Mavzu: Tojik kovragi o’simligining bioekologiyasi va urug’chiligi (Ferula) Reja
Kovrakni yetishtirish texnologiyasi va agrotexnikasi
Download 1.3 Mb.
|
Tojik kovragi o’simligining bioekologiyasi va urug’chilig
Kovrakni yetishtirish texnologiyasi va agrotexnikasi
Lalmi yerlarda dorivor o‘simlik turlarini yetishtirish bevosita tanlangan joyning namlik bilan ta’minlangan darajasiga bog‘liq. Lalmi yerlar namlik bilan ta’minlanish darajasiga ko‘ra 3- guruhga bo‘linadi: 1. Namlik bilan ta’minlanmagan (Cho‘l mintaqalaridagi tuproqlar). 2. Namlik bilan kam ta’minlangan (Buxoro, Qashqadaryo yarim cho‘l zonalari). 3. Namlik bilan ta’minlangan (Tog‘li adir zonalar) Lalmi yerlarda ham dorivor o‘simliklarni yetishtirishda dastlab plantatsiya uchun joy tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Joy tanlash uchun maxsus tadbirlar o‘tkaziladi va joyning agrokimyoviy, gidrologik, entomologik xususiyatlari o‘rganiladi. Plantatsiya uchun ajratilgan maydonda kasallik va hasharotlar (5%) mavjud bo‘lsa, bu sharoitda o‘simliklarni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshiriladi. Ma’lumki, tuproqlar har xil namlik va unumdorlikka ega. Unumdorlik esa o‘z navbatida tuproqlarni kelib chiqishi, shakllanishi, iqlim, o‘simlik dunyosi, mikroorganizmlar va dehqonchilik madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq unumdorligi oshiruvchi eng kuchli omil tuproqqa qo‘shimcha organik o‘g‘it solish hisoblanadi. Plantatsiya uchun ajratilgan maydonlarda dastlabki dala ishlari yer maydonini tekislash bilan boshlanadi. Chunki, notekis yerlarda o‘simliklarni o‘stirish ayrim muammolarni (urug‘lar bir tekisda unib chiqmaydi, ekinlar ham keyinchalik bir tekisda o‘sib rivojlanmaydi) keltirib chiqaradi. Tuproqqa ishlov berishning asosiysi yerni ag‘darib haydash hisoblanadi. Belgilangan maydonni kuz paytidan tayyorlash lozim. Erta bahorda esa faqat to‘plangan namlikni saqlash maqsadida tuproqning yuqori qatlami boronalash talab etiladi. Agar tuproq juda ham zichlashgan bo‘lsa, kuzda yumshatgichlar yordamida 18 sm chuqurlikka yumshatib boronalash yoki chizellash kerak. Maydonlarda asosan kuzda urug‘ sepishdan oldin yerlar tayyorlanadi. Asosiy tuproqni tayyorlash uchun yerlarni kuzda shudgorlanash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kovrak uchun yer plug va plug oldi moslamasi bilan 10 sm chuqurlikda haydaladi. Kuzda albatta ariqlar olinib, keyin urug‘ sepish kerak. Yerni shudgorlash asosan PLN-3-35-3 korpusli osma plugda amalga oshiriladi. Haydash chuqurligi 10 sm, kengligi 105 sm bo‘lib “Belarus” traktoriga ulanadi. Haydalgan yerlarni tekislash va kesaklarni maydalash uchun KKN-2,8 agregatni g‘ildirakli T-25 A traktoriga ulangan holda ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, kuzda tayyorlangan yerlarda kuzgi-qishki yog‘ingarchilikda namlik ko‘proq yig‘iladi, kasalliklar va hasharotlar nobud bo‘lib, har xil begona o‘tlarning ildizlari quriydi. Shu paytda katta kesak bo‘laklarini maydalash uchun ikki tomonlama boronalar ishlatiladi. Baxorda, ya’ni har xil begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida 3-4 marotaba 5-10 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Toshli va qumoq yerlar. Bu kategoriyadagi yerlar ko‘proq daryo xavzalarida foydalanilmay yotgan yer zahiralari hisoblanadi. Plantatsiya uchun yer maydoni to‘g‘ri tanlab olingandan so‘ng tuproqqa ishlov berish texnologik reja asosida tayyorlanadi. Bunda maxsus texnika vositalari va agregatlardan (buldozer va greyderlar) foydalaniladi. Ekin maydoni plantatsiyasini tashkil etishda dastlab ajratilgan yer maydonini tekislanadi. Bu asosiy ish turi hisoblanadi. Chunki, toshli va qumoq tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra, nisbatan unumdorligi past yerlar hisoblanadi. Yer maydonini ekishga tayyorlashda avval belgilangan maydon toshlardan tozalanishi lozim. Buning uchun ayrim tishli moslamalar va qo‘l kuchidan foydalaniladi. Yer maydonlarini ekishga tayyorlashda diskali (g‘ildirakli) osma boronalar BDN-3,0 yoki BDN-1,5 dan foydalaniladi. Tishli boronalar BZTS-1,0 yoki BZSS-1,0 yordamida yer maydonlari har xil chiqindilar, ildizlar va toshlardan tozalanadi. Haydalgan yerlarni tekislash va kesaklarni maydalash uchun KKN-2,8 T-28 traktoriga tirkab ishlatiladi. Yer maydoni to‘liq tayyorlanib bo‘lagidan so‘ng ularga kerakli o‘lchamlarda ariqlar olinadi va urug‘lar yoki ko‘chatlar ekiladi. Ma’lumki, o‘simliklar suvga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra, bir necha guruhlarga (gigrofit, gidrofit, mezofit, kserofit va boshqalar) bo‘linadi. Masalan, agar o‘simliklar mezofit va to‘qay o‘simliklar sirasiga kirsa, ular tez-tez va kam-kam sug‘oriladi. Tuproq sharoitidan kelib chiqqan holda sug‘orish me’yori 800 kub m/ga (oddiy kulrang), 600 kub m/ga (o‘tloqi-sernam tuproqda), 400-600 kub m/ga (toshli-shag‘alli och kulrang tuproqlar) ni tashkil etadi. Shunday qilib, toshli va qumoq yerlarda asosiy e’tibor tuproq strukturasi va sug‘orish me’yoriga qaratilishi lozim. Agar o‘simliklar mezofit va to‘qay o‘simliklariga xos bo‘lsa, ular tez tez va kam-kam sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori toshli-shag‘alli och kulrang tuproqlarda 400-600 kub m/ga.ni tashkil etib, bu dorivor o‘simlikning bioekologik xususiyatlari va vegetatsiya davomiyligiga bog‘liq holda 20-30 martagacha amalga oshirilishi mumkin. 2. Kovrak yetishtirish agrotexnikasi. Kovrak o‘simligi Respublikamizning barcha viloyatlarida tabiiy holatda uchraydi. Sug‘oriladigan yerlarga deyarli ekilmaydi. O‘simlik yorug‘likni yaxshi ko‘radi, issiqsevar, qurg‘oqchilikka tuproqlarga chidamli. Respublikamizda tarqalgan kumli va tog‘li tipik tuproqlarda ekib o‘stirish maqsadga muvofiqdir. Kovrako‘simligini urug‘idan ko‘paytirish mumkin. O‘simlik ko‘p yillik bo‘lgani uchun kuzda ekiladi. Ekishdan oldin kuzda haydalgan yerlarni yumshatish, tuproqni mayin qilish hamda haydalma qatlam havosini almashinishini yaxshilash uchun ishlov beriladi. Kovrak urug‘ini ekishga tayyorlash va to‘liq unib chiqishini hamda uni parvarish qilishda mayin tuproqli yuza qatlam hosil qilish maqsadga muvofiq. Kovrak urug‘larini kuz oylari boshlarida tuproq harorati 12-15°S bo‘lganda qator oralari 60 sm qilib tuproqqa ekiib chiqiladi. Urug‘lari yirik bo‘lganligi uchun uni o‘zini ekish ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir gektar maydonga o‘rtacha 3,5-4 kg urug‘ sarflanadi. Kovrakni yozda ham ekish mumkin. Kovrakning urug‘lari ekilgandan so‘ng Erta bahordan unib chiqadi. Yerdan unib chiqadigan nihollari juda mayda bo‘lganligi sababli 3-4 yil shunday qoldiriladi. Kovrak o‘simligidan sifatli va ko‘proq dorivor xom-ashyo yetishtirish maqsadida birinchi, ikkinchi va uchuinchi yili parvarishni yuqori saviyada o‘tkazish talab qilinadi. Buning uchun ekilgan dala maydonini payhon qilishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Vegetatsiya davomida haydalma qatlamining zichligi 1,30-1,35 g/sm3 gacha saqlab turilishi, uning ildizini mo‘tadil rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi. B irinchi yili o‘simlikning ildiz yuqorisida 1 ta to‘pbarg, keyingi yillarda esa 2-30 tagacha to‘pbarg paydo bo‘lib, o‘simlik turiga qarab 4-5 va 8-9 yillari gullaydi va urug‘, meva beradi. O‘simlikning shonalash fazasi 35-45 kun davom etadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda kovrak ildizini ustki qismi ochilgandan so‘ng, smola olish uchun kesib qo‘yiladi va ildiz usti quyosh nuri va tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun maxsus kesilgan karton bilan berkitib qo‘yiladi. Shu tariqa yelim-smolani ildizdan yuqori kesilgan tomon ko‘tarilishga imkon yaratiladi, 5-6 kun o‘tgandan so‘ng,birinchi va uchinchi kesimda sifatli “donak” shirasi yig‘iladi va to‘plangan yelim yig‘ishtirib olinadi, so‘ng yana yangi joydan kesib qo‘yiladi, mavsum davomida, o‘simlik ildizining katta-kichikligiga qarab 20-30 marotaba kesish mumkin1. Kovrak monokarp o‘simlik bo‘lib 7-8 yilda bir marotaba gullab urug‘ bog‘laydi. 2. Respublikamizda kovrakning biologik va ekspluatatsion zaxiralarini aniqlab, katta masshtabdagi xaritalarni tuzib uchastkalarga bo‘lib har yili, navbatma-navbat shira olish ishlarini tashkil qilish lozim. 3. Kovrakning tabiiy qayta tiklanishi uchun sharoitlar yaratish kerak, shira olingan o‘simlik ustini tuproq bilan ko‘mish lozim. 4. Kovrakning plantatsiyalarini ularning tabiiy o‘sish sharoitlarida tashkil etish maqsadga muvofiq, suhorilad igan dalalarda sanoat plantatsiyalarini tashkil etish uchun amaliy ilmiy tadqiqodlar olib borish tavsiya etiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling