Mavzu: Tomlar. Tom yopmalari. Ularga qo‘yiladigan talablar


Download 1.55 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1541091
1   2   3   4
Bog'liq
FUQARO 16

Bunday tomlarda tom qoplamasi sifatida to‘lqinsimon asbestotsement listlaridan tashqari asbestotsement plitalardan, turli xil cherepitsadan, tom tunukasidan va vaqtinchalik binolarda pergamin,ruberoyd, gidroizol kabi o‘ramli materiallardan foydalanish mumkin.

  • Bunday tomlarda tom qoplamasi sifatida to‘lqinsimon asbestotsement listlaridan tashqari asbestotsement plitalardan, turli xil cherepitsadan, tom tunukasidan va vaqtinchalik binolarda pergamin,ruberoyd, gidroizol kabi o‘ramli materiallardan foydalanish mumkin.
  • Turar-joy va jamoat binolarining chordoqli tomlarida profili 40/150 bo‘lgan to‘lqinsimon asbestotsement listlar (shifer) qo‘llaniladi.Asbestotsement listlar uzunlik bo‘yicha kamida uchta obreshetkaga tayanishlari kerak. Ularni karnizdan tom qirrasi tomonga qarab joylashtirib chiqiladi. Tomning karniz qismidagi birinchi obreshetka bruschasining balandligi asosiy obreshetkaning balandligidan shiferning qalinligi teng bo‘lgan qiymatga katta bo‘lishi kerak. Masalan, obreshetka uchun 60x60 mm bruschalardan foydalanilganda, shiferning qalinligi 6 mm bo‘lsa, birinchi obreshetkaning balanligi 66 mm qabul qilinadi. Aks holda pastki shifer osilib qolganday ko‘rinadi. Qolgan barcha juft obreshetka bruschalari ham asosiy obreshetkadan shifer qalinligining yarmiga teng qiymatga (3 mm ga) baland, ya’ni 63 mm bo‘lishi kerak. Barcha toq obreshetka bruschalarining balanligi esa 60 mm ga teng bo‘ladi (5 va 6-rasmlar).Obreshetka bir xil bo‘lishi uchunularni 60x60 mm bruschalardan qabul qilish va zarur joylarda qalinligi 6 va 3 mm bo‘lgan qistirmalardan foydalanish tavsiya etiladi.Tom qirrasi yaqinida odatda kaltaroq asbestotsement list yotqiziladi. SHuning uchun obreshetkaning balandligi joyida aniqlanadi. Qirradagi fasonli detal bitta yoki ikkita obreshetka bruschasiga mahkamlanishi mumkin.

5-rasm. To‘lqinsimon asbestotsement listlarning o‘rnatilishi:

  • a – o‘rnatilish sxemasi;
  • b – listlarning o‘zaro mahkamlanishi;
  • v–tom qirrasidagi detallarning mahkamlanishi;
  • g–asbestotsement listlarning mo‘riga tutushishi;
  • 1 – obreshetka; 2 – stropila; 3 – to‘lqinsimon asbestotsement list; 4 – mix; 5 – qirra detali; 6 – tol qog‘ozdan qistirma; 7 – metall skoba; 8 – burchaksimon detal; 9 – rigel.

  • Download 1.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling