Mavzu: tovar-moddiy zaxiralari va pul mablag`lari auditi reja


Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi


Download 23.56 Kb.
bet6/6
Sana22.04.2023
Hajmi23.56 Kb.
#1378985
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI

5. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
* tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga vakolatli shaxslar) ishlashini;
* kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi;
* kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi;
Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim: kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri va kassiri ishtirokida
amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi mumkin emas;
* kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to’xtatiladi. Kassani tekshirish imkoni bo’lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo’lganda ularning barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda saqlanadi;
* kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan (o’ramda) yoki tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan o’tkazilishi shart;
* sanash tugaganidan so’ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova).
* turli shaxslarning tilxatlari, to’liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim orderlari,
vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati sifatida qabul qilinmaydi.
Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo’yicha kimga, kimning topshirigi bilan, qachon, qaysi maqsadlar uchun qancha summada pul berilganligi ko’rsatiladi va shubxali hujjatlar aniqlanganida ham shunday qilinadi;
* boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga tegishli deb hisoblanishi lozim;
* auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish dalolatnomasida ko’rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim.
Auditor to’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo’lgan qoldiqni ko’rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to’liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo’lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to’g’ri kelib, ko’p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo’lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo’shilmasdan, dalolatnomada
kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to’langan chiqim hujjatlari (to’lov vedomostlari) sifatida yozib qo’yilishi mumkin. Bu holda har bir to’lov vedomostida qaysi tartib raqami bo’yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko’rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM talonlari, qat’iy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo’llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog’ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko’rsatiladi.
Auditor kassadagi pul mablag’larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar (o’tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o’rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo’riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to’landi» degan shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi.

Xulosa
Auditor dastavval, hisob-kitob schyoti bilan bog’liq bo’lgan bank muomalalariga doirnamunaviy buxgalteriya yozuvlarining tasniflagichi bilan tanishib chiqishi zarur. Bu eng ko’p uchraydigan muomalalarni aniqlash va schyotlar bog’lanishining to’g’riligini tekshirishga imkon beradi. Agar korxonada bunday tasniflagich yo’q bo’lsa, Bosh daftardagi schyotlar bog’lanishidan foydalanib, tegishli axborotga ega bo’lish mumkin. Bunda korxona faoliyatiga xos bo’lmagan muomalalarga doir schyotlar bog’lanishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Agar bank xizmati ko’rsatish shartnomasida bank tomonidan korxonaning pul
mablag’laridan foydalanishi ko’zda tutilgan bo’lsa, auditor olingan foizlarning korxonada har oyda daromad sifatida aks ettirilishi yoki ularning hisob-kitob schyotiga haqiqatda o’tkazilishiga qarab aks ettirilishini tekshirishi lozim. Olinadigan foizlarni noto’g’ri aks ettirish nafaqat hisobot davridagi moliyaviy natijalarning buzib ko’rsatilishiga, balki korxonaga nisbatan soliq organi tomonidan moliyaviy jazo choralari (jarimalar) qo’llanilishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, auditor hisob-kitob schyotiga doir muomalalar auditida quyidagilarni ham tekshiradi:
* hisob registrlarini yuritish tartibi;
* bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo’yicha sintetik hisob registrining
yuritilishi, yig’ma registr tuzilishi;

Download 23.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling