Mavzu: Toshkent iqtisodiy rayonida ishlab chiqaruvchi kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari


Iqtisodiy geografik o’rni va tabiy boyliklari


Download 42 Kb.
bet2/4
Sana08.06.2023
Hajmi42 Kb.
#1465380
1   2   3   4
Bog'liq
Toshkent (3)

2.1. Iqtisodiy geografik o’rni va tabiy boyliklari.
Toshkent iqtisodiy geografik rayoni bir tomondan Farg'ona vodiysi va Mirzacho'lga tutashsa, ikkinchi tomondan mamlakatning xorijga chiqadigan asosiy «darvoza»sidir. Geografik o'rnidagi qulaylik tufayli Toshkent 1930-yildan beri O'zbekistonning poytaxti maqomida kelmoqda. Toshkent viloyati qishloq tumanlarining deyarli yarmining (Yangiyo'l, Qibray, Bo'stonliq, Parkent, Ohangaron, Zangiota va Toshkent tumanlari) xo'jaligi ixtisoslashuvi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida poytaxtning ta'siri ustuvor hisoblanadi. Zero, u yirik shahar bilan tutash tumanlarda iqtisodiy-ijtimoiy o'zgarishlar jadal kechadi. Buni Toshkent tumani misolida yaqqol kuzatish mumkin. 
Iqtisodiy geografik rayon hududi relyefning xilma-xil shakllaridan iborat. Bu sanoat uchun ham, qishloq xo'jaligi uchun ham beqiyos qulayliklar yaratadi. Rayonning Chirchiq va Ohangaron vodiylari Sirdaryoga qadar 100-150 km dan ortiq masofada pasayib borishi sababli sun'iy sug'orish uchun g'oyat qulay. Chirchiq va Ohangaron daryolari tog'lardagi yog'in (500-700 mm) dan to'yinib, dalalarni sug'orishdan tashqari elektr energiya olishda ham muhim rol o'ynaydi. Iqtisodiy geografik rayon toza ichimlik suvi bilan yaxshi ta'minlangan. Suvdan yanada samarali foydalanish maqsadida Chirchiq daryosining yuqori oqimida sig'imi 2,0 mlrd m kub bo'lgan Chorvoq suv ombori barpo etilgan. Shuningdek, Ohangaron daryosining o`rta oqimida Tuyabug`iz suv ombori ("Toshkent dengizi”) qurilgan.
Qazilma boyliklarning xilma-xilligi jihatidan bironta rayon Toshkent iqtisodiy geografik rayoniga tenglasha olmaydi. Angren ko'mir havzasi mamlakatda eng yirik ko'mir koni hisoblanadi (ko'mir zaxirasi miqdorini eslang). Ko'mir qatlamlari yer yuziga yaqin joylashgan bo'lib, qatlamlar orasida aluminiy, sement va keramika olishda ishlatiladigan gilmoya ko'plab uchraydi (atlasdan foydalanib, qazilma konlarini aniqlang). Iqtisodiy geografik rayonda neft bilan tabiiy gazgina yo'q. Zarur bo'lgan neft mahsulotlari temiryo'l hamda avtomobil transportida, gaz esa quvurda keltirilmoqda.
Toshkent iqtisodiy rayoni Toshkent viloyatiga tugri keladi maydoni 15,6 ming km.kv. U Respublikaning shimoliy-sharqiy qismida Chirchiq-Oxongaron daryolari xavzalarida joylashgan. Rayonning iqtisodiy geogrfik o’rni juda qulay. Bu qo’laylik avvalo shaxarning Fargona vodiysi, Mirzacho’l Zarafshon voxalari chorraxalarida. O’zbekistonning chorvochilik, paxtachilik taraqqiy topgan rayonlarni hamdustlikning Evropa qismi, Qozogiston va Sibir bilan boglaydigan temiryul ustida joylashganligidir.Shu tufayli
Toshkent iqtisodiy rayoni o’ziga tutash xududlarni birbiriga iqtisodiy boglovchi tugun xisoblanadi. Toshkentning geografik urning qulayligini xisobga olib,Respublika poytaxtini 1930 yilda Samarqanddan Toshkentga kochirildi. Poytaxtni shu shaxarga kuchirilishi bilan Toshkent iqtisodiy rayonning iqtisodiy geografik o’rni yanada yaxshilandi. Rayonning er yuzasi tuzilishi- tog’, tog’ oldi, daryo vodiysi va tekislikning xilma-xilligi hamda sanoatning yuksalganligi qishloq xo’jaligi tarmoqlari tarkibiga jiddiy tasir etgan. Rayonning tekislik qismi dengiz satxidan 250-450 m balanda joylashgan, Chirchiq-Oxangaron vodiylaridan iborat.tog va tog oldilaridan yillik yog’in mig’dori 500-700 mm. eg’inlarni bouorda kup bulishi ekinlarni, ayniqsa mevali daraxtlarni sug’ormay ustirish imkoniyatini beradi. toglardan oqib tushadigan darelardan faqat dalalarni sugorishdagina emas, baki elektr quvvati olinishda ham foydalaniladi. İqtisodiy rayon suv bilan yaxshi taminlangan. Suvga bulgan extiejning asosan Chirchiq, Oxongaron darelari kondiradi. Chirchiq-Buzsuv poganali shololasida 19 ta GES ishlab turibdi. iqtisodiy rayondagi obikor maydonlarning 70% ga yakinini Chirchiq daresi sugoradi. Chirchiq dalalarini sugorishdan tashkari, Toshkent, Chirchiq, Yangiyul kabi yirik shaxarlar aholisini ham, ulardagi sanoat obektlarini ham suv bilan taminlaydi. Chirchiq suvidan yanada samaralirok foydalanish maksadida uning yukori okimida 2 mlrd m kub bulgan Chorvoq suv ombori barpo etilgan. Oxangaron daresida Tuyabuguz suv ombori kurilgan. Oxongaron daresida suv tankis bulganda Chirchiq suvidan foydalanish maksadida Toshkent nomli kanal orkali tutashtirilgan. Umuman rayon xududida Buzsuv, Zax, Qorasuv, Dalvarzin, Shimoliy Toshkent, Margunenkov kabi unlab kanallar kurilgan. Kuesh radiatsiyasi 4000-45000 ga etadi. iklim sharoiti urta pishar paxta etishtirishga, sabzavot ekinlarida yiliga 2-3 martda, bedadan 4-5 marta xosil olish imkonini beradi. Qazilma boyliklardan mis, qurgoshin, rux rudasi, molibden, kumir, alyuminiy xom-ashesi, marmar,  shisha kumi, oxaktosh konlari mavjud. iqtisodiy rayonning uzida neft va gaz yuk, u Zarafshon iqtisodiy rayonidan keltiriladi. aholisi va mehnat resurslari. iqtisodiy rayon aholi sonining kupligi va kup millatliligi bilan respublikaning barcha iqtisodiy rayonlaridan ajralib turadi. 
Mamlakatimiz aholisining deyarli 1/5 qismi shu rayonda yashamoqda. Rayonda shahar aholisining salmog'i Toshkent shahri aholisini qo'shmaganda 50 foizdan ortadi. Umumiy aholi sonidagi mehnatga yaroqlilar salmog'i bo'yicha iqtisodiy geografik rayon birinchi o'rinda turadi. Shuningdek, mehnatga yaroqli aholi ma'lumot darajasining yuqoriligi bilan ham ajralib turadi. Bular azaldan oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, Fanlar Akademiyalari, ularning ko'p sonli ilmiy tadqiqot institutlari Toshkent (poytaxt)da joylashgani sharofatidir. Bundan tashqari, ilm va malaka talab korxona va idoralarning ko'pligi ham asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Aholisi 4649,6 ming kishi (2007/01/01). Respublika aholisining 20% idan kuprog’i shu rayonda yashamoqda. 40 dan ortiq millat vakillari ichida o’zbeklar eng kup salmoqqa ega. Chirchiq-Oxangaron vodiylarida aholi zich yashaydi. Viloyat aholisining 44,6% i shaxarlarda yashaydi. Umumiy aholi sonidagi mehnatga yaroklilar salmogi buyicha Toshkent iqtisodiy rayoni respublikada eng oldingi o’rinda turadi. Xo’jaligi. İnqilobga qadar Toshkent iqtisodiy rayonining sanoati rifojlanish jixatidan faqatgina Fargona vodiysidan keyinda turar edi. Sanoati asosan qishloq xo’jalik xom-ashesiga kuproq paxtaga dastlabki ishlov beradigan korxonalardan iborat edi, qishloq xo’jaligida paxta bilan birgalikda galla, sholi, meva va uzum etishtirilmoqda. Rayonda xilma-xil foydali qazilma-konlari topilishi natijasida tog-kon sanoati vujudga kelib, ogir sanoatning jadal yuksalishiga imkoniyat tugildi. Sanoatning rivojlanligi jixatdan rayon respublikada birinchi o’ringa chiqib oldi. Endilikda iqtisodiy rayon xo’jaligi kup tarmoqli bulib, undagi respublikadagi tarmoqlararo 5 ta majmuanining hammasi tarkib topgan. Sanoatning respublikaga xos bulgan 100 ta tarmoqining deyarli barchasi shu rayonda mavjud. Yalpi sanoat mausulotining 2/3 qismi ogir sanoatga tugri keladi. Engil va Oziq-ovqat sanoatining ham boshqa barcha rayonlardagidan kura yuksak rivojlangan. ekilgi energetika majmui yaxshi rivoj topgan. Mavjud negizi elektroenergetika sanoati tashqil etadi. Elektr quvvati Chirchiq Buzsuv sharsharasiquvvatiga, Angren ko’miri, Zarafshon va Qashqadaryo iqtisodiy rayonlaridan keltirilgan tabiy gazga asoslanadi. Toshkent va qisman Angren GRESlari gaz bilan ishlaydi. Yangi Angren GRESi shu erda =azib chi=ariladigan kungir kumirni ishlatadi. Rangdor metallurgiya iqtisodiy rayonning eng yuksak rivojlangan majmuidir. Respublikamizda ishlab chikarilaetgan qora va rangdor metallurgiya maxsulotining hammasini shu rayon beradi. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish aloqasi joylashuviga muvofik Toshkent - Chirchiq- Yangiyul, Angren Olmaliq sanoat rayonlari vujudga kelgan. Angren-Olmaliq sanoat rayoni respublikada rangdor metallurgiya sanoatida salmoqli urin egallaydi. Mis rudasi tarkibida molibden, oltin, kumush birga uchraydi. Bu erda mis eritish zavodi va Olmaliq qurgoshin-rux kombinati ishlab turibdi. Rux zavodining uchinchi navbati, mis zavodining ikkinchi navbati kurilmokda. Rangdor metallurgiyaning ikkinchi markazi Chirchiqdir. Bu erda kiyin eriiydigan va utga chidamli kotishmalar kombinati joylashgan. Bu kombinat İngichka, Kuytosh va Olmaliq rudali konlari bilan ishlab chiqarish orkali boglangan. Kombinat ishlab chikaradigan maxsulot turi 100 xildan ortadi. Kombinat maxsulotlari orasida metal kukunlari va monokristallar, volfram va molebden prokatlari, titan, kobalt hamda volframdan tayerlanadigan kon-parmalash asboblari volfram va molebden simlari bor. Toshkent iqtisodiy rayoni respublikada qora metallurgiya sanoatiga ega bulgan yagona rayondir. 1943 yilda Bekobod shaxridagi qora metallurgiya zavodi tarmoq asosini tashqil qiladi. Kombinat metallom asosida ishlaydi. 1979 yilda bu erda elektr quvvati yordamida pulot eritish majmui ishga tushirildi. 1991 yilda gaz va suv quvurlarini ishlab chiqarish yulga kuyildi. Mashinasozlik Toshkent iqtisodiy rayoni sanoatning eng yukori darajada rivojlangan tarmoqidir. Bu tarmoq respublika mashinasozlik sanoati maxsulotining 80 %ni beradi. iqtisodiy rayon mashinasozligida paxtachilik majmuiga ixtisoslashgan tarmoqlar yaxshi rivojlangan. Bu guruxuga kiruvchi korxonalarda paxta terish kombaynlari, chopik traktorlari, chigit ekish, kusak yigish, kusak chivish mashinalari ishlab chikariladi. 30-yillarda kurilgan Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozlik zavodi O’zbekistonmashinasozligining tungichi bulib, usha davrda paxtachilik va paxta tozalash sanoati uchun mashinalar etkazib beruvchi yagona korxona edi. Ulug Vatan urushi yillarida kuchirib keltirilgan korxonalar negizida O’zbekistonqishloq xo’jalik mashinasozligi, Chirchiq qishloq xo’jalik mashinasozligi, Toshkent Kimyomashinasozlik zavodlari tashqil topgan edi. Toshkent iqtisodiy rayonida qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonalari orasida Toshkent traktor zavodi muxim urin egallaydi. Uning ma=sulotlari 30 dan ortik mamlakatlarga chiqarilmoqda. 

Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling