Mavzu: Tilning ijtimoiy funksiyalari
Download 31.5 Kb.
|
ijtimoiy
Mavzu: Tilning ijtimoiy funksiyalari Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qats etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda, til-tafakkurning borliq shakli. Til milliy madaniyat shakli sifatida tafakkurning mevalari va madaniy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi. Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog’liq holda mavjud, Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilde qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamishabiror-bir fikrdan iborat bo’lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo’ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug’diradi. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasibilimlar, nainki qayd etiladi va saqlanadi, balki avloddan-avlodga ham yetkaziladi. Til millat ruhining ko’zgusidir. Tilda millatning bor-yog’i, o’y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg'ulari aks retadi. Tildagi har bir so’z, uning har bir shakli inson tafakkur va tuyg’usining natijasidir, uning yordamida bu tafakkur va tuyg’ular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalanadi.Ona tiliga hurmat va uning bebaho so’z xazinasidan o’rinli foydalanish, til vositasida ravshan va ta’sirchan so’zlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo’lgan har bir shaxsning burchidir. Tilning birinchi ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo’lgan bilim ommalashib, uning ko’pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug’iladi. Bundan tashqariri, til tufayli bilim avloddan-avlodga og’zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o’tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiriladi. Til ilm olishda zamon va makon g’ovini o’rtadan ko’taradi. Til tufayli eng qadimgi malumotlarga ega bo’lamiz, hattokelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo’lmaydigan narsalarni ham o’rganamiz. Ko’rinishi, shakli bir xil bo’lgan narsalarning aksi ongimizga o’rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so’z shaklida o’zlashtiramiz. Xuddi shunindek, mavjudotning ko’rinmas ichki jihatlarini ham so’z shaklida o’zlashtiramiz va til vositasi bilan o’zgalarga tushuntiramiz. Tilni o’rganish va o’rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So’z yordamida biz mavjudotni o’rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o’rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug’diradi. Insonning eng asosiy boshqa jonzotdan farqlab turuvchi belgisi – ong va tilga egaligi.Til faqat insonga va jamiyatga xos bo’lgan hodisa. U bir kishi tomonidan emas balki kishilik jamiyati tomonidan uzoq davr mobaynida yaratilgan. Shuningdek,til ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa sanaladi. Til –yaxlit bir butunlik. Borliqdagi barcha narsa qismdan tashkil topganliga kabi til ham gap, so’z birikmasi hosil qilish va so’z yasash qolipi, so’z, qo’shimcha va tovushdan iborat. Ana shu qismlar bir-biri bilan turli qonun-qoida, tartib asosida birikib butunlikni, ya’ni tilni hosil qiladi. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling