Mavzu: Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari Reja


-jadval Bank auditini rejalashtirish uslubiyatining qiyosiy tahlili [2]


Download 44.51 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi44.51 Kb.
#1625942
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

1-jadval
Bank auditini rejalashtirish uslubiyatining qiyosiy tahlili [2]

Tayyorgarlik ishining davriyligi, muddatlari, muo­lajalari va boshqa o’ziga xosliklari

Xujjatli taftish o’tkazish yuzasidan metodik ko’rsatmalar

Auditorlik faoliyatining standartlari

Ichki auditni rejalashtirish metodikasiga doir takliflar

Rejada kamrab olinadigan davr

Kalendar yili

Shartnomaga muvofiq tekshirish davri

Kalendar yili

Tasodifiylik

Muljallanadi

Muljallanmaydi

Muljallanadi

Rejadan tashkari tekshiruvlar o’tkazish imkoniyati

Nazarda tutiladi

Nazarda
tutilmaydi

Nazarda tutiladi

Avvalgi tekshiruv davri

Aks ettiriladi

Aks ettirilmaydi

Aks ettiriladi

Tanlash muolajasi

Foydalaniladi

Foydalaniladi

Foydalaniladi

Muhimlikni aniqlash muolajalari

Foydalanilmaydi

Foydalaniladi

Qisman foydalaniladi

Auditorlik xavf-xatarini baholash muolajalari

Foydalanilmaydi

Foydalaniladi

Kisman foydalaniladi

Banklar faoliyati samaradorligi ikki yirik guruhga, ya’ni daromadlar va xarajatlar bo’yicha samaradorlikka bo’linadi. Maqolada banklarning mulkchilik shakliga ko’ra xarajatlar bo’yicha samaradorligi o’zgarmas va o’zgaruvchan ko’lam qaytimi asosida ekonometrik baholandi. Xarajatlar bo’yicha samarali bank boshqa banklarga qaraganda omillarga kam xarajat qilib ko’p miqdorda «mahsulot» ishlab chiqara oladi.

2—rasm. Bank xarajatlari tarkibi [3]
Foizli xarajatlar-barcha majburiyatlar bo`yicha to`plangan foiz summasi demakdir. Bizga ma`lumki tijorat banklari kredit resurslari tashkil etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma`lum belgilangan foizlarda pul to`laydilar.
Tijorat banklari bank qarz majburiyatlari bo`yicha foizlar to`laydilar, shu jumladan, qimmatli qog`ozlarining sotuv narxi bilan nominal qiymati orasidagi salbiy tafovut bo`lganida, ba`zi bir keltirilgan, lekin to`lanmagan foizlarni to`lashda banklarda foizli xarajatlar yuzaga keladi.

Banklar foizli xarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq operatsiyalardir. Banklar, eng avvalo, Markaziy bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olingan kreditlar uchun to`lanadigan qarz- foizli xarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar (hisobot yiliga nisbatan) hisobiga to`lagan foizlar va vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda bank mijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini qaytarishi bilan foizli xarajatlar qiladi. Foizli xarajatlar hisobvaraqlar rejasining 50100-54904 hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Bu xarajat turi asosan 5 katta qismga ajratiladi. Ular foiz ko`rinishida to`lanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismini depozit operasiyalari bo`yicha xarajatlar tashkil qiladi.


Banklarning operatsion xarajatlarining tarkibi bankning tashkiliy shaklidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Odatda xususiy banklarda operatsion xarajatlar salmog`i yuqori bo`ladi, sababi xususiy banklar ish haqi fondini yuqoriroq qilishga o`z e`tiborini qaratadilar. Banklarning resurs yig`ish bilan bog`liq operatsiyalarining asosiy qismini depozit operatsiyalari tashkil qiladi. Foizli xarajatlar tarkibida ham depozitlarga to`lanadigan foizli xarajatlar yuqori salmoqqa ega. Auditorlik tekshiruvlari moliyaviy hisobotlar bilan bog`liq ekan, demak banklarning moliyaviy hisobotlariga to`xtalib o`tishimiz zarur.
Mamlakatimizda audit atamasi 1988 yillarga kelib kirib keldi. Auditning asosiy zaruriyati bu aksionerlar tomonidan boshqaruvning to`g`ri ishlayotganini tekshirishdir. Banklar boshqaruvida ichki audit xizmatining o`rnini quyidagi chizma yaqqol tasvirlaydi(3-rasm).


Download 44.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling