Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja
Plastik kartochkalar va ularni qo‘llash zaruriyati
Download 269.47 Kb.
|
Yangi xizmat turlari
Plastik kartochkalar va ularni qo‘llash zaruriyati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi mamlakatimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarini to‘liq qaror toptirishdan iborat. Iqtisodiy munosabatlarning shakllanishida bozor iqtisodiyoti talablariga mos bo‘lgan zamonaviy to‘lov tizimini yaratish lozim. To‘lov tizimini ishlash samaradorligini oshirish uchun samarali to‘lov instrumentlaridan foydalanish zarur. O‘zbekistonda to‘lov instrumentlaridan, shu jumladan, plastik kartochkani muomalaga kiritish nafaqat banklar darajasida, balki davlat darajasida ko‘rilmoqda. O‘zbekiston bank tizimiga yangi texnologiya va yangi mahsulotlarni kiritish bu-xizmat turini takomillashishigagina emas, balki axborot bazasini unumli boshqarish, aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishdan ham iboratdir.Plastik kartochkalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish g‘oyasi 19-asrning oxirida Angliyada paydo bo‘lgan, xususan kredit kartochkalari to‘g‘risidagi g‘oyalarni Jeyms Bellami o‘zining “Ortga nazar” (1880 y) kitobida yoritgan.Amaliyotda esa kartochkalardan AQSH da birinchi bo‘lib foydalanila boshlangan.Dastlabki kredit kartochkalari 1914 yilda General Petroleum Corporation of California (hozirda Mobil Oil) tomonidan chiqarilgan.Plastik kartochka bu-umumlashtirilgan termin bo‘lib, u hamma tur kartochkalarini bajaradigan funksiyalari, ularning biror bir belgilanishi, texnik imkoniyatlarini umumlashtirgan bir holatdir. Hamma turdagi kartochkalarning asosiy hususiyati shundaki, bunda alohida axborot jamlamasi va alohida yordamchi dasturlardan foydalaniladi. Plastik kartochkalar o‘z xususiyatlari va funksiyalariga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Ishlab chiqarilgan materialiga qarab: - kartonli; - plastik; - metalli. 2.Kartochkaga axborotlarni yozilishiga qarab: - grafikli; - embostirlangan; - shtrix-kodli; - magnit yo‘lakchili; - chipli; - lazer yozuvli (optik kartochkalar). 3. Umumiy belgisiga qarab: - identifikatsiyalashgan; - axborotli; - moliyaviy operatsiya uchun. 4. Emitentlari bo‘yicha: - bank kartochkalari; - xususiy kartalar. 5. Emitent belgilaydigan mijozlar turiga qarab: - oddiy kartochka; - kumush kartochka; - oltin kartochka; - elektron kartochka. 6. O‘zbekiston Respublikasida aloqadorligi bo‘yicha: - shaxsiy; - oilaviy; - korporativ. 7. Harakatlanish rejimiga ko‘ra plastik kartochkalar: - debet kartochkalar; - kredit kartochkalar. 1993 yilda TIF Milliy banki moliya instituti to‘lov assotsiatsiyasi VISA INTERNATIONALga to‘la qonli a’zo bo‘lib,5000 ga yaqin VISA CLASSIC shaxsiy va korporativ debet kartochkalarini muomalaga chiqardi. VISA plastik kartochkalarini rivojlantirish maqsadida, 1994 yil 26-mayda 268-sonli Vazirlar Mahkamasining ”Muomalaga VISA debet va kredit kartochkalarining chiqarilishini tezlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.American Express bilan esa, mahalliy savdo servis korxonalarini kompaniya plastik kartochkalar yuzasidan xizmat ko‘rsatishga jalb etish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Download 269.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling