Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja


Plastik kartochkalarning to‘lov tizimidagi o‘rni


Download 269.47 Kb.
bet7/14
Sana13.04.2023
Hajmi269.47 Kb.
#1355701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Yangi xizmat turlari

Plastik kartochkalarning to‘lov tizimidagi o‘rni.
O‘zbekistonda 2000 yildan boshlab hisob-kitob qilishning plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz to‘lov tizimi sifatida mikrochipli smart-kartochkalar uchun tuzilgan “DUET” dasturiy ta’minoti tanlangan. “DUET” dasturi “offline” tartibida qo‘llaniladigan mikrochipli smart-kartochkalar orqali naqd pulsiz to‘lov tizimi dasturi hisoblanib, o‘zining bir qator qulayliklariga ega.Bu dastur tanlanishidan maqsad, mijozlarga taklif qilinadigan plastik katrochkalardan foydalanish, qulay va xavfsiz bo‘lganligi, yuqori kommunikatsion texnologiya talab qilmasligi, hattoki, bank filialidan uzoq bo‘lgan qishloq joylarida ham plastik kartochka egalari tomonidan to‘lovlarni hech qanday to‘siqsiz amalga oshirishlari mumkin.Hozirda mamlakatimizning 18 ta tijorat banklari bu tizimda faoliyat yuritmoqdalar.Plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002 yil yanvar oyida qabul qilingan 60-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra amalgaoshiriladi. Banklarning korporativ kartochkalaridan foydalanish tartibi “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartochkalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005 yil 12-martdagi 602-sonli Nizomiga asoslab berilgan.
Korporativ bank kartochkalarining emissiyasi “Tijorat banklari tomonidan bank kartochkalarini chiqarish va ularni O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 565-sonli Nizomiga muvofiq olib boriladi.
Plastik kartochkalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
- tomonlarning nomlari;
- shartnoma mavzusi;
- tomonlarning huquq va majburiyatlari;
- tomonlarning javobgarligi;
- hisob-kitoblarni o‘tkazish shartlari;
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
- nizolarni hal qilish tartibi;
- tomonlarning yuridik manzili.
Kartochkani to‘lov vositasi sifatida foydalanishga tayyorlashda quyidagi majburiy rekvizitlar yozilgan bo‘lishi lozim:
- identifikatsiya ma’lumotlari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar);
- emitent bank kodi;
- kartochka egasining familiya, ismi va sharifi va hisobvaraq raqami;
- kartochkaning amal qilish muddati.

Download 269.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling