Mavzu: Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi. Reja: Kirish


Download 0.5 Mb.
bet2/7
Sana25.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1720795
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi.

Sanoati. XX asr boshida Toshkent iqtisodiy geografik rayoni taraqqiyot jihatidan Farg'ona vodiysidan keyinda turardi. Rayonda xilma-xil foydali qazilma konlari topilishi natijasida konchilik sanoati vujudga kelib, og'ir sanoatning jadal yuksalishiga imkoniyat tug'ildi. Sanoatining rivojlanganligi jihatidan rayon respublikada birinchi o'ringa chiqib oldi. Endilikda iqtisodiy geografik rayon xo'jaligi ko'p tarmoqli bo'lib, unda O'zbekistondagi sanoat tarmog'ining deyarli barchasi mavjud. Yalpi sanoat mahsulotining 2/3 qismi og'ir sanoatga to'g'ri keladi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari ham yuksak rivojlangan. 

Toshkent iqtisodiy-geografik rayonining rivojlanishiga asosiy sabablar: 


1) rayonning qulay iqtisodiy geografik o'rni; 
2) Respublika poytaxti Toshkentning shu rayondaligi; 
3) foydalanish qulay bo'lgan gidroquvvat mavjudligi
4) xilma-xil foydali qazilmalar topilib, ulardan foydalanishning yo'lga qo'yilishi;
5) ikkinchi jahon urushi yillarida Sobiq Ittifoqning g'arbiy rayonlaridan O'zbekistonga ko'chirib keltirilgan korxonalarning yarmidan ko'pi Toshkent viloyatiga joylashtirilgani
6) chetdan malakali mutaxassislar ko'plab jalb etilgani va boshqalar.


Yoqilg`i-energetika-kimyo majmui ancha qudratli. Uning negizini elektroenergetika sanoati tashkil etadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning deyarli yarmi shu rayonda hosil qilinadi. Bu ko`rsatkichni rayondagi uchta qudratli IES hamda Chirchiq-Bo`zsuv gidroenergetika kaskadi ta`minlaydi. Toshkent IES to`la, Angren IES qisman gaz bilan, Yangi Angren IES esa mahalliy ko`mir bilan ishlaydi.


Tashqi iqtisodiy faoliyati. Rayon iqtisodiy faoliyati. Rayon 100 dan ortiq uzoq va yaqin xorij mamlakatlari bilan savdo aloqalari olib boradi. Xorijga paxta, ipak, paxtachilik uchun zarur mashina va uskunalar, to`qimachilik mashinalari, kabel, ekskavatorlar, ko`tarma kranlar, elektr energiya, qorako`l terilari, rangli metal konsentratlari, ip va ipak gazlamalar, kanop va kanop mahsulotlari hamda meva jo`natiladi. Rayon ehtiyoji uchun yog`och, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, turli xil sanoat mahsulotlari, mashina qismlari, keng iste`mol mollari keltiriladi. Ichki iqtisodiy aloqalarda avtomobil va qisman temiryo`l transportidan foydalaniladi. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling