- har bir ja g ‘ suyagida oltitadan bo‘ladi. Birinchi katta oziq tishlari kattaroq bo‘ladi. Katta oziq tishlarining chaynov yuzalari to‘rt burchak shaklida bo‘lib, uch va undan ortiq bo‘rtiq bo’ladi. Yuqori ja g ‘dajoylashgan katta oziq tishlarda uchta ildiz bo‘ladi. Ularning ikkitasi lunj tarafda, bittasi tanglay tarafda joylashadi. Lunj tarafdagi ildizlarning o ‘rtaga yaqin ildizi radix mesiobuccalis, distal ildizi radix distalis va tanglay sohasidagi ildizi radix palatinalis deyiladi. Pastki ja g ‘da joylashgan katta oziq tishlarda ikkitadan ildiz bo ‘ladi. Bu ildizlar medial (oldingi) va distal (orqa) sohalarda joylashadi va shu sababdan radix mesialis va radix distalis deb nomlanadi.
- Har bir ja g ‘ suyagidagi oxirgi katta oziq tishlar juda kech chiqqanligidan, bu tishlam i «aql» tishi - dens serotinus deb ataladi. Tishlaming yon yuzalari o ‘zaro tegib turadi. Lekin ulam ing orasida tirqishlar hosil bo‘lishi mumkin va bu tirqish diastema deyiladi.
- Tishlar chiqish muddatiga va tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo ‘linadi: vaqtincha, tushib ketadigan sut tishlar - dentes decidua (dentes lactei) va doimiy tishlar - dentes permanentes. Vaqtincha tishlar doimiy tishlar bilan almashmaguncha saqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |