Mavzu: Tojik kovragi o’simligining bioekologiyasi va urug’chiligi (Ferula) Reja


Smola olish usullari va muddatlari


Download 1.3 Mb.
bet6/9
Sana14.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1003443
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tojik kovragi o’simligining bioekologiyasi va urug’chilig

Smola olish usullari va muddatlari
Kovrak ildizidan smola olish may oyidan boshlanib kuzgacha davom etadi, shuning uchun ham smola olish davrlari bahor va yoz fasllari davrlariga bo‘linadi.Bahorgi bosqich bu tayyorgarlik ko‘rish davri hisoblanada. Bu bosqichda yelim-smola tayyorlanadigan maydon belgilanib, kovrakni umumiy zahirasi aniqlanadi va yelim-smola olinadigan o‘simliklar belgilanib chiqiladi. Kovrak, eslatib o‘tganimizdek, monrokarp o‘simlik bo‘lganligi uchun barcha tupida poyasi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘simlikning ildizini poya va yer ustki barglardan tozalab, smola olishga tayorlash lozim. Buning uchun, kovrak ildizi atrofini 5 -10 sm chuqurlikda va 20-25 sm kenglikda kovlab, ildizning tepa qismi ochiladi, yomg‘ir suvlaridan himoya qilish uchun ariqcha ochib qo‘yiladi.

Smola olish tartibi


Ma’lumki, kovrakning ildizi yo‘g‘on, 1-1.5 metr va undan ham uzunlikga ega bo‘lib yerga chuqur joylashgan, tashqi ko‘rinishdan oqish va jigarrang ko‘rinishda bo‘lib, ildizining ichki tomonlari ko‘pgina tomirlardan iborat bo‘lib, bu tomirlardan sutga o‘xshagan yelim-smola biologik aktiv modda ajralib chiqadi.
Kovrak ildizini ustki qismi ochilgandan so‘ng, smola olish uchun kesib qo‘yiladi va ildiz usti quyosh nuri va tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun maxsus kesilgan karton bilan berkitib qo‘yiladi. Shu tariqa yelim-smolani ildizdan yuqori kesilgan tomon ko‘tarilishga imkon yaratiladi, 5-6 kun o‘tgandan so‘ng,birinchi va uchinchi kesimda sifatli “donak” shirasi yig‘iladi va to‘plangan yelim yig‘ishtirib olinadi, so‘ng yana yangi joydan kesib qo‘yiladi, mavsum davomida, o‘simlik ildizining katta-kichikligiga qarab 20-30 marotaba kesish mumkin. Yozgi bosqichda ham smola tayyorlash ishlari xuddi bahorgi bosqich kabi davom ettiriladi, yozgi bosqichni bahorgi bosqichdan farqi shundan iboratki, yozda o‘simlik poyalari va barglari qurib, ildizdan o‘zlari ajraladi, qolgan ishlar xuddi bahordagidek davom etdiriladi. Mavsum tugagandan keyin har bir tupni ustini tuproq bilan yopib qo‘yish kerak, keyingi yilga yana shira yig‘ish uchun.
Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, usti yopilgan o‘simliklar maydonidan 80-85% shira beradi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling