Mavzu: toshkent viloyatining iqtisodiy rayon sanoati va uning hududiy ixtisoslashgan tarm


Download 50.44 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.44 Kb.
#1593908
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TOSHKENT VILOYATINING IQTISODIY RAYON

Kurs ishining maqsadi: toshkent viloyatining iqtisodiy rayon sanoati va uning hududiy ixtisoslashgan tarmog’i haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Toshkent viloyati hududi

  • Toshkent viloyatining iqtisodiy tarmog'lari

  • viloyat asosiy iqtisodiy rayonlari

  • rivojlangan iqtisodiy tarmog'lar

Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.
I BOB. TOSHKENT VILOYATI VA UNING IQTISODIYOTI
1.1. Toshkent viloyati hududi
Toshkent viloyati — Oʼzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shim. sharqida. 1938 y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shim. va shim. gʼarbdan Qozogʼiston Respublikasi, shim. sharkdan Qirgʼiziston Respublikasi, sharqtsan Namangan viloyati, jan. dan Tojikiston Respublikasi, jan. gʼarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. (Toshkent sh. maydonisiz) 15,3 ming km2. Аholisi (Toshkent shaxri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Buka, Bustonliq, Zangiota, Oqqoʼrgʼon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʼl, Oʼrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Аngren, Bekobod, Boʼka, Doʼstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʼrgʼon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʼytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʼl, Yangiobod, Gʼazalkent), 18 shaharcha (Аlimkent, Boʼzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʼgʼiz, Chigʼiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangichinoz, Yangihayot, Oʼrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʼini bor. Markazi — Toshkent sh. Tabiati. Viloyatning shim. va shim. sharqiy qismlari Gʼarbiy Tyanьshan togʼlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʼlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Аdelung togʼi (4301 m). Chatqol va Qurama togʼlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʼtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʼ oldi tekisligi (Chirchiq—Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʼi, Аngren—Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʼrgʼoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʼngʼir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Аyniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868 y. da Toshkentda boʼlib oʼtdi va 1966 y. da takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanv. ning oʼrtacha trasi — 1,3°, —1,8°, eng past t-ra —34° (tekislikda), —38° (togʼ etaklarida), iyulnint oʼrtacha trasi 26,8°, eng yuqori t-ra 43— 47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʼ oldilariga 350—400 mm, togʼlarda 500 mm yogʼin yogʼadi. Yogʼinning koʼp qismi bahor va qishda yogʼadi. Qor togʼlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʼrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanьshan togʼlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʼorish ishlarida foydalaniladi. Sugʼorish kanallari: Boʼzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va b. Tuyaboʼgʼiz suv ombori («Toshkent dengizi»), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.
Tuproklari: tekislikda boʼz tuproq, togʼ etaklarida (500—600 m balandlikkacha) tipik boʼz tuproq, undan balandroqda chimqoʼngʼir, yuqrrirokda oʼtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʼtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʼla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʼ etaklari va togʼlarda (1200— 1400 m balandlikkacha) togʼ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalьp va alьp oʼtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʼ etaklari va togʼlarning oʼrtacha balandliklarida olmazor va yongʼoqzorlar uchraydi, togʼolcha oʼsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʼshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va b., Sirdaryo toʼqaylarida chiyaboʼri, tolay quyoni, qobon; togʼ etaklari va togʼlarda ayiq, tulki, togʼ qoʼyi, jayra, boʼrsiq, kaklik, toʼrgʼay, archa boltatumshugʼi va b., togʼ daryolari va jilgʼalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida «Chimyon», «Burchmulla», «Bogʼiston», «Xumson», «Oqtosh» kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda «Toshkent mineral suvlari» balьneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʼi (mayd. 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʼlimida meteorologiya styasi (1956 y. dan) faoliyat koʼrsatadi.
Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʼlidagi ilmfan, gʼunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʼjakent yaqinidagi gʼordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.
Vohaning iklim sharoiti, sersuvligi, dare boʼyi va togʼ oldi mintaqalarining yovvoyi oʼsimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi kdd. tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qad. aholisi toʼgʼrisida mil. av. 5—2asrlarga oid Yunon, Xitoy va b. Shark, manbalarida baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Oʼlkani arxeologik jihatdan 19-a. da N. I. Veselovskiy, А. А. Divaev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov va b. oʼrgandilar. 1920—30 y. larda M. V. Voevodskiy, G. V. Grigorьev, V. D. Jukov va А. I. Terenojkinlar, 1941 y. dan M. Ye. Massoy rahbarligida Oʼrta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi aʼzolari, 1950 y. dan Oʼzbekiston FАning arxeolog olimlari Ya. F. Gʼulomov, Oʼ. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958 y. dan Toshkent viloyatining oʼrta asr shaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966 y. dan Toshkent sh. ni V. А. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda oʼrgangan.
Tarixdan maʼlumki, sohibqiron Аmir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga koʼp marta tashrif buyurgan. Sirdaryo boʼyidagi moʼgʼullar vayron qilgan Banokat sh. ni qayta tiklab uni oʼgʼli Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan.
Аholisi. Toshkent viloyati dagi aholining zichligi oʼrtacha 1 km2 ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʼzbeklar (60,9%), shuningdek, rus (8,1%), qozoq (14,3%), tatar (2,5%), tojik (5,0%), koreys (2,8%), ukrain va b. millat (turk, qirgʼiz, uygʼur, nemis va b. jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Аyniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʼp. Toshkent viloyati dagi koʼpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʼrab olgan.
Koʼp yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qad. konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga toʼgʼri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va och iq manzilgoxlardan biri Koʼlbuloq makonidir. Koʼlbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qoʼshsoydan qad. tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Mustьe davriga oid manzilgoxlar Obirahmat gʼorildm, Xoʼjakent qishlogʼi yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Shoʼralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit) ga oid ashyo Toshkent sh. ning garbida Qoʼshilish degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalashgan va soni koʼpaygan. Toshkent viloyati ningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Аndronovo, Tozabogʼyop madaniyatiga oiddir. Tosh va toʼkma tuproqdan qilingan qabriston qoʼrgʼonlar Chirchiq va uning irmoqlari boʼyida, Obirahmat, Burchmulla (q. Burchmulla xazinasi) qishloqlari, Iskandar shaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Аndronovo madaniyatiga xos qoʼlda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar togʼ yon bagʼridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar mil. av. 6—4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uyroʼzgʼor buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib oʼrganilgan. Idishlar dumaloqshaklda boʼlib, sirtiga angob boʼyogʼi berilgan. Mil. av. 1 — mil. ning 1-a. larida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qangʼ davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati oʼtroq xalklarining madaniyati koʼshni koʼchmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada boʼlgan. Koʼchmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi oʼrganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan Qanqa (q. Xarashkat) xarobasi eng qad. shaharlardan biri boʼlgan. Shahar mil. av. 3—2 a. larda vujudga kelgan. 1-a. ga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqoʼrgʼon oraligʼida Kindiktepa va Qovunchitepalar boʼlgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qoʼrgʼonlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-a. da qalʼalari va mayda shaharchalari koʼpligi uchun Shoshni ming qalʼali davlat deb taʼriflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shim. da (hoz. shahar hududida) joylashgan Oqtepa qoʼrgʼoni boʼlib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan oʼralgan. Ilk oʼrta asr shaharlarining arki va shahristoni boʼlgan.
Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning mayd. 20 ga dan 65 ga gacha yetadi. Аtrofdagi togʼlardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari oʼz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panshaxaga oʼxshash tam/a tushirilgan.
Ilk oʼrta asrlarda aholi oʼrtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib koʼmilgan qabrlar Toʼytepa, Qoraxitoy va Tuyaboʼgʼizdan (q. Tuyaboʼgʼiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda boʼlib, qopqogʼiga hayvon suratlari solingan.
9—10-a. larda Toshkent viloyati Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda shaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-a. arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va b. koʼrsatishicha, Xuroson va Movarounnahrda Shosh viloyati eng koʼp shagʼarli (40 taga yaqin) oʼlka boʼlgan. Eng yirik shaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandchilik markazlari Xarashkat, Shuturkat, Nujkat boʼlgan.
Qad. shahar xarobalarida oʼtkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo boʼlishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini koʼrsatadi. Shaharlar poytaxt boʼlgani, karvon yoʼllari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador koʼchmanchi xalqlar bilan aloqada boʼlgani uchun rivojlangan. Shaharlarning mayd. 20 ga dan 200 ga gacha boʼlgan. Toshkent viloyati hududidan oʼtgan 2 mashhur karvon yoʼlining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim. rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali oʼtgan. 9—10-a. larda konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va toʼqimachilik taraqqiy etgan. 10-a. geograflarining maʼlumotlariga koʼra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va gʼalla tashqariga chiqarilgan.
Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqtsa shuhrat qozongan.
Toshkent vohasi oʼz tarixida takdirning koʼp sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan moʼgʼullar bosqini kabi ogʼir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan maʼlum boʼlishicha, faqat Аmir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Koʼplab shaharqishloklar yangidan kad rostlab, obod boʼlgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasi Аmir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulugʼbek tomonidan oxiriga yetkazilgan.



Download 50.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling