Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar Reja: Kirish
Tijorat banklari foiz siyosatini va uning tuzilishi
Download 242 Kb.
|
Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar
Tijorat banklari foiz siyosatini va uning tuzilishi
Tijorat banklari baho siyosati bank xizmatlariga va mahsulotlariga baho o‘rnatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baho siyosati nafaqat bank boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki bank daromadliligini boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi. Tijorat banklarining baho siyosati asosiy yo‘nalishi bu banklarning foiz siyosatidan iborat bo‘ladi. CHunki, banklar aktiv va passivlar bo‘yicha foiz siyosatini amalga oshirish orqali baho belgilanadi. Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamg‘armalari bo‘yicha bank tomonidan to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar birinchilardan olingan mablag‘larni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma’lum vaqtda mablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marja ko‘rinishida ifodalanadi. Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi va uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi hisoblanadi. Bank foiz stavkasiga olimlar turlicha ta’riflar berganlar. Masalan I.O. Lavrushin bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta’kidlaydi. Ssuda foizi esa ssudan vaqtinchalik foydalanishga ssudalashtiriladigan o‘ziga xos narx hisoblanadi. SHunga o‘xshash ta’rifni yana bir olim Tavasiev berib u shunday deydi: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega". Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi. Bank foizining turli xil formalari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi bo‘yicha, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalar. Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi. Bank foizi 2 xil ma’noda foydalaniladi: Bank jalb qilgan mablag‘lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonotlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to‘laydigan qiymatni ifodalashda; Bank joylashtiradigan mablag‘larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun . Boshqacha qilib aytganda bank foizi turli shakllarda : Depozit foizi; Ssudalar bo‘yicha foiz; Banklararo kreditlar bo‘yicha foiz; Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bo‘yicha foizlar. Kredit summasiga muvofiq kelmagan foizning mutloq miqdori hech narsani anglatmaydi. SHu sababdan kredit kelishuvining samaradorligini oydinlashtirish kredit qiymatining u yoki bu ma’qul qiymatni aniqlash uchun nisbiy ko‘rsatkich - foiz normasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi: Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatlaridan kelib chiqib bir turdagi foiz stavkalari (bank va nobank) ning bir necha guruhini ajratish mumkin: Kredit muassasalari o‘rtasidagi qisqa muddatli kredit operatsiyalarida qo‘llaniladigan pul bozori stavkasi; Qayta moliyalashtirish stavkasi; Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi (birlamchi va ikkilamchi bozor) stavkalar; Bank va boshqa kredit muassasalarining nobank tashkilotlariga va jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari. O‘z navbatida yuqoridagi guruhlarning har biri doirasida foiz stavkalarini quyidagicha tavsiflash mumkin: Bitim muddatlari bo‘yicha: Qisqa muddatli; Uzoq muddatli. foiz stavkalarining tuzilishi bo‘yicha: Asosiy (bazaviy); qo‘shimcha, ya’ni asosiy o‘zgarishi natijasida o‘zgaradigan foiz stavkalar. SHakllanish xarakteri bo‘yicha- bozor va tartiblanadigan to‘g‘ri yoki egri (Markaziy bank va boshqa sub’ektlar stavkalari) stavklariga bo‘linadi. Tartiblanadigan stavkalarga qayta moliyalashtirish stavkasi va Markaziy bank shtraf stavkalari kiradi. Foydalanish ko‘lamiga bo‘yicha- hududiy, milliy va halqaro kredit bozorlarida qo‘llaniladigan stavkalar. Kreditdan foydalanish davrida o‘zgarish xarakteriga qarab -fiksirlangan (o‘zgarmas) va suzuvchi (o‘zgaruvchi) stavkalarga ajratiladi. Ssuda foizini belgilar bo‘yicha quyidagicha turga ajratiladi: Kredit shakllari bo‘yicha - tijorat foizi, bank foizi, iste’mol foizi, lizing bitimlari bo‘yicha foiz, davlat krediti bo‘yicha foiz. Kredit muassasalari turi bo‘yicha-Markaziy bank hisob stavkasi, bank foizi, lombard foizi. Investitsiya turi bo‘yicha-oborot mablag‘lariga kredit bo‘yicha foiz, asosiy fondlarga investitsiya bo‘yicha foiz, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya bo‘yicha foiz. Kreditlash muddatlari bo‘yicha foiz. Kredit muassasalarining operatsiya turlari bo‘yicha foiz. Bank foizdan foydalanish mexanizmi o‘zida banklar amalga oshiradigan foiz stavkasi siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi. Mexanizmning alohida elementlari sifatida quyidagilar ajratildadi: Foiz darajasini shakllantirish usullari; Foiz stavkalarining differensiyalash mezonlari bo‘yicha; Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartiblash metodlari bo‘yicha; Foizlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish va undirish tartibi bo‘yicha; Foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi; Kredit muassasalarinng daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o‘rni. Bank foizidan foydalanishning zamonaviy mexanizmi quyidagilar bilan xarakterlanadi: Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari o‘rtasidagi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi. Markaziy bank doimiy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ssuda foiz normasini ma’muriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini o‘zgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning iqtisodiy usullariga o‘tayapti. Ssudalar bo‘yicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib o‘rnatilmoqda, ya’ni ssuda hajmi va uni tugash muddati, ta’minot mavjudligi, mablag‘larni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat bo‘yicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar. Bank passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz bo‘sh pul mablag‘larini vaqtincha omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda. Foizlarning o‘tkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash usulidan foydalaniladi. Xozirgi vaqtda foizlarni to‘lash manbasi kredit qo‘yilmalarining yo‘nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarhiga qo‘shiladi, uzoq muddatli va muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi. Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi hisoblanadi. Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablag‘lar xajmiga nisbatan ifodalaydi. Ssuda kapitalining tannarxi quyidagi formula orqali hsioblanadi: Bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan tarkib topadi: Resurslarni shakllantirish bo‘yicha xarajatlar; Bank faoliyatini ta’minlovchi xarajatlar. Birinchi guruh xarajatlarga- jalb qilinadigan depozitlar (muddatli va talab qilib olingunga qadar depozitlar) ga to‘lovlar, Markaziy bankning resurslariga foiz, banklararo ssudalar bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha va boshqalar. Ikkinchi guruhga boshqa operatsion va bank ma’muriy boshqruv xarajatlari kiradi. Jumladan: Qimmatliklar va hujjatlarni tashish uchun transport ijarasi xarajatlari; Blankalar, magnit lentalar va boshqa narsalarni sotib olish uchun xarajatlar; hisoblarmarkazi xizmatlariga xarajatlar; Amortizatsiya xarajatlari; Bank xodimlariga ish haqi xarajatlari; Binolarni saqlash va ta’mirlash xarajatlari. Amaliyotda ssuda kapitalining tannarxi aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz darajasini aniqlashda ularni bergan vaqtdan boshlab foizlar hisoblash boshlanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlari orqali aniqlanadi. U kreditlash resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Har bir alohida olingan bitimda foiz normasini hisoblashda tijorat banklari quyidagilarni hisobga oladilar: Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu ma’lum davrga ta’minlangan ssudalar bo‘yicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun o‘rnatiladi; Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qo‘shish. Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi: Bazaviy foiz stavka=S1+ S2+ P ; (1) Bu erda: S1 - rejalashtirilayotgan davrga barcha kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi; S2 - bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning joylashtirilayotgan mablag‘lar hajmiga nisbati; P- bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi. Kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi (S1) o‘rtacha tortilgan formula bo‘yicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi. O‘z navbatida alohida bank jalb qilgan resursning o‘rtacha haqiqiy bahosi mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga korrektirovka asosida aniqlanadi: Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlpardan kelib chiqib guruhlanadi: Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi; Ssuda bo‘yicha ta’minot va uning xarakteri; Mijozning bank bilan mustahkam aloqasi; Foizlarni hisoblash usullari; Qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi. Ma’lumki ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi va jalb qilingan mablag‘larga to‘lovlar uning xarajatlari tarkibida muhim o‘rin egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalarpi bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq muhim ma’no kasb etadi. Quyidagicha aniqlanadi: Dp -Rp * 100 % Mfakt = (3) Ad Bunda: Mfakt - foiz marjasining amaldagi hajmi; Dp - foizli daromadlar; Rp -Foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar; Ad- foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi aktivlar. Foiz marjasining tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: Amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish, fomzlar bo‘yicha daromadlarning oshishi yoki kamayishi sur’atlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi; Foiz marjasi komponentlarini o‘zgarishining tahlili daromad (xarajatlarning) larning qaysi kategoriyasi uning umumiy o‘zgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi. Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib kredit qo‘yilmalari va ularning manbalarining hajmi va tarkibi, to‘lovlar muddati qo‘llaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Download 242 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling