O’z xususiyatlari va xarakteristikalariga ega bo’lgan turli xil maqsadlar uchun ko’plab standart kompyuter interfeyslari mavjud. Ularni turli mezonlarga ko’ra sinflashtirish mumkin. 1. Ma’lumotlarni uzatish usullari bo’yicha. a) Parallel – bitlarning hammasini yoki bir qismini bir vaqtda sinxron uzatish, masalan, bayt, so’z, kod. Ma’lumotlar shinasi bir vaqtda uzatilayotgan bitlar qancha bo’lsa, shuncha liniyalarga ega. b) Ketma-ket – ma’lumotlar bitlarini ketma-ket, sinxron uzatish. Ma’lumotlar uchun faqat bitta liniya talab etiladi. Ketma-ket interfeyslar parallelga qaraganda sodda va arzon. Ketma-ket interfeyslarning ishlashini yaxshilash uchun bir nechta ketma-ket kanallar orqali so’z razriyadlar guruhini bir vaqtda, parallel uzatilishi qo’llaniladi. 2. Almashishni tashkillashtirish bo’yicha. 2. Almashishni tashkillashtirish bo’yicha. a) Simpleks (oddiy) – bir tomonlama uzatish. b) Yarim dupleks – ikki tomonlama uzatish, lekin hat xil vaqtda, bir xil liniyalar bo’yicha uzatish. d) Dupleks – bir vaqtning o’zida ikki tomonlama uzatish. Har bir yo’nalish o’z liniyalarini talab qiladi. 3. Sinxronlashtirish usuli bo’yicha. a) Sinxron – interfeysning barcha signallari sinxron impluslar fronti bo’yicha o’zgartiriladi. b) Asinxron – signallar sinxron impluslar ichki taktida o’zgartirilisshi mumkin, ammo faqat ularning frontlari bo’yicha emas. 3. Interfeys arxitekturasining dasturiy ta’minoti. 3. Interfeys arxitekturasining dasturiy ta’minoti. 1. Parallel interfeys: a) uch shinali – ma’lumotlar shinasi, adreslar shinasi, boshqaruv shinasi, b) ikki shinali – adres/ma’lumotlar shinasi, boshqaruv shinasi. Ikki shinali oddiy, lekin unchalik samarali emas. 2. Ketma-ket interfeys:
Do'stlaringiz bilan baham: |