Mavzu: Tovushli fayllarni o’zgartirish
Download 63.92 Kb.
|
Abdurashidov Bahodirning multimedia fanidan tayyorlagan 3 mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2)Hujjatlarni tovush bilan to’ldirish
Increase Volume (25%) — tovush quvvatini (25%) oshirish;
Desrease Volume (25%) — tovush quvvatini (25%) kamaytirish; Increase Sheed(1g 100%) — ifodasi tezligini ikki barobar oshirish; Desrease Volume — ifodalash tezligini ikki barobar kamaytirish; Add Esho (Exo) — aks sado effektini qo’shish; Revers-tovushli faylni qayta yo’naltirish. Bu amaldan so’ng fayl teskari tartibda ifodalana boshlaydi; Ochilgan tovushli faylning bir yoki bir necha parametrlarini o’zgartarish uchun menyuning Fayl bandidagi Svoystva buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu almashtirishni tovushli faylni yozishdan avval bajarilgani kabi amalga oshiriladi. 2)Hujjatlarni tovush bilan to’ldirish Ixtiyoriy tovushli fayl maxsus bo’lsada, muayyan hujjatni o’z ichiga oladi va uni boshqa, masalan, matnli fayl bilan tutashtirish mumkin. Natijada matnli fayl tovushlar bilan to’ldiriladi. Bunday tutashtirishni hujjatlarni tovushlar bilan to’ldirish deb talqin qilishimiz tabiiy, albatta. Agar mos hujjatning piktogrammasida «sichqoncha» tugmasi ikki marta bosilsa, mos tovushlar ifodalana boshlaydi. Tovushli to’ldirmalar bilan ishlash buyruqlari dastlabki menyuda joylashtiriladi. Xususan, agar «sichqoncha» bilan kerakli tovushlarni ifodalash ma`qul bo’lmasa, Vosproizvesti buyrug’idan foydalanish mumkin. Agar tovushli qism mos ravishda ajratilgan bo’lsa, Pravka/Ob`ekt (Edit/Object) buyrug’idan ham foydalanish mumkin. Tovushli faylni muayyan matnli hujjat bilan tutashtirish, aniqrog’i, uning ichiga tovushli faylning nusxasini joylashtirish uchun Sound Recorder dasturi vositasida audiofaylni ochamiz va menyuning Pravka bandidagi Kopirovat buyrug’ini beramiz. Natijada tovushli fayl yozuvlari ma`lumot almashish buferiga joylashtiriladi va an`anaviy uslublardan foydalanib, bu ma`lumotni hujjatga joylashtira olamiz. Windows tarkibiga kiruvchi Media Rlaueg dasturi multimedia fayllarini ifodalovchi universal vosita rolini o’ynay oladi. Shu bois ham u Windows ning ruscha variantida Universalnыy proigrыvatel deb ataladi. Bu dastur: MIDI fayllarni ifodalash; videofayllarni ko’rish; tovushli kompakt disklarni tiklash; WAV fayllarni ifodalash imkonini beradi. Download 63.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling