Mavzu: transaksion tahlil


Download 46.83 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi46.83 Kb.
#1615159
  1   2   3   4
Bog'liq
TRANSAKSION TAHLIL


MAVZU: TRANSAKSION TAHLIL


REJA

1. E.Bern konsepsiyasi haqida tushuncha.


2. Transaksiyalar haqida tushuncha.
3. Transaksion men holati o’yinlar va ssenariylar

1. E. Bern konsepsiyasi haqida tushuncha.
E.Bern ildizi psixoanalizga taqaluvchi taniqli konsepsiyani yaratdi. Biroq, E.Bern konsepsiyasi shaxsni o’zi bilan va boshqalar bilan munosabatini dasturlovchi xulq-atvor kognitiv sxemalarini aniqlash va belgilashga urgu qiluvchi ham psixodinamik, ham bixeviorial yondashuvlar, g‘oyalar va tushunchalarni o’zida mujassam etgan.
Zamonaviy transakt analiz - shaxs nazariyasini, kommunikatsiyalar nazariyasini, bolalar rivojlanish nazariyasini o’z ichiga oladi. Amaliyotda u alohida odamlar bilan ishlashdan tashqari er-xotin, oilalar va turli guruhlarni korreksiyalash tizimini tashkil etadi.
Bern bo’yicha shaxs tuzilishi(strukturasi) uch «Men» yoki «Ego-xolatlar»ning mavjudligi bilan xarakterlanadi: «Ota yoki ona», «Farzand», «Katta».
«Ota yoki ona» - shartlar, talab va taqiqlarning interiorizatsiyalashgan ratsional meyorlari bilan namoyon bo’luvchi «Ego-xolat». «Ota yoki ona» - bu bolalikda ota-onadan yoki boshqa obro’li shaxslardan olingan malumot bo’lib, o’z ichiga xulq-atvor qoidalarini, ijtimoiy meyorlarni, u yoki bu vaziyatda amalga oshirish mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan meyor va taqiqlardir. Ota-ona tasiri ikki yo’nalishda amalga oshadi: birinchisi, «Mendek qil» shiori ostida olib boriluvchi bevosita yoki to’g‘ridan-to’g‘ri tasir, ikkinchisi, «Mendek emas, men aytganimdek qil» shiori bilan amalga oshiriluvchi bilvosita tasir.
«Ota yoki ona» nazorat qiluvchi (taqiqlar, sanksiyalar) yoki g‘amxo’rlik qiluvchi (maslahat, qo’llab-quvvatlash) bo’lishi mumkin. «Ota yoki ona»ga «Mumkin», «Majbur», «Hech qachon», «Demak. Eslab qol», «Qanday bem’anilik», «Bechora» kabi direktiv jumlalar xos.
«Farzand» - odamdagi mazkur emotiv asos ikki shaklda namoyon bo’ladi.
1. «Tabiiy bola» - bolaga xos bo’lgan barcha impulslar: ishonuvchanlik, bevositalik, to’g‘rilik, qiziquvchanlikni o’z ichiga oladi; bular odamga munosabatlardagi o’ziga xos maftunkorlik va iliqlikni baxsh etadi. Shu bilan birga u injiq, tez xafa bo’ladi, egotsentrik, o’jar va agressivdir.
2. «Adaptatsiyalangan bola» - ota-ona umid va talablariga mos keluvchi xulq-atvorni nazarda tutadi. «Adaptatsiyalangan bola»ga yuqori konformlik, o’ziga ishonchsizlik, uyatchanlik, tortinchoqlik xos. «Adaptatsiyalangan bola» qatoriga ota-onasiga qarshi chiquvchi «qo’zg‘alonchi» bolalar ham mansub.
«Farzand»ga «Men xohlayman», «Men qo’rqaman», «Men yomon ko’raman», «Meni ishim yo’q» kabi jumlalar xos.
«Katta (ulg‘aygan) «Men - xolati» - odamni o’z tajribasiga tayangan holda borliqni obyektiv baholash va shu asosda mustaqil, vaziyatga mos keluvchi qarorlar qabul qilish qobiliyati. Ulg‘ayganlik holati butun xayot davomida rivojlanish imkoniyatiga ega. «Katta»ning lug‘ati reallikga bo’lgan beasos mulohazalardan holi ravishda qurilgan bo’lib, obyektiv va subyektiv reallikni obyektiv ravishda o’lchash, baholash va ifoda eta olish imkonini beruvchi tushunchalardan iborat. «Kattalik, ulg‘ayganlik» xolati ustun odamlar obyektiv ratsional bo’lib, eng muvofiq adaptiv xulq-atvorni amalga oshirish imkoniyatiga egalar.
Agar «Ulg‘ayganlik» holati blokirovkalangan bo’lib, faoliyat ko’rsatmasa, bunday odam o’tmishda yashaydi, u o’zgaruvchan dunyoni anglay olmaydi va uning xulqi «Farzand» va «Ota-ona» - hayot konsepsiyasi bo’lsa, «Farzand» - xis-tuyg‘ular asosidagi hayot konsepsiyasidir, «Ulg‘ayganlik» - esa ma’lumot yig‘ish va uni tahlil etishga qaratilgan tafakkur asosidagi hayot konsepsiyasidir. Bernda «Katta», «Ota-ona» va «Farzand» orasidagi qozi rolini o’ynaydi. U «Ota-ona» va «Farzand»da yozilgan ma’lumotni taxlil etgan holda mazkur vaziyatda qanday xulq-atvor muvofiqligini, qaysi streo-tiplardan voz kechib, qaysilarini qoldirish kerakligini tanlaydi. Shu sababli korreksiya doimiy «Ulg‘aygan, katta» xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi «Doimo katta (bo’ladi)».
Bernga muloqot davomida odamlar orasida yuzaga keluvchi voqealarni ifodalovchi maxsus terminologiya xos.
«O’yin» - xulq-atvorning fiksatsiyalangan va anglab bo’lmaydigan streotipi bo’lib, bunda shaxs manipulyativ xulq yordamida yaqinlik (ya’ni to’laqonli kontaktlar)dan qochishga intiladi. Yaqinlik - foyda olishni mustasno etuvchi, ekspluatatsiyasiz, o’yindan ozod bo’lgan xis-tuyg‘u bilan chin ko’ngilli almashinuvi. O’yin tushunchasiga zaiflik, xiyla, javob, zarba, rag‘batlantirish kabi doimiy xatti-harakat ma’lum xis-tuyg‘ular bilan birga amalga oshirilib, ko’pgina o’yin hatti-harakatlari xis-tuyg‘ular olish uchun bajariladi. O’yinning har bir xatti-harakati sinash bilan birga amalga oshirilib, ular o’yin boshqa zarbalarga nisbatan ko’proq bo’ladi. O’yin qanchalik chukurlashsa, silash va zarba intensivligi shunchalik oshib, o’yin oxiriga kelib maksimumga yetadi.
O’yinning uch darajasi ajratiladi: o’yinning 1- darajasi jamiyatda qabul qilingan bo’lib, ular yashirilmaydi va og‘ir oqibatga olib kelmaydi, o’yinning 2-darajasi yashiriladi, jamiyat tomonidan ma’qullanmaydi va to’g‘irlab bo’lmaydigan deb nomlab bo’lmaydigan zararlarga olib keladi; o’yinning 3-darajasi yashiriladi, qoralanadi, mag‘lub bo’lgani uchun to’g‘irlab bo’lmas zararlarga olib keladi. O’yinlarni odam o’zi bilan o’zi, ko’pgina ikki o’yinlar orasida (bunda har bir o’yinni bir necha rollarni ijro etishi mumkin) va ba’zida esa ko’pgina biror tashkilot bilan o’yin tashkil etishi mumkin.
Psixologik o’yin birin-ketin davom etuvchi yashirin motivatsiyaga ega, aniq va ma’lum natijali transaksiya seriyasidan iborat. Yutuq sifatida o’yinchi ongsiz ravishda intiluvchi biror-bir emotsional holat aks ettiriladi.
«Silashlar va zarbalar» - ijobiy yoki salbiy xis-tuyg‘ularni almashinishiga yo’naltirilgan o’zaro munosabatlar. Siypalashlar quyidagicha bo’lyshi mumkin:
Pozitiv: «Siz menga yoqasiz», «Siz juda go’zalsiz».
Negativ: «Siz menga yoqmaysiz», «Bugun sizning axvolingiz yaxshi emas».
Shartli (odam hozir bajarayotgan ishga qaratiladi va natijalarni aks ettiradi): «Siz bu ishni yaxshi bajardingiz», «Agar ...., sen menga ko’proq yoqarding».
Shartsiz (odam kim ekanligi bilan bog‘liq):
«Siz yuqori darajali mutaxassissiz», «Men siz qanday bo’lsangiz, shundayligicha qabul qilaman».
Qalbaki (tashqaridan pozitivga o’xshaydi, lekin, haqiqatda zarba bo’ladi): «Aqlsiz odamga o’xshasangiz ham, albatta, men aytgan gaplarni tushundingiz», «Odatda, kostyumlar sizda qopdek osilib tursa ham, bu kostyum sizga juda yarashibdi»,
Odamlarning har qaysi munosabati silash va zarbalarni o’z ichiga olgan bo’lib, ular odamning o’zini baholashga katta ta’sir etuvchi odamning silash va zarba bankini tashkil etadi. Har bir odam silashga muhtojdirlar, mazkur ehtiyoj o’smirlarda, bolalar va qariyalarda o’tkir namoyon bo’ladi.
Silash va zarbalar teskari bog‘liqlikka ega bo’lib, odam qanchalik ko’p pozitiv siypalashlarni qabul qilsa, shunchalik kam zarba beradi; aksincha, qanchalik ko’p zarba olsa, shunchalik kam siypalash beradi.

Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling