Mavzu: tovar-moddiy zaxiralari va pul mablag`lari auditi reja
Pul mablag’lari Auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Download 23.56 Kb.
|
TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI
4. Pul mablag’lari Auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Pul mablag’larini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi: kassadagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari, bankdagi hisob-kitob schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari» bo’limi bo’yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag’larini hisobga olish uslubiyotining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur: inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan kassadagi mavjud pul mablag’lari, qimmatli kog’ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig’ini aniqlash, kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga (O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi ro’yxatga olingan №565, 17 dekabr 1998 y) qay darajada rioya qilinayotganligini aniqlash; bank muassasasidagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish; o’tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish. Pul mablag’lari bo’yicha muomalalarni tekshirishda auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi: * hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqning pul mablag’lari hisobiga doir bo’limi; * bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni amalga oshirishni va ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar (O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida Nizom (yangi tahriri)(O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatga olingan №496, 8 oktyabr 1999 y); * buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi (1-shakl) va pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl); * soliq hisoboti (so’mdagi va chet el valyutasidagi schyotlar to’g’risida ma’lumot); * bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga oladigan sintetik hisob registrlari; * bankdagi schyotlarga doir muomalalarni rasmiylashtiradigan dastlabki hujjatlar; * bankdagi schyotlarga doir muomalalarni aks ettirish uchun qo’llaniladigan ishchi schyotlar rejasi; * buxgalteriya hisobining korxonada qo’llaniladigan shakli va bankdagi schyotlardagi mablag’larni hisobga olishga doir registrlar ro’yxati; * bankdagi schyotlardagi pul mablag’larini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanish grafigi; * bankdagi schyotlarga doir muomalalar bo’yicha pul va hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqiga ega shaxslar ro’yxati. Auditor (auditorlar guruhi) kassadagi pul mablag’lari va kassa muomalalarini hujjatlar asosida tekshirishni boshlashdan oldin, odatda, kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobot blanklarini tekshiruvdan o’tkazadi. Bunda pul mablag’larini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga asoslanish zarur. Tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan quyidagi tartibda o’tkazish maqsadga muvofiq. Tovar-moddiy zaxiralari auditining ketma ketligi: 1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT); 2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT); 3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini tahlili; 4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatini tahlili; 5. Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish; 6. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarni bir xilligini tekshirish; 7. Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash. B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar. 1. Inventarizatsiya; 2. Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish); 3. Material – ishlab chiqarish zahiralari kirimi va chiqimi hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish; 4. Hisobotda material – ishlab chiqarish zahiralarini xom-ashyo va materiallarga, tayyor maxsulotlarga sotish uchun mo’ljallangan tovarlarga to’g’ri turkumlanishini tekshirish; 5. Material – ishlab chiqarish zahiralarini hisobotdagi qiymatini hisob bahosi bilan to’g’riligini tekshirish; 6. Material – ishlab chiqarish zahiralari qiymat miqdorini hisobdan chiqarishni (ishlab chiqarishga berilgan yoki sotilgan) qabul qilingan hisob siyosatiga mosligini tekshirish; 7. Yaroqsiz holga kelib, sotish qobiliyatini yo’qotgan zahiralarni korxona balansidan hisobdan chiqarishni tekshirish; 8. Sodir bo’lgan xo’jalik muomilalarini tekshirayotgan davrga taalluqli ekanligini tekshirish; 9. Sotib olingan va chiqib ketgan material – ishlab chiqarish zahiralari bahosini dastlabki hisob hujjatlari bilan solishitirib tekshirish; 10. Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish; 11. Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati; 12. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot; 13. Tanlab tekshirish natijalarini tahlili; 14. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati; 15. Audit bo’limi bo’yicha xulosa. Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish buxgalteriya hisobotida katta xatolarga yo’l qo’yish xavfini kamaytiradi. Shuning uchun, tovar-moddiy zahiralarni tekshirishni boshlashdan oldin auditor eng ko’p uchraydigan qoidabuzarliklarni aniqlashi va shuni hisobga olgan holda zarur tekshiruv amallarini tanlashi kerak. Download 23.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling