Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar Reja: Kirish


Download 242 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi242 Kb.
#1491193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar

Foydalanish ko’lami bo’yicha:


    • hududiy milliy va xalqaro kredit bozorlarida qo’llaniladigan stavkalar. Bank foizidan foydalanish mexanizmi o’zida banklar amalga oshiradigan foiz stavkasi siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi.

Mexanizmning alohida elementlari quyidagilar hisoblanadi:


    • foiz darajasini shakllantirish usullari;

    • foiz stavkalarining differensiyalash mezonlari;

    • Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartibga solish metodlari;

    • foizlar bo’yicha to’lovlarni o’tkazish va undirish tartibi;

    • foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar bilan o’zaro bog’liqligi;

    • kredit muassasalarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o’rni.

    • Kreditning nominal va real foiz stavkalari mavjud. Nominal foiz stavkasi kredit shartnomasida ko’zda tutilgan foiz stavkalari hisoblanadi.

Real foiz stavkasi = nominal foiz stavkasi – inflatsiya darajasi

Foiz Stavka va unga ta’sir etuvchi omillar


      • Foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog’liq holda belgilanadi. Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o’zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflatsiyaning kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi. Kreditlar bo’yicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Ushbu omillarga:

      • Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi;

      • Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati; (talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi)

      • Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naflilik darajasi (ko’proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha)

      • Qarzni to’lash muddati va sharti; (qarz uzoq muddatga berilsa va u asta-sekinlik bilan qaytarilsa qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi va aksincha)

      • Inflatsiya darajasi; (bunda foiz darajasi inflatsiya darajasiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi)

      • Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’lda ishlatishdan tushadigan daromad; (agar aksiya bo’yicha dividend yuqori bo’lsa foiz pasayadi va aksincha)

      • Qarz berishning xatar darajasi; (agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi)

      • Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

      • kredit manbalari;

      • kredit qiymatini tartibga solish bo’yicha xalqaro kelishuvlar;

      • kredit muddati;

      • inflatsiya sur’ati;

      • kreditning tijorat operatsiyalariga bog’liqligi;

      • jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati;

      • kreditning ta’minoti sifati;

      • kredit bo’yicha sug’urta qoplamasining mavjudligi;

        • Qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi;

        • Tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt;

        • Kredit va to’lov valutasi;

        • Valuta kursi dinamikasi;

        • Qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati;

        • loyiha riski xarakteri;

        • Raqobatdagi takliflarning mavjudligi va hk;



1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling