Mavzu: Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari 21. 03-guruh magistranti Mamasoliyeva Nozimaning tayyorlagan taqdimoti


О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi


Download 95.51 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2022
Hajmi95.51 Kb.
#1006991
1   2   3
Bog'liq
Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari

О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi

  • О‘zbek tili sintaksisini sistemaviy о‘rganishga jiddiy e’tibor berildi. О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi ikki yо‘nalishda olib borildi:
  • formal-semantik
  • formal –funksional.
  • Har ikki yо‘nalish ham о‘zbek tilining ichki tuzilishini obyektiv о‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Formal-semantik yо‘nalish

  • Birinchi yо‘nalish bо‘yicha N. Mahmudov va A. Nurmonovlarning “О‘zbek tilning mazmuniy sintaksisi” (Toshkent: Fan, 1992), “О‘zbek tilining nazariy grammatikasi Sintaksis” (Toshkent 1995), S. Mahammatqulovning “О‘zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” (Toshkent 1998) kabi asarlari, M. Hakimovning matn pragmatikasi talqiniga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini misol qilishimiz mumkin.

Formal –funksional yо‘nalish

  • ikkinchi yо‘nalish bо‘yicha R. Sayfullayevaning qо‘shma gaplarning formal- funksional talqiniga doir qator tadqiqotlari, M. Qurbonovaning “О‘zbek tilida formal-funksional yо‘nalish va sodda gap qurilishining talqini ”mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi va boshqa bir qator nomzodlik dissertatsiyalari maydonga keldi. Bu tadqiqotlar о‘zbek tilshunosligini yangi pog‘onaga olib chiqdi.
  • Har ikki yо‘nalish tarafdorlarining umumiy tomonlari shundaki, ularning barchasi tilning sistemaviyligi tamoyiliga asoslanadi.

Har ikki yо‘nalishning umumiy jihatlari va farqi

  • Har ikki yо‘nalish tarafdorlari gapning konstruktiv markaziy birligi sifatida kesimni e’tirof etadi. Gapning boshqa uzvlari shu markaziy bо‘lakning mazmuniy va grammatik valentliklari asosida belgilanadi.
  • Har ikki yо‘nalish sintaktik modellar va ularning nutqiy jarayondagi turlicha gavdalanishi о‘rtasidagi munosabatlarni yoritishga e’tibor beradi.
  • Bu ikki yо‘nalish о‘rtasidagi farq faqat mazmun munosabatdadir. Birinchi yо‘nalish tarafdorlari shakl va mazmun munosabatiga jiddiy e’tibor qaratsa, ikkinchi yо‘nalish vakillari lingvistik birliklarning shakl va vazifasiga kо‘proq diqqatni jalb etadi.

Download 95.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling