Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar Reja: Kirish


ko’rinishida bo’ladi. Ssuda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan to’lov hamda olingan qarz yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinadigan stavka hisoblanadi


Download 242 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi242 Kb.
#1491193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar

ko’rinishida bo’ladi. Ssuda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun to’lanadigan to’lov hamda olingan qarz yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinadigan stavka hisoblanadi.


Bank muassasalari o’zlarining mablag’larini emas balki, chetdan keladigan mablag’larni ssudaga joylashtiradi.
Bank foizidan 2 xil maqsadda foydalaniladi: bank jalb qilgan mablag’lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisob-varaqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to’laydigan qiymatni ifodalashda; bank joylashtiradigan mablag’larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun;

Foiz stavkalarining turlari


    • Bank foiz stavkasi bu-bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori hisoblanadi.U qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq. Tijorat banklari Markaziy bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan bank foiz stavkasi miqdori foiz stavkalarining butun bir tizimini tashkil etadi. Bank foiz stavkasi qarzning qay tarzda va qanday berilishiga ham bog’liq. Uzoq muddatli qarzning bank foiz stavkasi past, Qisqa muddatlisiniki esa yuqori bo’ladi. Qarz yordam tarzida berilganda bank foiz stavkasi imtiyozli bo’ladi. Bank foiz stavkasining minimal va maksimal darajasi mavjud. Minimal darajadagi bank foiz stavkasi bankning xarajatlarini qoplab, zarar ko’rmasligini ta’minlaydi. Maksimali esa bankka foyda ko’rishni ta’minlashi lozim. Bank omonat(depozit) lar uchun to’laydigan foiz stavkalari ssudadan foydalanganlik uchun belgilangan foiz stavkalaridan past bo’ladi, bu esa banklarning foyda olib ishlashini ta’minlaydi.

    • Olingan mablag’lar bo’yicha va’da qilingan daromadlik stavkasiga foiz stavkasi deyiladi. Olingan mablag’larning turiga ko’ra turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo’yicha foiz stavkasi (mortgage rate) deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo’yicha to’laydi. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa tijorat krediti bo’yicha foiz stavkasi (commercial loan rate) deb ataladi. Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatlaridan kelib chiqib, bir turdagi foiz stavkalarining bir necha guruxini ajratish mumkin:

    • kredit muassasalari o’rtasidagi qisqa muddatli kredit operatsiyalarida qo’llaniladigan pul bozori stavkasi;

    • qayta moliyalashtirish stavkasi;

    • qimmatli qog’ozlar bozoridagi (birlamchi va ikkilamchi bozor) stavkalari;

    • bank va boshqa kredit muassasalarining nobank tashkilotlariga va jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari;

    • Foiz stavkalarini quyidagicha tavsiflash mumkin. Bitim muddatlari bo’yicha:

    • qisqa muddatli va uzoq muddatli.

Download 242 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling