Alifbo. Nutq tovushi til uchun moddiy baza sanaladi. Chunki inson tili tovush tilidir. Tildagi so’z, ibora, gap, umuman, nutq ana shu tovushi esa tovush paychasining tebranishidan hosil bo’ladi. Nutq tovushi-ijtimoiy hodisa. U faqat insoniyatga xos.
Harf nutq tovushining yozuvdagi aksi, tasviri. Shuning uchun har bir tilde shu tilning tovushiga qarab olinadi. Bir tovushga bir harfni to’g’ri keltirishga harakat qilinadi.Harfni xotirada yaxshi saqlash va lug’at tuzishda ma’lum izchillikka amal qilish maqsadida u muayyan tartibda joylashtiriladi.
Muayyantartibda joylashtirilgan harf tizimi alifbo deyiladi. So’z alifbo tartibda joylashtirish amaliy ahamiyatga ega, jumladan, lug’at, kutubxona kartotekasi, kishi familiyasi ro’yxatini tuzishda zarur.
Lotin grafikasiga asoslangan yangi o’zbek alifbosi quyidagi harfni o’z ichiga oladi: a, b, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, o, p, q, r, s, t, u ,v, x, y, z, o’,g’, sh, ch, ng.
Har bir unli tovush alohida-alohida harf orqali ifodalanadi. Undoshda bir tovushni ikki harf orqali ifodalash ham uchraydi:sh,ch,ngkabi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 2-sentabrda tasdiqlanganLotin yozuviga asoslangan yangio’zbek alifbosida 29 harf va bir belgi (tutuq) bor.
Mavzu bo’yicha test savollari.
1.Talaffuz jarayonida so‘z tarkibidagi tovushlar turli o‘zgarishlarga uchrashi nima deyiladi?
fonetik tovush o‘zgarishlari
fonetiuk harf o`zgarishlari
tovush o`zgarishlari
harf o`zgarishlari
2. Fonetik tovush o`zgarishlariga nimalar kiradi?
A. Tovush ortishi B. Tovush tushishu
C.Tovush almashinishi
D.Tovush tushishi, tovush ortishi, tovush almashinishi .
3.SINGLIMso`zida qanday tovush o`zgarish hodisasi ro`y bergan?
A. 2-bo`g`inda tovush tushishi
B. 2-bo`g`inda tovush almashinish
C. 1-bo`g`inda tovush almashinishi
D. Hech qanday tovush almashiunishi hodisasi ro`y bermagan
Do'stlaringiz bilan baham: |