Mavzu: tokarlik stanoklari
Download 85.28 Kb.
|
Mavzu tokarlik stanoklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1K62 TOKARLIK-VINTQIRQISH STANOGI
- Stanokning xarakteristikasi.
- Stanokda sodir bо‘ladigan harakatlar
Zagatovka tokarlik stanogiga patron yoki markazlarga siqib о‘rnatiladi.Uzunligi diametridan ortig‘i bilan 2-3 marta katta bо‘lgan zagatovkalar о‘zi markazlovchi patronga о‘rnatib ishlanadi. Zagarovka quyidagi tartibda о‘rnatiladi:
1.Klyuchni chap qо‘l bilan patronga solib uning kulachoklari keriladi. 2.О‘ng qо‘lga ushlangan zagatovka kulachoklar orasiga qо‘yiladi. 3.Klyuchni soat strelkasi yо‘nalishida ikkala qо‘l bilan burab, zagatovka kulachoklar orasiga siqiladi. 4. Klyuch, albatta, patrondan olinib, stanok yonidagi tumbochkaga qо‘yiladi. —Agar zagatovkaning uzunligi diametridan 2-3-marta emas, balki ortiqroq katta bо‘lsa, u markazlarga о‘rnatilib yо‘niladi.Juda uzun zagatovkalar uchun lyunetlardan foydalaniladi. 1K62 TOKARLIK-VINTQIRQISH STANOGI - stanok xilma-xil tokarlik ishlarini bajarish uchun mо‘ljallangan; bu stanokda о‘naqay va chapaqay metrik, dyuymaviy, modulli va pitchli normal va yirik qadamli bir kirimli hamda kо‘p kirimli rezbalar qirqish; torsaviy rezbalar qirqish va boshqa ishlarni bajarish mumkin.Stanokning xarakteristikasi. Ishlov beriladigan zagotovkaning staninadan yuqorigi eng katta diametri 400 mm: ishlov beriladigan zagotovkaning supportdan yuqoridagi eng katta diametri 220 mm; shpindel teshigi orasidan о‘tkazilib ishlov beriladigan chiviqning eng katta diametri 38 mm. Shpindelining tezliklari soni 23; shpindelining aylanish chastotalari chegaralari 12,5—2000 ayl/min; bо‘ylama surish qiymatlari chegarasi 0,07 — 4,16 mm/ayl, kо‘ndalang sо‘rish qiymatlari chegarasi 0,035 — 2,08 ayl/min. Qirqiladigan rezbalar qadami: metrik rezba uchun 1 — 192 mm; dyuymaviy rezba uchun 1 ga 24—2 о‘ram; modulli rezba uchun 0,5 — 48 mm pitchli rezba uchun 96—1 pitch. Elektrik dvigatelining quvvati 10 kvt, elektrik dvigateli valining aylanish chastotasi 1450 ayl/min. Gabarit о‘lchamlari (2522 — 3212) x 1166 X 1324 mm. Stanokda sodir bо‘ladigan harakatlar. Bosh harakat — shpindelning zagotovka bilan birga aylanish harakati, surish harakati —karetkaning bо‘ylama yо‘nalishda va salazkalarning‘ kо‘ndalang yо‘nalishda surilishi; yordamchi harakatlar karetkaning bо‘ylama yо‘nalishda, salazkalarning esa kо‘ndalang yо‘na-lishda alohida yuritmadan tez surilishi; supportning yuqorigi qismi faqat dastaki ravishda zagotovkaning aylanish о‘qiga nisbatan + 90° siljishi. Download 85.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling