Mavzu: Toshkent iqtisodiy rayonida ishlab chiqaruvchi kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari
Download 42 Kb.
|
Toshkent (3)
2.2. Sanoati
XX asr boshida Toshkent iqtisodiy geografik rayoni taraqqiyot jihatidan Farg'ona vodiysidan keyinda turardi. Rayonda xilma-xil foydali qazilma konlari topilishi natijasida konchilik sanoati vujudga kelib, og'ir sanoatning jadal yuksalishiga imkoniyat tug'ildi. Sanoatining rivojlanganligi jihatidan rayon respublikada birinchi o'ringa chiqib oldi. Endilikda iqtisodiy geografik rayon xo'jaligi ko'p tarmoqli bo'lib, unda O'zbekistondagi sanoat tarmog'ining deyarli barchasi mavjud. Yalpi sanoat mahsulotining 2/3 qismi og'ir sanoatga to'g'ri keladi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari ham yuksak rivojlangan. Toshkent iqtisodiy-geografik rayonining rivojlanishiga asosiy sabablar: 1) rayonning qulay iqtisodiy geografik o'rni; 2) Respublika poytaxti Toshkentning shu rayondaligi; 3) foydalanish qulay bo'lgan gidroquvvat mavjudligi; 4) xilma-xil foydali qazilmalar topilib, ulardan foydalanishning yo'lga qo'yilishi; 5) ikkinchi jahon urushi yillarida Sobiq Ittifoqning g'arbiy rayonlaridan O'zbekistonga ko'chirib keltirilgan korxonalarning yarmidan ko'pi Toshkent viloyatiga joylashtirilgani; 6) chetdan malakali mutaxasislar ko’plab jalb etishni va boshqalar. Tuqimachilik mashinasozligi va paxta tozalash sanoati uchun asbob va uskunalar ishlab chikishdir. Bu yunalishning yirik korxonalari Toshkent tuqimachilik mashinasozlik zavodi, Toshkent ekskavator zavodi hamda Toshkentdagi paxtachilik uchun zarur bulgan asbob-uskunalar hamda gidrometeorologiya xizmati uchun axborot beruvchi avtomat mashinalar ishlab chikaradigan "Xlopkopribor" zavodlaridir. Toshkent iqtisodiy rayoni mashinasozligida elektrotexnika (Toshkentkabel, Chirchiqdagi transformator, Toshkentdagi elektrotexnika zavodlari), Kimyomashinasozligi (Toshkent kompressor va Chirchiqdagi O’zbekistonKimyomashinasozligi ham muxim urin egallaydi. iqtisodiy rayon mashinasozlik korxonalarida samoletlar, turli xil asbob uskunalar va instrumentlar (Toshkentdagi "İnstrumental", korborum, abraziv zavodi) elektrotexnika maxsulotlari (Toshkentdagi "Al-Xorazmiy, "Menond", "Zenit" ishlab chiqarish birlashmalari) kutarish-ortish vositalari (Toshkentdagi "Podemniy" zavodi) da ishlab chikariladi. iqtisodiy rayonlarning Kimyosanoati- qishloq xo’jaligi uchun meneral ugitlar ishlab chikarishga asoslangan. Chirchiqdagi elekttroKimyozavodi hamduslikdagi yirik azot ugitlari ishlab chikaradigan zavodlardan xisoblanadi. U 1941 yildan buen maxsulot ishlab chikarmokda. 1969 yilda Olmaliq ammofos zavodi kurib ishga tushirildi. Kaprolaktam (Chirchiqdagi), lakbuek, rezina buyumlari, Kimyo-formatsevtika maxsulotlari (Toshkent), platsmassalar (Oxangarondagi Santexnika zavodi), maishiy Kimyomaxsulotlari (Olmaliq) Sovplastitaliya, Toshkentmoy kombinati tarkibida sintetik yuvish vositalari zavodi, Yangiyuldagi bioximiya zavodida oksil va boshqa maxsulotlar ishlab chikaradi. qurilish materiallar sanoati. Tsement zavodi - Bekobod tsement zavodi 1926 yilda kurib ishga tushirilgan, 1947 yilda Angren, 1961 yilda Oxangaron tsement zavodlari kurib ishga tushurildi. Sopol maxsulotlari (Angrenda) oyna-marmar va boshqa qimmatbaxo maxsulotlarga ishlov berish Gazalkentda, plastmassa quvurlari ishlab chiqarish Angrenda yulga kuyilgan. Temir beton konstruktsiyalari, uysozlik kombinatlari Toshkent, Olmaliq, Chirchiqda joylashgan. Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling