Mavzu: Til ijtimoiy, doim o`zgarib rivojlanib turuvchi hodisadir. O`zbek tili – O`zbekiston Respublikasining Davlat tili ekanligi. Reja
Download 62.83 Kb.
|
O`zbek tili – O`zbekiston Respublikasining Davlat tili ekanligi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agglutinativ tillar
- Akkumulyatsiya
- Analitik tillar
GLOSSARIY.
Glossariy – izoxlab (Izoxli) yoki boshqa tilga, tarjima (Tarjima) qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. Glossariy alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili daryoliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izoqi ilova qilinadi. Agglutinativ tillar – soʻz yasalishi va forma yasalishi agglyutinatsiya (q.) yoʻli bilan boʻladigan tillar. Mas., turkiy tillar, fin-ugor tillari agglyutinativ tillarga kiradi. Agglyutinatsiya – ( lot. agglutinare –yopishtirmoq) soʻzning oʻzak yoki asosini oʻzgartmagan holda (ichki fleksiyasiz) unga standart affikslarni qoʻshish bilan soʻz yasalishi va forma yasalishi. Akkumulyatsiya – biror tilda aktiv ishlatiladigan soʻz, ibora va sh.k. ta’sirida xuddi shunday soʻzlarning boshqa tilda ham faol ishlatila boshlashi. Amorf tillar – (grek. amorphous – inkor prefiksi + morphe – shakl) affikslarga ega boʻlmagan, soʻzlar orasidagi grammatik aloqalar bitishuv yoʻli bilan yoki yordamchi soʻzlar vositasida ifodalanadigan tillar. M.: xitoy tili. Analitik tillar – grammatik ma’nolar shakl yasovchi affikslar yordamida emas, balki yordamchi soʻzlar, soʻz tartibi, intonatsiya yordamida ifodalanadigan tillar. Masalan, ingliz, fransuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga kiradi. Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tili – davlat e’tibor kuchaygi, ona tilimizning 1989 yil 21 oktabrda O’zbekiston Oliy kengashining XI sessiyasida O’zbekiston Respublikasining”Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun mustaqillikkaarafasida turgan davlatimiz hayotida unutilmas voqea bo’lib tarixga kirdi.1990 yil 19 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kengashining 101-sonli qarori bilan ushbu qonunni amalga oshirish bo’yicha davlat dasturi tasdiqlandi. Shu boisdan davlat dasturida ”Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul etilgan kun “Ona tili kuni” deb e’lon qilindi/ (1-qism, 7-modda).Ushbu davlat tili haqidagi qonunning asl mohiyati: 1. Qonun 30moddadan iborat bo’lib, avval o’zbek tilining qadr-qimmatini, huquqini, o’rnini tiklaydi.Qonunning 1-moddasida “O’zbekiston Respublikasining davlat tili- o’zbek tilidir” deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga O’zbekiston o’zbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qilinishini ta’minlaydi, deb uqtiriladi (1-modda). 2. O’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulkidir va shu boisdan uning ravnaqi, qo’llanishi va muhofazasini ta’minlashga oid barcha masalalar O’zbekiston Respublikasining huquqiy doirasiga kirishi ijtimoiy mavqei kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqei kengaydi. U o’zining “Xamsa”,“Xazoin ul-maoniy”,“Muhokamatullug’atayn” kabi qator o’lmas asarlarini shu tilde yaratdi. Sulton Husayn homiylik qilib, A. Navoiyning busohadagi ishlarni qo’llab-quvvatlagan hamda mahsus farmon bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomini bergan edi.O’tgan besh asrdan ko’proq davrda o’zbek tilining ahamiyati kamaygani yo’q. ammo yetmish yillik mustabid tuzumining siyosati sababli o’zbek tilining ish ko’rish doirasi chegaralanib qoldi va ahamiyati pasayib ketgan edi. Xalqimizning doim mustaqil bo’lish, erkin yashash yo’lida kurashib keldi va Cho’pon, Fitrat, A.Qodiriy, A. Avloniy,G’. G’ulom,Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor kabi siymolar adabiy tilimizning ravnaqi yo’lida tinmay ijod qildilar. Bu kurashlar samarasiz ketmadi. (2-modda).3. O’zbekiston Respublikasiningbarcha korxona, muassasa, tashkilotlarida ish respublika davlat tilida olib oriladi ( 7-modda), bu esa xalqimiz uchun yengilliklar yaratadi. O’zbekiston Respublikasining” Davlat tili haqida”gi Qonuning yangi tahriri ishlab chiqildi va amalda qo’llash uchun joriy etildi.Yangi tahrirdagi Qonun 24 bobdan iborat bo’lib, unga mustaqillik ruhi bilan sug’orilgan bir qancha o’zgarishlar kiritildi.Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tili davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’g’risida g’amxo’rlik qilib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.1993 yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi vatanimizning ma’naviy- madaniy hayotida jahonshumul ahamiyati kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24- avgustda tasdiqlandi. Davr taqozosi bilan ”Davlat tili haqida”gi Qonunga ham ayrim o’zgarishlar kiritildi va 1995 yilning 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirda”Davlat tili haqida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo’lib, uning 1-moddasida asosiy bo’lgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida yozilganidek “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozib qo’yilgan. Davlat tilini o’rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglangan majburiyatga aylanib bormoqda. O’zbek tilida to’g’ri, ifodali so’zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to’g’risida tinmay g’amho’rlik qilish, uning is’temol doirasini kengaytirish davlatimiz fuqorolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh va o’quvchi o’z ona tilidagiso’z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So’z fikrqurolidir, kishi qanchalik ko’p so’z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.1993 yil 2-sentabrda bo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qaror qabul qildi. 1995 yil 6-7 mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o’zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidentiimzo chekdi.1996-1997 o’quv yilidan maktabning 1-sinfi yangi alifboni o’rgana boshladi. Yangi o’zbek alifbosiga o’tish 2005 yil 1-sentabrda tugallanishi ko’rsatilgan. Keyinchalik bu 2010-tilgacha uzaytirildi. Download 62.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling