Mavzu: toshkent viloyatining iqtisodiy rayon sanoati va uning hududiy ixtisoslashgan tarm
Download 50.44 Kb.
|
TOSHKENT VILOYATINING IQTISODIY RAYON
MAVZU: TOSHKENT VILOYATINING IQTISODIY RAYON SANOATI VA UNING HUDUDIY IXTISOSLASHGAN TARM KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Toshkent vohasining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu yerda tosh davri odamlari manzilgohlarining izlari, bronza davri manzilgohlarining qoldiqlari va ko‘hna qalʼa, qo‘rg‘onlarning xarobalari, hamda qoyatoshga uyilgan rasmlar topilgan. Ammo bu o‘lka nafaqat qadimiy tarixi bilan balki, boy tog‘oldi tabiati bilan o‘ziga jalb etadi. Siz bu yerda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlarga ega Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida quyoshda toblanishingiz, Ugam-Chotqol tabiiy parki bo‘ylab sayohat qilishingiz, sirli g‘orlar, tog‘li sharsharalar va oynadek toza ko‘llarni o‘zingiz uchun kashf etishingiz, shunindek Ugam, Chotqol va Pskom tezoqar soylarida suzib tushishingiz mumkin. Qishki mavsumda esa viloyatning Amirsoy, Chimyon, Bildirsoy va Yangiobod tog‘-chang‘i dam olish maskanlarida dam olishingiz mumkin. Tog‘-chang‘i turizmining asosiy mavsumi noyabr oyidan mart oyigacha davom etadi. Muloyim iqlim, shamolning yo‘qligi, chang‘i poygasi va tez tushish uchun yo‘laklarning ko‘pligi tog‘-chang‘i sporti uchun ajoyib sharoitlarni yaratadi. Toshkent viloyati O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Tyan-Shan tog‘i bilan Sirdaryo daryosi oralig‘ida joylashgan. Viloyatning maʼmuriy markazi Nurafshon shahri hisoblanadi. Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.931 million kishidan ziyod (2022). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri. Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Manas togʻi (4484 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq-Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren-Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda. Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,3°, −1,8°, eng past temperatura −34° (tekislikda), −38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43-47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350-400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor. Download 50.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling