Mavzu: Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rnini tashkil qilish texnologiyasi Reja


Download 188.25 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi188.25 Kb.
#161941
Bog'liq
1-мавзу


Mavzu: Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rnini tashkil qilish texnologiyasi

Reja:

  1. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o'mini tashkil qilish.

  2. Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari

Tikuvchilik ustaxonalarida ish o’rnini tashkil qilish

Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quruq va ozoda bo'lishi kerak. Devor va mebellaming rangi katta gigiyenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan yaxshi yoritilgan bo'lishi kerak.

Ustaxonalar ikki kishilik tukuv stollari, yozuv taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo'l ishlarini bajarish uchun ish stollari, bichish stollari va manekenlar bilan jihozlanadi.

O'tirish uchun imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar qo'yiladi.

Tikuv ustaxonasida kuzgi va qishki kiyim ilgichlar bilan jihozlangan kiyim qo'yish xonasi bo'lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab-isitib ishlov berish uchun dazmol, dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi.

Asbob-uskunalar, jihozlar, ko'rgazmali qo'llanmalar, ish namunalari maxsus shkaflarda saqlanadi.

Ustaxonada birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori- darmonlar bilan ta’minlangan dori qutichasi bo'lishi zarur.

Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko‘rsatmalar ko‘ririadigan joylarga osib qo‘yiladi.

Tikuv ustaxonasining ichJki tartib -qoidalari.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari.

Mehnat, hunar haqida hikmatli so'zlar.

Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan javon.

Ish namunalari boiishi shart.

Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish, xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda bajarilganda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga, mehnatga to‘gri munosabatni va mehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi.

Mashinada bajariladigan ish o‘mi, ish stoli va uning qopqog‘i yog‘iga o‘matilgan mashina bosh qismi bilan jihozlangan. Ish stolini ikkita tayanch ushlab turadi.

Tikuvchining mashina oldida to‘g‘ri o‘tirishi, ish usullarini o'zlashtirib olishi mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi. Tikuvchining gavdasi oldinga sal engashib turishi kerak. Tikilayotgan buyum tikuvchining ko‘zidan 30-40 sm nari turishi, tikuvchining tirsaklari esa stol qopqog‘i bilan bir xil balandlikda bo‘lishi kerak. Stulning balandligini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Odatda, o‘tirg‘ich balandligini rostlash mumkin boTgan burama stullar ishlatiladi. Tikuvchi mashina bosh qismining ro‘parasida o‘tirishi, lining ikkala oyog£i pedal ustida turishi lozim. 0‘ng oyoq kaftini sal oldinroq qo‘yish kerak, bunda mashinani asosan o‘ng oyoqda yurgizib, chap oyoqda to‘xtatiladi. Zo‘riqish ham ikki oyoqqa bir xilda taqsimlanib, mashinada ishlash birmuncha osonlashadi. Tikilayotganda tepkini ko‘tarish uchirn tizza richagi bosiladi, u o‘ng oyoq tizzasi balandligida boiishi kerak.












1- rasm. Mashinada bajariladigan ishlar uchun ish oinini tashkil etish


Mashinada bajariladigan ishlar uchun moijallangan ish o‘mi individual elektr yuritmali stol, o‘rindig‘i rostlanadigan vintli stul bilan jihozlanadi. Stolga tikuv mashinasining bosh qismi o‘matiladi, zarur asbob uskunalar qo‘yiladi.

Ish o‘mida alohida yoritgich tarzidagi yoki mashina korpusiga o‘rnatilgan mahalliy chiroq bo‘lishi lozim. Tepkini oyoq bilan ko‘tarish uchun stol qopqogi tagiga tirsakli richag o‘matiladi. Stol sirti silliq boiishi kerak. Naychaga ip o‘rash uchun stolga maxsus jihoz mahkamlanadi.



Stolda ishlov beriladigan detallar hamda mazkur texnologik operatsiyani bajarish uchun zarur boigan asbob, moslamalargina turadi. Ish oxirida ish o'rniniyaxshilab tozalash, ishlayotgan detallami shkafga qo‘yish, asbob va moslamalarni stol tortmasiga solish kerak. Ish oini to‘g‘ri tashkil qilinganda mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot sifati yaxshilanadi.






2-rasm. Tikuvchilik ustaxonalarida ish o'rinlari

Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari

Xavfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.

Tikuvchilik darslarida mashinalami, dazmollar va qo‘1 asboblarini ishlatayotganda qo£lga igna kirib ketishi, qo‘lni nimadir kesib olishi, mashinalaming aylanib turadigan qismlari kiyim yoki soclmi o'rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi natijasida o£quvchilardan birontasi jarohatlanib qolishi mumkin.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalaming oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikda o‘quvchilar uchun bu qo'ldalar asosan ikki guruhga bo'linadi:

Qo‘l va mashina operatsiyalarda ishlovchilar quyidagilarga ioya qilishi kerak:

-mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi Ickshirib turiladi. Ish boshlashdan oldin ish o‘mi saranjomlab olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich, tasma to‘sig‘i mashinani ishga tushirish joylarida izolyatsiya g‘iloflari bor yo‘qligi tekshiriladi va hokazo;

-elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda (|isqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromantyorga xabar berish, ochilib qolgan simlarga qo‘1 tcgizmaslik kerak;

-narsalami ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas; -elektr dvigatelini o£chirmasdan mashinaga moy surish, uni lozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi;

-ish o‘mida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak;

-ish 0‘rmlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo'ymaslik kerak.

Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak:

-elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirib ko‘rilishi kerak.



-dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘1 tekizish mumkin emas;

-dazmolning sozligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo‘Isa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilganday bo‘ladi); ishlayotganda shnur dazmolga tegib tunnasligi kerak.
Download 188.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling