Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati Reja: Kirish
Kredit foiz stavkasi Pul bozorida mablag‘ Riskni qoplash va (
Download 242.5 Kb.
|
Tijorat banklarining foiz siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Qiymat–foyda» modeli
Kredit foiz stavkasi Pul bozorida mablag‘ Riskni qoplash va («praym-reyt» dan past) jalb qilish bo‘yicha daromad olish xarajatlar uchun ustama
«Praym-reyt» stavkasidan farqli ravishda past stavkalar amaliyotda keng qo‘llanila boshlandi. Bu foiz stavkalar bankning mablag‘larni jalb qilish borasidagi stavkalariga tenglashib qolgan edi. Ushbu stavkalarning joriy qilinishi «praymreyt» stavkasining bazaviy stavkasi funksiyasini yo‘qolishiga olib keldi. Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlar bank tizimida paydo bo‘lgan, «Baho etakchiligi» modelining yana bir shakli sifatida «kep» deb ataluvchi stavkalar kredit foizlarini aniqlashda qo‘llanilmoqda. Buning mazmuni shundaki, bank mijozga suzib yuruvchi stavkada kredit berganda bazaviy stavkalar o‘zgargan sharoitda ham o‘zgarmaydigan kreditning maksimal foiz stavkasi hisoblanadi. Ammo banklar o‘zlarining kredit shartnomalari bo‘yicha «kep» stavkalarini o‘rnatishda ehtiyot bo‘lishlari lozim. YUqori foiz stavkalarini ushlab turishning uzoq davri, suzib yuruvchi foiz stavkalari bo‘yicha riskning qarz oluvchidan kreditorga o‘tib ketishga olib kelishi mumkin. «Qiymat–foyda» modeli asosida kredit stavkasini o‘rnatish. AQSHda bank amaliyotida tijorat banklarining barcha xarajatlarini va kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan risklarni qoplay oladigan hamda bank uchun etarli daromadni ta’minlaydigan foiz siyosati shakllanishining murakkab modellari ishlab chiqilib amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. SHunday modellardan biri «Qiymat–foyda» modeli hisoblanadi. Bu modelga muvofiq, bank zarur moliyaviy resurslarni jalb qilishi, kreditlash amaliyoti xarajatlarini qoplashi va natijada etarli foydaga erishishi ko‘zda tutiladi. «Qiymat–foyda» modeli nuqtai nazaridan kredit foiz stavkalarini o‘rnatishga yondashuv «mijozning daromadliligi tahlili» nomi bilan mashhur bo‘lgan konsepsiyaning bir yo‘nalishi hisoblanadi. Kredit bahosi qarz oluvchi mijozlarning daromadlarini tahlili asosida shakllantiriladi. Bunda kredit olishga buyurtma bergan mijozlarni o‘rganishda, qarz oluvchi mijozning bank bilan munosabatlarini tahlil qilishga asosiy e’tibor qaratiladi. Tahlil ob’ekti mijozdan keladigan daromadlar hisoblanib, bank mijozidan olinadigan kredit foizlaridan tashqari daromad keltiradigan boshqa manbalar ham tahlil qilinadi. Quyidagi keltirilgan 1.1-rasmda bank kreditlari foiz stavkalarining tarkibiy qismlari keltirilgan. Download 242.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling