Mavzu. Tovar moddiy zaxiralar hisobi tayanch so‘z va iboralar


Xom ashyo va asosiy materiallar


Download 487.5 Kb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi487.5 Kb.
#1314991
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu. TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI (1)

Xom ashyo va asosiy materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning moddiy asosini tashkil etadi yoki uni tayyorlashning zaruriy qismi hisoblanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish – tayyor mahsulotga aylantirilishi ularning keyinchalik qayta ishlanishini talab etadigan tovarlardir.


Tayyor mahsulot - barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tgan hamda sotish uchun mo‘ljallangan buyumlar.
Tovarlar – hech qanday ishlov bermasdan qayta sotish maqsadida sotib olingan moddiy aktivlar.
Ishlab chiqarishda tutgan o‘rniga ko‘ra korxonalarda ishlatiladigan materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi.
Asosiy materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, obyektlarni qurish, montaj qilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh rolni o‘ynovchi materiallar tushuniladi.
Asosiy materiallar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning moddiy asosini tashkil etuvchi aktivlar.
Yordamchi materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarishda bosh rolni o‘ynamaydigan, lekin ularning bajarilishida qo‘shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar tushuniladi.
Yordamchi materiallar – asosiy materiallar tarkibiga kiritilmaydigan, ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar.2
Tovar-moddiy zaxiralarini korxona buxgalteriyasida aktiv sifatida tan olish uning hisobini yuritishda muhim ahamiyatga ega.
Egalik qilish xususiyatiga muvofiq, moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari tashkilotga egalik huquqi hamda xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bo‘yicha tegishli (xususiy) va unga ushbu huquqlar bo‘yicha tegishli bo‘lmagan (xususiy bo‘lmagan) boyliklarga bo‘linadi.








Download 487.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling