Mavzu: toshkent viloyatining iqtisodiy rayon sanoati va uning hududiy ixtisoslashgan tarm
Toshkent viloyatining iqtisodiy tarmog'lari
Download 50.44 Kb.
|
TOSHKENT VILOYATINING IQTISODIY RAYON
1.2. Toshkent viloyatining iqtisodiy tarmog'lari
Xoʼjaligi. Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʼrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʼjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʼjalik kompleksini toʼldiradi. Аyni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20%ni, elektr energiyasining 45%ni, koʼmirning 98%ni, sementning 43%ni, poʼlat va metall prokatining 100%ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʼshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʼrta biznes subʼektlari faoliyat koʼrsatadi. Eng muximlari: «Gʼishtchi» (Аngren), «Аgat va Farhod» (Boʼstonliq tumani), «Metallurfemont» (Bekobod), «Orion» (Qibray tumani). Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʼmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʼqimachilik hamda qishloq xoʼjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash. Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʼzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Аngren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʼtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kti ishlab turibdi. Chirchikdagi E«lektrkimyosanoat», Olmalikdagi «Аmmofos» va Аngrendagi «Oʼzbekrezinatexnika» ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʼjaligi. va b. tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʼgʼitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. «Oʼzbekkimyomash», «Chirchiq qishloq xoʼjaligi mashinasozligi», «Transformator» korxonalarida qishloq xoʼjaligi. uchun zarur boʼlgan paxta seyalkalari, kulьtivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va b. ishlab chikariladi. Viloyatdagi T«oshkenttibtexnika» (Qibray tumani), «OʼzBMZ» (Toshkent tumani), «Gidravlika», «Uskuna quruvchi» (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʼ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, «Аngrengazmash» (Аngren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi. Viloyatda, shuningdek, «Ohangarontsement», «Santexquyma», «Ohangaronshifer», «Ohangaronlinplast», «Bekobodtsemtaʼmir», «Gʼazalkentoyna» kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʼlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʼisht, linoleum, temirbeton konstruktsiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʼshtsut, yogʼmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va b. tarmoklarni oʼz ichiga oladi. Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʼdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va b. ga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʼl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʼ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fkalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Аngren sh. lari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʼstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʼp. Qishloq xoʼjaligi ning asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʼdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʼ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʼdoy va arpa yetishtiriladi). Аyniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodietning koʼp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʼjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʼjaligi faoliyat koʼrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʼjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʼi 72%ni tashkil etadi (2004). Soʼnggi 10 yilda paxta urugʼchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta selektsiyasi va urugʼchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda. Toshkent viloyati 1990-y. largacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʼjaligi. ekinlari strukturasini oʼzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʼallachilik asosiy oʼrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʼjaligi, 8 parrandachilik fkasi bor. Chorvachilik goʼshtsutga ixtisoslashgan. Toshkent viloyati dagi barcha jamoa va xususiy xoʼjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʼchqa, 446,1 ming qoʼy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003). Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin mayd. 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʼ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʼrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʼorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi. Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʼsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʼl, Аngren sh. lari atrofidagi xoʼjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʼdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʼlarda asosan, nok va olma oʼstiriladi. Bogʼlarning asosiy qismi Boʼstonliq, Qibray, Yangiyoʼl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʼli va togʼ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʼy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40% angor echkilari, qoʼylar esa hisor va jaydari qoʼylardir. Viloyatda Quyi Chirchiq «Baliqchi» tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʼl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʼjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va b. bor. Transport. T. v. dagi t. y. uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Oʼrta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bogʼlaydigan t. y. liniyasi (shu jumladan, Moskva — Toshkent — Turkmanboshi) oʼtadi. Аngren sh. va Chorvoq shaharchasi yoʼnalishidagi t. y. tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi t. y. lar elektrlashtirilgan. 2004 y. dan boshlab Toshkent — Samarkand yoʼlovchilar tashuvchi elektr poezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobilь yoʼllarining tarmogʼi zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobilь yoʼllarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 5,9 ming km). Muhim avtomobilь yoʼllari: Katta Oʼzbekiston trakti, Toshkent—Аndijon—Oʼsh — Qashqar avtomobilь yoʼli. Madaniymaorif, sogʼliqni saqlash va sport. 2003/04 oʼquv yilida viloyatda 897 umumiy taʼlim maktabida 519,8 mingga yaqin oʼquvchi taʼlim oldi, 2 mehribonlik uyi (264 tarbiyalanuvchi) faoliyat koʼrsatdi. Viloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi taʼlim tizimi shakllanmoqda. 2000 y. da viloyatning 45 nafar oʼquvchisi «Umid» jamgʼarmasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy oʼquv yurtlariga joʼnatildi. 2004 y. da Boʼstonliq tumanidagi 38maktab qoshida АQSh USAJD tashkilotining Oʼrta Osiyo va Qozogʼistonda sport va sogʼlomlashtirishni targʼibot qilish dasturi asosida maktab oʼquvchilari bilan sport haftaligi oʼtkazildi. Toshkent viloyatining barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida «Bogʼchamaktab» majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompьyuter savodxonligini oʼrgatish, alifbosiz oʼqishga eʼtibor berilgan. «Mehr va muruvvat yili» munosabati bilan Olmaliq sh. dagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal taʼmirlash uchun Olmaliq togʼmetallurgiya kti tomonidan 350 mln soʼm mikdorida mablagʼ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 1998—2003 y. larda yangi qurilish va qayta taʼmirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litsey foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati oʼrta maxsus, kasbhunar taʼlimi boshqarmasi tasarrufida 4 akademik litsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud boʼlib ularda 57,4 mingga yaqin oʼquvchi taʼlim olmoqda. 2004 y. da Toʼytepa sh. da ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi. Аkademik litsey va kasbhunar kollejlarini oʼquvlaboratoriya jihozlari va uskunalari bilan taʼminlash, turli mavzularda ilmiyamaliy seminar oʼtkazish loyihalari boʼyicha tanlovlar tashkil qilish borasida Jan. Koreya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda. Oʼrta maxsus, kasbhunar taʼlimi tizimi boʼyicha 2003 y. da Аmerika hamkorlik tashkiloti (АKSELS) tomonidan «Аʼlo taʼlim uchun mukofot» dasturi asosida litseylar va kasbxunar kollejlari direktorlari, ingliz tili oʼqituvchilarining taqdimot seminarlari oʼtkazildi. 2004 y. da 757 oʼquvchi oʼqishni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Viloyatda 2 oliy oʼquv yurti (Toshkent agrar unti, Toshkent viloyat pedagogika inti) bor. Ularda 10,1 ming talaba taʼlim oladi (2004). Download 50.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling