida kredit summasining 2 foizini tashkil qilishi aniqlandi. Kredit boshqarmasi kredit riski bo‘yicha 2-6 % miqdorida ustama o‘rnatilishini belgilib qo‘ygan. Bank esa o‘z foiz marjasini 2 % qilib o‘rnatdi. SHundan kelib chiqib, tijorat banki kreditining bahosi 20 foizni, ya’ni (14%+2%+2%+2%) ni tashkil qilishini ko‘rishimiz mumkin. «Baho Yetakchiligi» modeli. «Qiymat plyus» modelida keltirilgan kamchiliklar foiz siyosatini shakllanishining boshqa bir modelini, ya’ni «Baho etakchiligi» (baho liderligi) modelining paydo bo‘lishiga olib keldi. 1930 yillardagi buyuk depressiya davrida AQSH ning eng yirik banklari «Praym-rayt» (gohida u bazaviy yoki ma’lumot stavkasi deb ataladi) nomi bilan mashhur bo‘lgan kreditlar bo‘yicha unifikatsiyalashgan foiz stavkasini hamda qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha kreditga layoqatliligi yuqori ishonchli mijozlarga taklif qilinadigan eng past stavkani o‘rnatish tartibini joriy etdilar. Hozirgi vaqtda AQSH da «praym-rayt» stavkasi tijorat banklari amaliyotida etakchi stavka bo‘lib, kredit bo‘yicha o‘z stavkalarini doimiy ravishda e’lon qilib boradigan yirik banklarning, ya’ni «pul markazlari» tomonidan e’lon qilinadigan stavkasi hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida ushbu stavka barqaror bo‘lgan, ammo qimmatli qog‘ozlar bozori va inflyasiyaning shiddatli rivojlanishi sharoitida «praym-rayt» suzib yuruvchi stavkasi qo‘llanila boshlandi. Har qanday qarz oluvchiga beriladigan kredit bo‘yicha haqiqatdagi foiz stavka quyidagi formula asosida aniqlanadi: Кс=Бс*У*Рм ; (5) Download 242.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling