Mavzu: Topishmoqlar


Download 30.54 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi30.54 Kb.
#1484335
Bog'liq
suhbat topishmoq




1.03.2022 yil


Mavzu: Topishmoqlar.


Maqsad:
1.Ta`limiy: O'quvchilarga topishmoqlarning janriy xususiyatlari haqida ma'lumot berish. Ularning topishmoqni ifodali o'qish, javobini tez topish malakalarini oshirish, ziyraklikka o'rgatish.
2. Tarbiyaviy: O'quvchilarning muomala madaniyatini oshirish.
3. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy faoliyatga yo'llash.

TOPISHMOQ, topmacha, jumboq, matal — xalq ogʻzaki poetik ijodining eng qadimiy va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urfodatlari maʼlum darajada oʻz ifodasini topadi. Topishmoqda yechilishi mumkin boʻlgan soʻroq majoziy shaklda ifodalanib, uning maʼnosi yashirincha boʻladi. Topishmoqda narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga oʻxshatish, oʻzaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. Topishmoqlar baʼzan nasriy, koʻpincha sheʼriy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor boʻladi. Mac, «Bir parcha patir, olamga tatir» (Oy); «Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan (qor); «Past osmondan qor yogʻar» (elak). Ayrim Topishmoqlar maqol xususiyatiga ham ega boʻladi. Mac, «Hammaga toʻn tikaman, oʻzim yalangʻoch» (igna). T. da metafora, oʻxshatish, mubolagʻa, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Mac, «Oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna), «Yer tagida oltin qoziq» (sabzi), «Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham ogʻir gilam» (yer) kabi.
Topishmoq aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. Topishmoqdan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. «Oshiq Oydin», «Oshiq Alvand», «Xirmon Dali», «Yozi bilan Zebo», «Alpomish» va b. dostonlarda, «Podsho bilan donishmand chol» ertagida Topishmoq namunalari bor. Topishmoq bilan bogʻliq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi.
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she'riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog'liq holda yaratiladi. Ularning zaminida kishilarning qadimiy e'tiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo'lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. Topishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini e'tibor bilan o'qish, nimaga ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og'zaki ijodining bu janridan darsliklafda ham keng qo'llanilgan javobi oson topiladi.

O‘rtasida jonli bosh. (Toshbaqa)




  • Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar,


Doston o‘qir, g‘alvir to‘qir. (O‘rgimchak)




  • To‘rttir uning oyog‘I,


Temir mixli tuyog‘i.


Manzilga yetishtirar,
Toshdan qattiq tuyog‘i. (ot)
  • Yorug‘i bor, dovrug‘i bor,


O‘zi yo‘q, ovozi bor. (Momaqaldiroq)


Ma’lumki, topishmoqlar narsa yoki hodisalarning qisqacha ta’rifi bo‘lib hisoblanadi. Topishmoq, — deb yozadi adabiyotshunos M. Abdurahmonov, — narsa yoki voqelik tushunchasini ongli ravishda yashirishga, sir tutishga asoslangan kichik poetik asardir."
Topishmoqlarda insonning turmushi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar, buyumlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabilar ta’riflanadi. Ko‘pincha topish­moqlarda narsa va hodisalarning hajmi, shakli, rangi, tovushi, mazasi, harakati kabi belgilari beriladi.
Vov-vov deydi, baqiradi,
Tug‘ishganin chaqiradi. (It).
Qishin-yozin bir xil kiyimda (Archa);
U tushganda dala-qir,
Kuladi qiqir-qiqir (Yomg‘ir)

Daraxt emas, yaproqli,


Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.
(Kitob)

Ustida qopqoq,


Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.
(Kitob)
Tilsiz, aql o‘rgatar.
(Kitob)

Bodomcha bodomcha bilan,


Yetti kalit tom bilan.

Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,


So‘ylashadi odam bilan.
(Kitob)
Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.
(Qog‘oz, yozuv)
Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.
(Yozish, o‘qish)
Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.
(Qog‘oz)
Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq
(Qalam)
Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.
(Qamish qalam)
Download 30.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling