Mavzu: Tonnellarini sovuq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilish
XULOSA: Tonnellarning texnik holatini belgilaydigan omillar
Download 1.17 Mb.
|
1 2
Bog'liq17. амалиёт
XULOSA:
Tonnellarning texnik holatini belgilaydigan omillar. Amaldagi “O‘zmavjud qurilmalarni joriy saqlanishining asosiy tamoyili poezdlarning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydigan soz holatda doimiy tutib turishdan iborat. Bunga tonnellar va ularning qurilmalari ustidan doimiy nazorat, inshootlar ayrim elementlarining xizmat muddatlarini cheklaydigan nuqsonlarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish, hamda ularni iloji boricha qisqa muddatlarda bartaraf etish, poezdlar harakati uchun xavfsiz bo‘lgan yanada yirikroq va jiddiyroq deformatsiyalarning rivojlanishidan ehtiyot bo‘lish orqali erishiladi. Tonnelning asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi – obdelka – tog‘ o‘yig‘ini qotiradi va ta’sir etayotgan barcha yuklarni o‘ziga qabul qiladi, uning foydalanishdagi shart-sharoitlari o‘ta murakkab va ko‘p qirralidir. Obdelkaning yuk ko‘tarish qobiliyati uni o‘rab turgan jinsning bosimiga mos kelishi, obdelkaning materiali esa uning uzoqqa chidamliligini ta’minlamog‘i lozim. Tonnel obdelkasining ekspluatatsion va statik ish sharoitlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar 4 guruhga ajratilishi mumkin. 1. Tashqi tabiiy sharoitlar (geologik, gidrogeologik, iqlimiy sharoitlar va seysmik ta’sirlar) tonnel inshooti holatiga kuchli ta’sir etadi. Istalgan tog‘ o‘yig‘ida ko‘chkilar, siljimalar, o‘ta cho‘kishlar vujudga kelib, inshootda deformatsiya va nuqsonlarni paydo qiladi. Ushbu hodisalar rel’ef, qoplama qatlam qalinligi va xususiyati, jinsning ichki ishqalanishi va yopishuvchanligi, yer osti suvlarining yo‘sini, sirpanish sirtlarning hamda massivda karst bo‘shliqlarining mavjudligi bilan belgilanadi. Ko‘pincha, tonnel qurilgunigacha barqaror turgan massiv ekspluatatsiya jarayonida tonnel o‘yig‘iga hamda drenaj inshootlariga mo‘l-ko‘l suv oqib kelishi oqibatida siljiy boshlaydi. Shu tufayli sho‘rlanib yuvilishga moyil bo‘lgan jinslar, gipslar, angidritlar, ohaktoshli va dolomitli jinslar ichra bunyod qilingan tonnellarga alohida e’tibor qaratmoq lozim. Tonnel o‘rnashgan joylardagi jinslarning xossalari obdelkaning statik ishi sharoitlariga sezilarli ta’sir o‘tkazib – bu ko‘pchishga moyil bo‘lgan gillar va gilli slanetslarda, shuningdek shiddatli ko‘piradigan mergellarda o‘rnashgan tonnelda ayniqsa nojoiz. Elastik antibosim koeffitsientining qiymati katta bo‘lganida (k ≤ 20 MPa) jinsning passiv antibosimi obdelkaning jins tomon siljishi va deformatsiyalanishini istisno qiladi. Ushbu koeffitsientning kichik qiymatlarida esa hisobiy sxemalarda jinsning elastik antibosimini e’tiborga olish, obdelkani erkin deformatsiyalanish sharoitlarida qaraydigan, qabul qilingan sxemalarga nisbatan hisobiy zo‘riqishlarning sezilarli kamayishini beradi. Tonnel obdelkasini o‘rab turgan jinslarning xossalari vaqt o‘tishi bilan turli omillar ta’sirida o‘zgarib turishi, natijada esa, obdelkaning statik ishi sharoitlarini o‘zgartirishi mumkin. Ohaktosh va dala shpatli jinslarning ba’zi turlari emirilish oqibatida tez buzilishi, bunda o‘z hajmini orttirishi, hamda obdelkaga qo‘poruvchi xususiyatga ega bo‘lgan bosim bilan ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jinsning hajmi namlanishida keskin (30% dan ortiq) ko‘payishi va obdelkaga tushayotgan yuklarning ortishi uzoq davom etadigan xususiyatga ega hamda tonnel obdelkasining ish sharoitiga o‘nlab yillar davomida zararli ta’sir o‘tkazadigan kimyoviy jarayonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tonnel konstruksiyalariga gidrogeologik sharoitlarning ta’siri qo‘shimcha gidrostatik yuk ko‘rinishida yuzaga chiqishi mumkin. .Yer osti suvlari tog‘ jinslarining mustahkamligi va ustivorligini, qoidaga ko‘ra, kamaytiradi. Ulardan mergel, gil va qum kabilar, suv mavjudligida juda ham kuchsiz, ba’zan esa oquvchan bo‘lib qoladi. Yer osti suvlarining tonnel konstruksiyalariga zararli ta’siri obdelka tanasidan filtrlanishi, kalsiy oksidlari karbonati va gidratining erishi va ularning betondan sho‘rlanib chiqishi ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi, bu esa uning mustahkamligini sezilarli darajada kamaytiradi. Zilzilalar vaqtida tog‘ massivida paydo bo‘ladigan seysmik kuchlar qator hollarda sezilarli deformatsiyalarning, ba’zan esa tonnel obdelkasining buzilishini ham sababchisi bo‘lishi mumkin. Seysmik ta’sirlar tonnelning portallari va kirish qismlarida, shuningdek unchalik chuqur joylashmagan tonnellarda ayniqsa shiddatlidir. 2. Tonnellarning geometrik ko‘rsatkichlari va kontsruktiv xossalari (uzunligi, ko‘ndalang kesimi, rejasi, bo‘ylama profili, obdelkasi, portali, tuynuklarining materiallari va konstruksiyasi, gidroixotasi (gidroizolyasiyasi), suv qochirish va drenaj inshootlari va h.k.) temir yo‘l tonnellarini ekspluatatsiya qilish sharoitlari uchun juda muhim ahamiyatga egadir [11, 23, 30]. Tabiiy ventilyasiyaga ega tonnelning shamollatish shartlari asosan uning geometrik ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Tonnel qanchalik uzun bo‘lsa, shunchalik havo almashinishi qiyinlashib, zararli gazlarning obdelka materialiga ta’siri shunchalik shiddatli bo‘ladi. Bu jihatidan tonnelning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari aksincha ta’sir ko‘rsatadi: barcha bir xil sharoitlarda zararli gazlarning konsentratsiyasi qo‘shyo‘lli tonnellarda nisbatan kamroqdir, biroq, yakka yo‘lli tonnellarda o‘tayotgan poezdlarning porshensimon ta’siri yuqori darajada seziladi. Zamonaviy konstruktiv echimlarga qaramasdan, tonnellar muttasil va sinchkovlarcha nazoratni, saqlashning barcha talablarining bajarilishini va joriy ta’mirlovning o‘z vaqtidaligini talab qiladi. Bu, ayniqsa, iqlim va gruntli sharoiti og‘ir bo‘lgan tonnellarga tegishli. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘ladi, gidroixota buziladi, drenaj va suv qochirish inshootlari ifloslanadi, muzlab qoladi va ishdan chiqadi va h.k. Konstruktiv xossalar tonnel inshootining loyihadagisiga nisbatan amaldagi holati va tarhini aks ettiradi. Me’yoriy chegaralarda loyihadan tasodifiy cheklanishlarga ruxsat etiladi. Masalan, betonni to‘siqlar ortiga yotqizish hisobiga loyihaviy o‘lchamlaridan ortiq qalinlikka ega obdelkalar yoki konstruksiyalarga belgilanganidan yuqoriroq sinfli beton yotqizish inshoot mustahkamligi, ustuvorligi va chidamliligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Obdelka tarhi bo‘ylab, ayniqsa uning ravoq qismida notekis taralgan tarhning ortiqchalari xususiy og‘irlikdan tushadigan mujassamlangan yuklarning ortishiga olib keladi hamda mahalliy ortiqcha zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi va yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Yig‘ma obdelkalarda doiraviy tarhdan chekinishlar ularning yuk ko‘tarish qobiliyatini sezilarli kamaytiradi. Tonnel obdelkasi ortida bo‘shliqlarning mavjudligi geologik omillar va qurilish sifatiga, birinchi navbatda, obdelka orti fazosiga sement-qum qorishmasini joylashtirishning izchilligiga bog‘liqdir. Bo‘shliqlarni to‘ldirish obdelka va jins o‘rtasida zich kontaktni vujudga keltiradi, tog‘ bosimining yanada ravon uzatilishini ta’minlaydi; shu bilan birga, konstruksiyaning statik ishiga va jinsning elastik antibosimi kattaligiga sezilarli ta’sir etish sharoitlarini yaxshilaydi. Obdelkaning orti bo‘shliqlari uni qurilish jarayonida etarlicha to‘ldirilmaganligi, shuningdek obdelka ortida qolib ketgan yog‘och qotirmalarning chirishi yoki to‘siqlar va o‘piriqlarning tosh tashlab to‘ldirilganligi oqibatida vujudga keladi. Bunday bo‘shliqlar vaqt o‘tishi bilan obdelkaning ishlash sharoitini yomonlashtirib, sezilarli deformatsiyalarni keltirib chiqarishi hamda yoriqlarni yuzaga keltirishi mumkin. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling