Mavzu: tokarlik stanoklari
Download 85.28 Kb.
|
Mavzu tokarlik stanoklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOKARLIK-VINTQIRQISH STANOKLARIDA HAR XIL BAJARISH UCHUN ROSTLASH VA SOZLASH
Stanokning bosh harakati mexanizmi tо‘rtta dasta bilan boshqariladi. Umumiy valda blokirovkalangan dastalar yordamida valdagi mufta uchta vaziyatga keltiriladi:
a)dastalar yuqorigi vaziyatga keltirilganda mufta chapga suriladi, natijada shpindel о‘ng tomonga aylanadigan bо‘ladi; b)dastalar pastki vaziyatga о‘tkazilsa, mufta о‘ngga tomon suriladi va shpindel chap tomonga aylanadi; v)agar dastalar о‘rta vaziyatda turgan bо‘lsa, mufta ham о‘rta vaziyatda bо‘ladi va shpindel aylanmaydi (tinch turadi). Shpindelning zarur bо‘lgan aylanish chastotasi dastalar yordami bilan hosil qilinadi. Dasta valda joylashgan pereborning bloklari hamda shpindeldagi tishli g‘ildiraklar blokini almashlab qо‘shish uchun xizmat qiladi. Dastani tо‘rtta vaziyatga keltirish mumkin. a)dasta jadvalning chapdagi birinchi ustuni rо‘parasiga keltirilganda (p = 630 ÷2000 ayl/min) uzatma valdan shpindelga tishli g‘ildiraklar orqali ulanadi; b)dasta jadvalning ikkinchi ustuni rо‘parasiga keltirilganda (p = 12,5 ÷ 40 ayl/min) pereborning uzatish nisbati val III dan val V ga uzatmalar orqali ulanadi; v)dasta jadvalning uchinchi ustuni rо‘parasiga keltirilganda (p = 50 4- 160 ayl/min) pereborning uzatish nisbati uzatmalar orqali ulanadi; g)dasta jadvalning о‘ng tomondagi eng chetki ustuni rо‘parasiga keltirilganda (p = 200÷4630 ayl/min) pereborning uzatish nisbati uzatmalar orqali ulanadi. TOKARLIK-VINTQIRQISH STANOKLARIDA HAR XIL BAJARISH UCHUN ROSTLASH VA SOZLASH Stanokni rostlash kesuvchi asbobni va zagotovkani о‘rnatish va mahkamlash, stanokni yurgizib yuborish oldidan moylash-sovitish suyuqligi keltirish va boshqalar bilan bog‘liq bо‘lgan barcha ishlarni bajarish demakdir. Stanokni sozlash uni zagotovkaga tanlab olingan yoki berilgan kesish rejimiga muvofiq ishlov berishga tayyorlashdan iborat. Buning uchun stanokning kinematikaviy zanjirlari sozlanadi, tezliklar qutisini, surishlar kutisi va stanokning boshqa organlarini boshqarish dastalari talab etilgan vaziyatga keltirib qо‘yiladi,almashtiriladigan shesternyalar, kopirlar, tiraklar va shu kabilar tanlab olinadi va о‘rnatiladi. Download 85.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling