Mavzu. Tizim interfeyslari va shinalarni tashkil etilishi


Download 24.85 Kb.
bet1/8
Sana25.04.2023
Hajmi24.85 Kb.
#1398091
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu. Tizim interfeyslari va shinalarni tashkil etilishi-fayllar.org


Mavzu. Tizim interfeyslari va shinalarni tashkil etilishi

18-19-Mavzu. Tizim interfeyslari va shinalarni tashkil etilishi.

Reja
Interfeys tushunchasi.


Interfeysning klassifikatsiyasi
Ichki interfeyslar (shinalar)
Interfeys – bu tizim yoki tizim qismlarini (dastur yoki qurilmalar) birlashtirish uchun mo’ljallangan apparat va dasturiy ta’minotdir (ulanish elementlari va yordamchi boshqaruv sxemalar, ularning fizikaviy, elektr va mantiqiy parametrlari). Birlashtirish quyidagi funksiyalarni anglatadi:

  • Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish;

  • Uzatilayotgan ma’lumotlarni boshqarish;

  • Ma’lumotlar manbasini va qabul qiluvchini moslashtirish.

Boshqacha aytganda, avtomatlashtirilgan tizim qurilmalarining bir-biri bilan aloqasi interfeyslar deb ataladigan birlashtirish vositalari yordamida amalga oshiriladi.


Interfeys o’zida qurilmalar o’rtasida ma’lumot tashish uchun mo’ljallangan liniyalar (chiziqlar) va shinalar, signallar, elektron sxemalar va algoritmlar (bayonnomalar) to’plamini tavsiflaydi.
O’zlarining funksional maqsadlariga muvofiq interfeyslarni quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:

Interfeysning ba’zi tushunchalari

Kanal – bu ma’lum signallar ko’rinishida aniqlangan ma’lumotlarni uzatish muhiti. Kanal signallarning fizik xususiyatiga (tok, kuchlanish, radiosignal, optik signal va boshqalar) bog’liq ravishda u yoki bu vositalar yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter interfeysi elektr signallari (impluslar va potensiallar) yordamida ma’lumotlarni uzatish kanali hisoblanadi.

Interfeys liniyasi – bu elektr o’tkazgich (sim, chop qilingan montaj liniyasi, plata ulagich razyomi) bo’lib, u orqali signal o’tadi. Differensial signalni tavsiflashda liniya ikkita o’tkazgichni o’z ichiga oladi.


Download 24.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling