Mavzu: tokarlik stanoklari
Stanokning xarakteristikasi
Download 85.28 Kb.
|
Mavzu tokarlik stanoklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stanokda sodir bо‘ladigan harakatlar.
- STANOKLARNING TEZYURARLIGI VA QUVVATINI OSHIRISH USULLARI .
- ZAIF ZVENOLARNI KUCHAYTIRISH USULLARI.
Stanokning xarakteristikasi. Markazlari balandligi 260 mm; markazlari orasidagi masofasi 710 mm; zatilovkalanadigan detallarning staninadan tepadagi maksimal diametri 18 mm; shpindelning aylanish chastotalari 2,7 — 64 ayl/min; teskari aylanishda 8,1 — 192 ayl/min; surishlar qiymati 0,1 — 1 mm/ayl; zatilovkalashning eng katta uzunligi 550 mm; stanokning о‘lchamlari 2800X 1390X 1810 mm.
Ishlash prinsipi. Zatilovka qilinadigan asbob opravkaga о‘rnatilib, stanokning markazlariga mahkamlanadi va unga kesish tezligiga teng tezlikda aylanma harakat beriladi. Kesuvchi asbob zatilovkalash supportiga о‘rnatiladi, bu supportga esa markazlar о‘qiga perpendikulyar yо‘nalishda ilgarilama-qaytar harakat (zagotovkaning aylanishiga monand zatilovkalash harakati) va stanina yо‘naltiruvchilari bо‘ylab bо‘ylama siljish harakati beriladi. Silindrik frezalarni zatilovkalashda supportga bо‘ylama siljish harakati surish validan, chervyak frezalarni zatilovkalashda esa surish vintidan beriladi. Diskaviy frezalarni zatilovkalashda supportning bо‘ylama siljishi bо‘lmaydi. Stanokda sodir bо‘ladigan harakatlar. Stanok shpindeliga aylanma harakat ikki tezlikli elektrik dvigateldan (N = 3,3/3,8 kvt, p = 940/2800 ayl/min) tezliklar qutisi orqali uzatiladi. Ish yurishida elektrik dvigatelning aylanish chastotasi 940 ayl/min ga, teskari yurishda esa 2800 ayl/min ga teng. Tezliklar qutisi shpindelning 12 xil tо‘g‘ri va 12 xil teskari aylanish chastotasi bilan aylanishiga imkon beradi. Shpindelning aylanish tezligi pog‘onalaridan istalgani qutining vallari II, IV va V ga joylashgan bloklarni almashlab (qayta) qо‘shish yо‘li bilan hosil qilinadi. STANOKLARNING TEZYURARLIGI VA QUVVATINI OSHIRISH USULLARI. Amalda stanoklarning tez yurarligi va quvvatini oshirish stanoklarni takomillashtirishning eng kо‘p tarqalgan variantidir. Ilg‘or zavodlarning tajribasiga kо‘ra, stanoklarda kesish tezligi va quvvat uskunani u qadar kayta ishlamay turib 1,5 — 2 baravar oshirilishi mumkin.Stanokning tezyurarligi va quvvatini elektrik dvigatelni almashtirish, yuritma shkivi yoki tishli g‘ildirakning о‘lchamlarini о‘zgartirish, shuningdek, elgktrik dvigatel bilan tezliklar qutisi orasiga maxsus reduqtor о‘rnatish yо‘li bilan oshirish mumkin.Stanokning tez yurarligi va quvvati, kо‘pincha, burovchi momentlar о‘zgartirilmagan holda oshiriladi. Agar takomillashtirilganda quvvat tezlikka qaraganda anchagina ortib ketsa, kinematikaviy zanjir detallarini takror hisoblab kо‘rish va, zarur bо‘lsa, ularni tegishli usullar bilan kuchaytirish kerak. Stanok rangli metallarni va qotishmalarni ishlashga о‘tkazilishi va bunda nozik pardozlash ishlari bajarilishi kerak bо‘lgan hollardagina bu stanokning quvvati о‘zgartirilmay, tez yurarligi oshiriladi. Buning uchun stanokning qabul qiluvchi shkivining yoki elektrik dvigatel shkivining diametrini о‘zgartirish, stanok shpindelining tayanchlari va moylash sistemasi takomillashtirishda aylanish chastotasini oshirishga imkon berish bermasligini tekshirib kо‘rish kifoY. ZAIF ZVENOLARNI KUCHAYTIRISH USULLARI. Stanokni takomillashtirish jarayonida uning zaif zvenolarini kuchaytirish zarurati tug‘iladi. Bunga detallarning materialini almashtirish, detallarni termik ishlash, ularning о‘lchamlarini va ba’zan shaklini о‘zgartirish yо‘li bilan erishiladi. Quyida stanokning asosiy zvenolarini kuchaytirishning ba’zi usullari keltirilgan. Tasmali uzatmalar shkiv va tasmalarning enini oshirish, qamrash burchagini taranglash, roliklar yordamida oshirish, shkivlarga kо‘p manjet mahkamlash yoki yassi tasmali uzatma о‘rniga ponasimon tasmali uzatma yoxud tishli tasmali uzatma ishlatish yо‘li bilan ishqalanish koeffitsiyentini oshirish orqali erishish mumkin.Zanjirli uzatmalar zanjirdagi plastinkalarning qatorlari sonini oshirish yо‘li bilan kuchaytirilishi mumkin, ammo bunda ikkala yulduzchani almashtirish lozim bо‘ladi. Friksion muftalar ishqalanuvchi yuzalarning materiallarini ishqalanish koeffitsiyenti yuqoriroq bо‘lgan va kattaroq solishtirma bosim bо‘lishiga yо‘l qо‘yadigan materiallarga almashtirish yо‘li bilan kuchaytiriladi. Bunday materiallar jumlasiga pо‘lat bilan birgalikdagi fibra, tekstolit va shu kabilar kiradi. Kо‘p diskli muftalarda ba’zan friksion disklarning sonini oshirish ham mumkin. Tishli g‘ildiraklar uglerodli pо‘latdan yasalgan g‘ildiraklarni xromli yoki xrom-nikelli pо‘latdan yasalib, tegishlicha termik ishlangan g‘ildiraklar bilan almashtirish orqali kuchaytiriladi. Katta tezliklar va kichik nagruzkalar bilan ishlaydigan shesternyalarni termik ishlash yо‘li bilan kuchaytirish mumkin. Tо‘g‘ri tishli g‘ildiraklarni о‘sha о‘lchamdagi qiyshiq tishli g‘ildiraklar bilan almashtirish yoki tishning uzunligini oshirish ham mumkin. Sirpanish podshipniklari podshipnik materialini ancha sifatli materialga almashtirish, val yoki shpindel bо‘yinlariga elektrik-uchquniy ishlov berish va moylashni yaxshilash, shuningdek, sirpanish podshipniklarini dumalash podshipniklari bilan almashtirish orqali kuchaytirilishi mumkin. Dumalash podshipniklari boshqa ancha quvvatlilariga almashtirish yoki uning yoniga xuddi shunday ikkinchi podshipnik о‘rnatish yо‘li bilan kuchaytirilishi mumkin. Vintaviy juftlar vint va gayka materialini almashtlrish, shuningdek, diametrini oshirish va gaykani uzaytirish yо‘ln bilan kuchaytirilishi mumkin Download 85.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling